К содержанию
РецензированоUZ2023

BUXORO MADRASALARDA TA’LIM-TARBIYA TIZIMI (XIX asr oxiri XX asr boshlari)

Ahmadov Olimjon Shodmonovich

Современная наука и исследования · 515 · 2023

Аннотация

In the following article the sources and literature related with the education- upbringing in Bukhara in the end of 19th first quarter of the 20th century is scientifically analyzed. Key words: Source, source studiers, education-upbringing, chain education, study, article, program, system, nontraditional education, school, madrassa. СИСТЕМА ОБРАЗОВАНИЯ В БУХАРСКОМ МАДРАСЕ (конец 19 века, начало 20 века) Аннотация. В данной статье научно исследовано на основе источников и литературы по проблемам образования и воспитания в Бухаре в конце XIX и первой четверти XX века. Кючевые слова: Источник, источниковедение, образование, воспитание, системное образования, исследование, статья, программа, система, традиционное образование, школа, медресе. An’anaviy ta’lim tizimining yuqori bosqichi bo`lgan madrasaga boshlang`ich ta’lim maskani - maktabni o`qib tugatgan, 10 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan savodhon shahslar o`qishga qabul qilingan. Shariat qoidasiga muvofiq, birorta mudarrisning har qanday yoshda o`qish uchun murojaat qilgan kishiga rad javobi berishga huquqi bo`lmagan.[1] Madrasada dars jarayonlari, odatda har yili oktyabr oyida boshlanib, aprel oyigacha davom etgan. An’anaviy qoidaga ko`ra madrasada hafta kunlari 2 ga bo`lingan: tahsil kunlari va ta’til kunlari. Tahsil kunlari - shanba, yakshanba, dushanba va seshanba. Ta’til kunlari (o`tilganlarni takrorlash va dam olish) - chorshanba, payshanba va juma. Masalan, Mehtar Shofi’i ibn Xo`ja Latif va Fathulla qushbegi ibn amir Nasrulloh nomidagi madrasalarning vaqf hujjatida haftada 4 kun dars bo`lishi yozib qo`yilgan. Darsning boshlanishi quyosh chiqishi bilan belgilangan (bomdod namozidan keyin).[2] 776 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Talabalar o`quv kursiga qarab emas, balki qaysi kitobni o`qiyotganligiga qarab jamoa- guruhlarga ajratilgan. Jamoa-guruh soni talabalar miqdori va madrasaning katta-kichikligiga qarab belgilangan. Katta madrasalarda har bir guruhda 5-10 nafardan 20 nafargacha talaba tahsil olgan. Talabalar jamoasi-guruhni boshqargan talaba qoriboshi deb atalgan. Jamoa qorilari odatda mullazodalardan tayinlangan. Uning boshchiligida jamoa a’zolari qo`llarini qovushtirib, ta’zim va tavoze bilan salom berib, navbat bilan mudarris huzuriga kirib borganlar. Madrasaning birinchi qavatida joylashgan darshonaning turida domla-mudarris o`tirgan, talabalar (mullabachchalar) esa gilam yoki qig`iz (namat) tushalgan erga chordona qurib o`tirganlar. Bu holatni 1892-1893 o`quv yilida Olimjon madrasasida tahsil olgan Sadriddin Ayniy ham quyidagicha tavsiflaydi: “Biz oltmish nafar shogird shu bolohonada maddoh ma’rakasiga to`plangan odamlardan ketma-ket shoshilishib o`tirardik. Jamoa qorisi o`rtada o`tirib, o`z kitobidan shu kungi darsga taalluqli joyni arab tilida o`qir, domulla esa, avval tarjima qilib, so`ngra sharhlab, bu darsni.. bizlarga tushuntirardi. SHogirdlarning aksariyati tushunib-tushunmay, ikki- uch kishidan bo`lib, baqirib muzokaraga tushib ketardilar. Ammo Buxorocha dars berish usuliga mohir domullamiz o`zining yo`g`on, baland ovozi, chahnab turgan ta’sirli ko`z qarashi bilan g`avg`oni bosib, har hil izoh va sharhlar bilan muallifning maqsadini qobiliyatli bolalarga tushuntirar edi. SHu bilan bir soat vaqt o`tib, bir kunlik darsimiz tugardi”.[3] Madrasalarda darslar, asosan, faol munozara tarzida o`tgan. Masalan, Ikromcha domla darsni Madrasa talabalari oldiga muhokama uchun masala qo`yishdan boshlagan. U masalaning mohiyatini tushuntirib bergan. Talabalar fikrini bir maqsadga yo`naltirib, ular obdon tortishib bo`lganidan keyin, e’tiborini o`ziga qaratgan. So`ngra ishonarli misollar, aniq dalillar bilan o`rganilayotgan matn mazmunini tojik tilida tushuntirib bergan va muallif fikriga munosabatini bildirgan.[4] Madrasalarda o`qitiladigan ilmlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1.Arab tili grammatikasi: sarfi (morfologiya), naqvi (sintaksis), arabcha notshushk, arab tarihi, Qur’onni o`qish ilmi va ilmiy munozaralar madaniyati. Ilohiyot va qonunshunoslik: Qur’on tafsiri, hadis, fiqh, diniy aqidalar, meros taqsimoti haqida ta’limot (Faroiz), qonunshunoslik asoslari. Falsafa: mantiq, riyoziyot, jug`rofiya, astronomiya, tibbiyot, kimyo va tabiiy fanlar, falsafa. Madrasada ta’lim jarayoni arab tilini o`rganishdan boshlangan. Eng avval umumiy kurs sifatida “Avvali ilm” o`qitilgan. (“Avvali ilm” kitobi islom dinining asoslarini o`rgatuvchi savol- javob tarzida tuzilgan fors tilidagi o`quv qo`llanmasi bo`lib, unda “Avvali ilm nimadir?” degan savolga Allohni tanish, Payg`ambarni tan olish, Shaytonni anglash degan javob berilgan). “Avvali ilm” kitobi talabalarga bir necha kunlarda yodlattirilgan. “Avvali ilm”dan so`ng arab tili grammatikasi morfologiyasi bo`yicha fors tilida yozilgan “Bidon” o`qitilgan. Ikkinchi yili arab tili 777 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 morfologiyasi bo`yicha arab tilida yozilgan “Zanjoniy”, fors tilida “Muizziy” kitoblari o`qitilgan. Bu boshlang`ich maktablardagi arab tili da

Доказательный фрагмент

«In the following article the sources and literature related with the education- upbringing in Bukhara in the end of 19th first quarter of the 20th century is scientifically analyzed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the following article the sources and literature related with the education- upbringing in Bukhara in the end of 19th first quarter of the 20th century is scientifically analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Source, source studiers, education-upbringing, chain education, study, article, tarbiya, maktab, manbashunoslik, tadqiqot, ta’lim, tizim, maqola, dastur, uzluksiz ta’lim, an’anaviy ta’lim, madrasa., Manba
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники