К содержанию
РецензированоUZ2024

Investitsiya fondlariga investitsiyalarni jalb qilish xalqaro yondashuvlari

Мунира Султонбоева (Туринский политехнический университет в г.Ташкенте)

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 7 · 2024

Аннотация

Moliya bozorlarining globallashuvi sharoitida xalqaro investitsiya fondlari kapitalni jalb qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada fondlarga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha jahon amaliyotida qo‘llaniladigan turli yondashuv va strategiyalar tahlil qilinadi, shuningdek, ularning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: investitsiya, investitsion fondlar, jahon amaliyoti, real sektor, aktiv. 394 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Investitsiya fondlari - investor mablag‘larini keyinchalik ularni turli aktivlarga joylashtirish uchun to‘playdigan moliyaviy tashkilotlar. Investitsiyalar uchun tobora kuchayib borayotgan raqobat muhitida fondlar o‘zlarining kapital oshirish strategiyalarini investorlar talablari va afzalliklariga moslashtirish orqali optimallashtirishga intilmoqda. Jahon amaliyotidan ko‘rish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning real sektoriga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini oshirishda moliyaviy vositachilik bilan shug‘ullanuvchi fond va muassasalar yuqori o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori aholi pul jamg‘armalarining investitsiyalarga aylanishini ta’minlovchi eng samarali institutlardan biri bo‘lib qolish bilan birga, real sektor korxonalari uchun investitsiya resurslarini jamlash va taqsimlash vazifasini ham bajarmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida investitsiya fondlari iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish uchun va pul mablag‘lariga ehtiyoji mavjud ortiqcha pul mablag‘lariga ega xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi asosiy moliyaviy muassasa bo‘lib hisoblanadi. Hozirda mazkur muassasalar samaradorligini oshirishda investitsiya fondlari harakati va ularni boshqarish mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, investitsiya fondlari pul oqimlarining istiqboldagi strategiyalarini asoslash, ularni tartibga solishning innovatsion yo‘nalishlarini ishlab chiqish, investitsiya jarayonini kuchaytirish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, samarali investitsiya siyosatini amalga oshirishda institutsional tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish kabi asosiy ilmiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratilmoqda [2]. Bugungi kunda jahonda fondlarga jalb kilingan investitsiya xajmini qo‘yidagi jadval orqali tahlil qilib ko‘ramiz. 1-jadval Dunyo bo‘ylab tartibga solinadigan ochiq fondlarga investitsiya qilingan jami aktivlar ulushi (2023 yil)[4]. Dunyo bo‘ylab tartibga solinadigan ochiq fondlarga investitsiya qilingan jami aktivlar: * 68,9 trillion AQSh dollari. AQSh Yevropa Osiyo-Tinch okeani Dunyoning qolgan 33.6 trilion dollar 21.5 trilion dollar hududi qismi 9.7 trilion dollar 4 trilion dollar 2023 yil ma’lumotlariga ko‘ra, investitsiya fondlarining umumiy kapitali birgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida 33.6 trillion AQSh doll.ni, dunyo bo‘yicha esa 68.9 trillion AQSh doll.ni tashkil etgan. Shundan 53,1 foizi AQShga, 31 foizi Yevropa mamlakatlariga, 14 foizi Osiyo-Tinch okeani mamlakatlariga va 6 foizi Lotin Amerikasi davlatlariga to‘g‘ri keladi [4]. Yuqoridagi rasmdan ko‘rishimiz mumkinki dunyo bo‘ylab tartibga solinadigan fondlarning umumiy sof aktivlari xajmini katta qismini Amerika qo‘shma shtatlari ulishii to‘g‘ri kelmoqda. 395 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi 1-rasm. Dunyo bo‘ylab tartibga solinadigan ochiq fondlarning umumiy sof aktivlari [4] Rasmdan ko‘rishimiz mumkinki 2013 yildan 2021 yilga bo‘lgan jarayonda ko‘rsatkichlar o‘sish tendensiyasiga ega. Dunyoda yuz bergan pandemiya fonlarga salbiy ta’sir etmagan. Ammo dunyodagi geosiyosiy jarayonlar 2022 yildagi pasayishga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Butun dunyo bo‘ylab tartibga solinadigan fondlarning umumiy sof aktivlari o‘tgan yildagi keskin pasayishdan so‘ng 2023-yilda qisman tiklandi (1-rasm). Makroiqtisodiy va geosiyosiy omillarning uyg‘unlashuvi 2023-yilda jahon kapital bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi, natijada asosiy fondlar qiymati sezilarli darajada oshdi. 2023 yilda moliyaviy bozorlarni harakatga keltiruvchi omillarga quyidagilar kiradi: • ko‘pgina hududlarda inflyatsiya kutilganidan tezroq pasaydi; • markaziy bankning sinxronlashtirilgan siyosati inflyatsiya kutilmalarini ushlab turishga yordam berdi va jahon moliya tizimiga ma’lum barqarorlikni ta’minlandi [1]. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, Isroil-Hamas urushi, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi Tayvan bo‘yicha taranglik va Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar tufayli xalqaro savdodagi uzilishlar bilan bog‘liq global geosiyosiy xavflarga qaramay, kutilganidan ko‘ra yaxshiroq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Investitsiya fondlariga investitsiyalarni jalb qilishning turli xil yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqamiz. Jahon fond bozorlaridagi joriy holat bevosita iqtisodiyotning real sektori bilan bog‘liq his

Доказательный фрагмент

«Moliya bozorlarining globallashuvi sharoitida xalqaro investitsiya fondlari kapitalni jalb qilishda asosiy rol o‘ynaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Moliya bozorlarining globallashuvi sharoitida xalqaro investitsiya fondlari kapitalni jalb qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
investitsion fondlar, инвестиционные фонды, asset, real sector, aktiv, investment, мировая практика, активы, jahon amaliyoti, инвестиции, реальный сектор, world practice, real sektor, investitsiya, investment funds
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники