Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QITUVCHINING KOMPETENTLIGI VA O‘QUVCHI UCHUN KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH
KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz) · Umirova Nurjamal Jarkurganovna (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz) · CHDPU Mustaqil izlanuvchi (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2022
Аннотация
В данной статье изложены научные взгляды на компетентность учителя и развитие компетенций у учащегося. Ключевые слова: компетенция, педагогическая технология, профессионализм, методология, метод, школа. Annotation: This article presents scientific perspectives on teacher competence and the development of student competencies. Keywords: competence, pedagogical technology, professionalism, methodology, method, school. Hozirgi kunda ta‘lim tizimida global o‘zgarishlar va innovatsiyalar, shu bilan bir qatorda raqamli texnalogiyalar va yangi pedagogik metadologiyalar jadal rivojlanlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida ham o‘qituvchilardan, ham o‘quvchilardan muntazam ravishda izlanishni, yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni talab qiladi. Ushbu maqolada o‘qituvchining kompetentligi va o‘quvchi uchun kompetensiyani rivojlantirish tug‘risida so‘z boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134 – sonli Farmonida maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shaklantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish xamda Farmonning 7-bandida: Maktabgasha va maktab ta‘limi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalariga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy qilish to‘g ‘risidagi taklifi yuzasidan bir qator ustuvor vazifalar belgilandi. Ta’limni tashkil etish - bu o‘qituvchi va oquvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma‘lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati. [2. 63] Qadim zamonlardanoq kompetensiyaga katta e‘tibor qaratilgan. O‘qituvchining kompetentligi - ta’lim tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun asosiy omil hisoblanadi. Masalan, o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy (1878-1934-yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asarida “…bilim bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Bilim fanni egallash taraqqiyot yo‘lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir…. Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o‘xshaidi”- deb yozadi. Ta‘lim tizimida o‘qituvchi faqat darslarni tayanch o‘quv rejasi asosida o‘tish bilan cheklanib qolmasdan xar bir o‘qituvchi o‘zining shaxsiy kompetentligini oshirishga katta ahamiyat qaratishi zarur. Chunki o‘qituvchi kompetentligini oshirish orqali, o‘quvchilar bilan samarali muloqotda bo‘lishlari, innovatsion pedagogik 324 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz usullarni qo‘llashlari va ta’lim sifatini yanada yaxshilashlari mumkin. Zamonaviy pedagodik texnologiyalardan foydalanishlari esa, o‘qituvchilarning kompetentligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. “Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o‘g‘itlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning mazsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi” (b.Lixachev). [3. 66] Onlayn ta’lim platformalari, ta’lim texnologiyalari va ilovalar, virtual va aumentatsiya qilingan haqiqat, pedagogik analitika, blended learning metodlari va rivojlanish platformalari orqali o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tarzda boshqarishlari, yangi metodlarni o‘rganishlari va o‘z bilimlarini kengaytirishlari mumkin. O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli o‘quvchilarga, bilimlarni sust ravishda qabul qiladi, kabi nuqtai nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo‘lishi - bu rivojlanib boruvchi o‘zgaruvchan jarayon bo‘lib, o‘qituvchi yordamida o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan faol ijrochilikka o‘tib borishidir. O‘qituvchining o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda va o‘quvchilarda kompetensiyani rivojlantirishda darslarni pedagodik texnologiyalardan foydalangan xolda, ko‘rgazmalar asosida o‘qitishi ta‘lim tizimida katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmalik tamoyil ta‘lim jarayonini tashkil etuvshi muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning “Oltin qoidasi” deb atagan. “Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman katta narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan ta‘limga intilishimiz kerak – deb ta‘kidlaidi, u- agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilar bilan o‘rganilsin” [4. 99] Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkon
Доказательный фрагмент
«В данной статье изложены научные взгляды на компетентность учителя и развитие компетенций у учащегося.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье изложены научные взгляды на компетентность учителя и развитие компетенций у учащегося. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- competence, pedagogical technology, professionalism, methodology, maktab, method, pedagogik texnologiya, professionallik, school, metadologiya, профессионализм, компетенция, kompetensiya, usul, школа, методология, метод, педагогическая технология
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026