К содержанию
РецензированоRU2026

Вот несколько советов о том, как посмотреть или записаться на прием по наращиванию волос на немецком языке.

OID BA’ZI MULOHAZALAR · PhD A.O.Muminova (SamDCHTI)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026

Аннотация

Этот тезис дает некоторое представление об изучении аспектуальности в германских языках, особенно в немецком, который принадлежит к индоевропейской языковой семье. Ma’lumki, dunyoda ko‘plab tillar mavjud bo‘lib, ular kelib chiqishi va shakllanishiga ko‘ra tillar oilasini, tillar oilasi tillar guruhini shuningdek, har bir til guruhi o‘z navbatida kichik guruhchalarni tashkil etishadi. Shu jumladan german tillari – hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi tillar guruhi bo‘lib, u uchta kichik guruhchalarni o‘z ichiga oladi. German tillarining kelib chiqishi uzoq tarixga ega bo‘lib, ular qabila shevalari asosida yuzaga kelgan. Dastlabki german qabilalari Skandinaviya yarim orolida shakllangan bo‘lib, ular Skandinaviya shevasini hosil qilishgan. Keyinchalik Skandinaviya shevasi ikki guruhga bo‘linib, ular sharqiy Skandinaviya shevasi va g‘arbiy Skandinaviya shevasi nomi bilan atalgan. Sharqiy Skandinaviya shevasi asosida shved, dan tillari yuzaga kelgan bo‘lsa, g‘arbiy Skandinaviya shevasi negizida norveg tiliga asos solingan. German tillarining tarixiy rivojlanishi 3 davrga bo‘linadi: Bular: 1) qadimiy (yozuv paydo bo‘lgandan to 11 – asrgacha); 2) o‘rta (12 – 15 – asrlar – yozuvning rivojlanishi va bu tillarning keng ijtimoiy qo‘llanishi); 3) yangi (16 – asrdan hozirgacha – milliy tillarning tashkil topishi va takomillashuvi)ni o‘z ichiga oladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, german tillari o‘z navbatida uchta guruhga ajratilib, ulardan biri g‘arbiy guruhdir. Mazkur guruhga ingliz, nemis, niderland, lyuksemburg, afrikaans, friz, idish tillari kiradi. Shu guruhga mansub nemis tili ham kelib chiqishiga ko‘ra qadim tarixga ega. Jumladan, nemis tili german tillar oilasining g‘arbiy tillar guruhiga mansub til bo‘lib, hozirda Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Lyuksemburg, Belgiya davlatlarining davlat tili bo‘lib, shuningdek, sobiq ittifoq davlatlari, Ruminiya, AQSH, Kanada, ba’zi Janubiy Amerika davlatlarida keng tarqalgan. Ushbu til asosini g‘arbiy- german qabilalari dialektlari – franklar, saksonlar, turinglar, alemonlar, bavarlar dialekti tashkil etadi [Qomus. Info. Online eksiklopediya]. Mazkur tezisda biz german tillari, hususan nemis tilida aspektuallikning o‘rganilish tarixiga oid ba’zi mulohazalarni keltiramiz. Shu o‘rinda aspektuallik atamasiga ta’rif beramiz. Aspektuallik zamonaviy tilshunoslikda fe’l semantikasini o‘rganuvchi grammatik tarmoq sifatida qaraladi. Aspektuallik lisoniy sath sifatida aspekt, aktsionallik, harakat tarzi kategoriyalari o‘z ichiga qamrab oladi. German tillarida aspektologiya sohasini o‘rganilishi qadim tarixga ega. German tillarida fe’lning tus (aspekt) kategoriyasi XVIII asr oxirlarida Ya.Grimm, A.Leskin, V.Shtreytberg, L.Zyutterlin, G.Paul, K.Brugman, G.Suit, keyinchalik E.Koshmider, E.German, P.Yakubson, B.M.Balin, S.G.Andersson, X. Pedersen, A. Nurenlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsa, nemis aspektologiyasi bo‘yicha A.Leskin, O.Bexagel, M.Deychbeyn kabilar bir qator izlanishlar olib borishgan. Hozirgi kunda zamonaviy nemis tili aspektologiyasi sohasida E.Lays, E.Gogic, Ch.Haase, J.Riecke, B.Thiel, R.Schrodt, 63 V.Lehmann, J.Besters-Dilger, B.Schmiedtova, O.Krause, P,Gallmann, H.Krause, J.Lagunov, N.N.Volostnova, T.V.Lubentsova, E.D.Kucherenko, E.Lazebnya, Ya.Stavnitska, Yu.Yu.Pivovarova, A.Paslawska, O.S.Rixlova, S.V.Shustova, B.X.Rizayev, O.M.Risayeva kabi tilshunoslar qator izlanishlar olib borishmoqda. Bu borada o‘zbek tilshunoslaridan B.X.Rizayev o‘z tadqiqotlarida nemis tilidagi aspektuallik sohasini har tomonlama tadqiq etib, olim soha taraqqiyotiga o‘lkan xissa qo‘shib kelmoqda. Tilshunos olim nemis tili aspektologiyasiga oid ko‘plab monografiya va o‘quv qo‘llanmalarining muallifidir. U o‘z ilmiy ishlarida nemis tilidagi yurish-harakat fe’llarini aspektual jihatdan chuqur tahlil qilib, ularni aktsional jihatdan o‘ziga hos tasniflaydi: 1. Biror ob’ekt tomon yo‘nalgan yurish-harakatni ifodalovchi kommen, ankommen (kam qo‘llanuvchi erreichen, zurückkommen, auftreten, verlassen, sich nähern, sich entfernen, zurückziehen) fe’llari chegaralangan fe’llar guruhiga kiritiladi. Ushbu fe’llar semantikasida sub’yektning muayyan bir nuqtadan ikkinchi bir nuqtaga yetib kelish, yaqinlashish, hamda ma’lum bir makonga yo‘nalganlilik ma’nolari mavjud, shu sababli ham bunday fe’llar chegaralangan fe’llar deyiladi.2. Chegaralanmagan fe’llar guruhiga olim sub’yektning harakat tarzini bildiruvchi reiten, spazieren, wandern, sich stehlen, sich schleichen, marschieren, schreiten, ziehen, tänzeln, sich schleppen, schlurfen, stapfen, schwanken, taumeln, torkeln, wanken, sich schaukeln, hinken, humpeln, lahmen, stampfen, tappen, bummeln, schlendern, streichen, schweifen fe’llarini kiritadi. Ushbu guruh fe’llari semantikasida yo‘nalish ma’nosi mavjud emas, ularda chegaralanmaganlik dominant ma’no hisoblanadi. Shu sababli muallif ularni chegaralanmagan fe’l sifatida e’tirof etadi. 3. Nemis tilidagi schwimmen, gehen, laufen, reisen, fahren, rennen, fliegen kabi fe’llar esa ikki aksional xususiyatli fe’

Доказательный фрагмент

«Этот тезис дает некоторое представление об изучении аспектуальности в германских языках, особенно в немецком, который принадлежит к индоевропейской языковой семье.»

Образец извлечения

Демо-превью

Этот тезис дает некоторое представление об изучении аспектуальности в германских языках, особенно в немецком, который принадлежит к индоевропейской языковой семье. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
skandinaviya shevasi, nemis tili, german tillari, tarixga ega, nemis tilidagi, kelib chiqishi, kichik guruhchalarni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти