Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZLIKNI NAMOYON QILISHDA XALQ DOSTONLARINING AMALIY AHAMIYATI VA KITOBIY DOSTONLARNING O’ZIGA XOSLIGI
Muyiddinov Bekali
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
The saga is one of the common and major genres of Uzbek folklore. Its creation is closely related to the spiritual-domestic image of our people, socio-political struggles, moral- aesthetic views, ideas about justice and righteousness, freedom and equality, heroism and patriotism. Keywords: epic, epic, Surkhandarya, Kashkadarya, Khorezm, Bakhshi, biblical, Alisher Navoi, narration, legend, Farhad and Shirin, Layli and Majnun. ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНОГО ЭПОСА В ПРОЯВЛЕНИИ САМОБЫТНОСТИ И СВОЕОБРАЗИЯ КИТАБИЙСКОГО ЭПОСА Аннотация. Эпос-один из распространенных и крупных жанров узбекского фольклора. Его создание тесно связано с духовно-бытовым образом нашего народа, его социально-политической борьбой, его морально-эстетическими воззрениями, идеями справедливости и правды, свободы и равенства, героизма и патриотизма. Ключевые слова: эпос, эпос, Сурхандарья, Кашкадарья, Хорезм, Бахши, Китаби, Алишер Навои, повествование, миф, Фархад и Ширин, Лайли и Меджнун. O’zlikni namoyon qilishda xalq dostonlarining amaliy ahamiyati va Kitobiy dostonlarning o’ziga xosligi “Doston” so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta’rif, shon-shuhrat, mashhurlik ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida bu so’z xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarni anglatadi. V.M. Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko’ra “Epos-bu xalqning qahramonlik g’oyasi ko’lamidagi jonli o’tmishidir”. Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir[3,247]. 722 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Folklorshunos olim Muhammadnodir Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari bo’lib, uning doston bo’lishi uchun quyidagilar bo’lishi zarur: a) Ma’lum adabiy matn. b) Matnga mos musiqa. c) Kuylovchi xushovoz xonanda bo’lishi. d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini - sozni chala olishni bilishi. e) Kuylovchi shoirlik iqtidoriga va kuchli xotiraga ega bo’lishi. Bu ta’riflarning biri ikkinchisini to’ldiradi. Shuning uchun ham dostonlar sinkretik - omuxta janr hisoblanadi. Xalq dostonlarining ijrochilari O’zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida baxshi, shoir, yuzboshi, sannoch yoki sannovchi, shoir, xalfa, kampi, Janubiy Tojikiston o’zbeklari orasida jirov, jirchi, irchi, oqin, oxun va hokazo. Baxshilar- doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. Hodi Zarifning yozishicha, baxshi so’zi mo’g’ulcha va buryatcha baxsha, bag’sha so’zlaridan olingan bo’lib, ustod, ma’rifatchi degan ma’nolarni beradi. O’zbeklarda baxshi keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan-naslga yetkazuvchi san’atkordir[5,283]. Xalq orasida baxshi so’zi turlicha xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo’llangan. 1. Doston kuylovchi. 2. Folbinlik qiluvchi. Uzoq o’tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko’p yerlarda do’mbira, ayrim joylarda qo’biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan, dutorda, tor, garmonda ijro etadilar. Ularga g’ijjak va balomonda sozandalar jo’r bo’ladilar. O’tgan XX asrning 30- yillardan boshlab Xorazm baxshilari dostonlarni, asosan, tor va rubobda kuylay boshladilar. Xorazmda ba’zan epik asarlarni yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham uchraydi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb yuritiladi[1,352]. Xalfachilik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgan. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi, Saodat Xudoyberganova, Poshsha Saidmamat qizi, Anbarjon Ro’zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar xalfachilikda nom qozonganlar. Xalfalar ko’proq “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Oshiq Oydin”, “Asilxon”, “Hurliqo va Hamro”, “Qumri”, “Qissai Zebo”, “Tuluinbiy”, “Zavriyo”, “Duransho”, “Bozirgon”, “Xiromon”, “Xirmon dalli’ kabi dostonlarni hamda Maxtumquli she’rlarini ijro etganlar. O’zbek dostonchiligida an’anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha 723 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 tinglovchilar yig’ilib, qo’r tashlab o’tirishgan. Baxshi to’rda o’tirgan. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Asosan, “Nima aytay?” (“Doston terish”) termasi bilan tinglovchilarga murojaat qilgan. So’ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko’ra biror doston ijro etiladi. Odatda doston kuylash tongga ulanadi. O’zbek xalq dostonlarining ko’pchiligi bir kun kuylashga mo’ljallangan. “Alpomish”dek ulkan asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan. Dostonni kuylash juda ham qiziqarli o’ringa, avj pardalarga etganda, yarim tunda dam olish uchun tanaffus e’lon qilinadi. Buni baxshilar “Do’mb
Доказательный фрагмент
«The saga is one of the common and major genres of Uzbek folklore.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe saga is one of the common and major genres of Uzbek folklore. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epic, epic, Surkhandarya, Kashkadarya, Khorezm, Bakhshi, biblical, Alisher, Doston, baxshi, epos, Surxondaryo, Alisher Navoiy, afsona, Layli va Majnun., Qashqadaryo, rivoyat, Xorazm, Farhod va Shirin, kitobiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026