К содержанию
РецензированоRU2026

РАЗВИТИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЕ ПРЕПОДАВАНИЕ ФИЗИКИ

Alijanov Dilmurod A’zamjon o’gʻli · Samatov Azimjon Maxmudjon oʻgʻli (Namangan davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi) · Imomov Muhibjon Habibjonovich (Namangan davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi)

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolaning maqsadi umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda ekologik masalalarga e’tibor qaratishning ahamiyatini ko‘rsatish va o‘quvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirishda fizika darslarining o‘rnini ochib berishdir. Kalit so‘zlar:fizika o‘qitish, fanlararo yondashuv, ekologik tafakkur, atrof- muhitni himoya qilish, umumta’lim maktablari, ekologik ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, fizika va ekologiya integratsiyasi. Kirish. Hozirgi kunda ekologik muammolar global miqyosda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun ekologik ta’lim va tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, fizika fanini o‘qitishda ekologik masalalarni integratsiya qilish o‘quvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqola fizikani fanlararo o‘qitish orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni rivojlantirish yo‘llarini tahlil qiladi.Zamonaviy dunyoda ekologik muammolar dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Insoniyatning tabiatga bo‘lgan ta’siri, atrof-muhitning ifloslanishi va resurslarning kamayib borishi kabi muammolar global xavfsizlik va barqaror rivojlanish uchun tahdid solmoqda. Shu sababli, ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va ularni atrof-muhitni himoya qilishga o‘rgatishdir. Fizika tabiiy fanlar ichida muhim o‘rin tutib, ekologik muammolarni tushuntirish va hal etishda ham asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Fizika darslarida atrof-muhit va ekologiya bilan bog‘liq masalalarni fanlararo yondashuv asosida tushuntirish orqali o‘quvchilarda ekologik mas’uliyat va tafakkur shakllantiriladi. Fizika fanini ekologiya bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish o‘quvchilarga tabiat qonuniyatlari va texnologik taraqqiyotning ekologiyaga ta’sirini chuqurroq anglash imkonini beradi. Adabiyotlar tahlili. Ekologik ta’lim va ekologik tafakkur tushunchalari ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘plab tadqiqotchilar va pedagoglar o‘quvchilarni ekologik muammolar bilan tanishtirish orqali ularning mas’uliyatli fuqarolar bo‘lib yetishishiga erishish mumkinligini ta’kidlashadi (Xodjayeva, 2022; Kim va boshqalar, 2020). Fanlararo o‘qitish g‘oyasi ham zamonaviy pedagogik yondashuvlarda keng tarqalgan bo‘lib, u 178 www.namspi.uz universaljurnal.uz o‘quvchilarning turli fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini birlashtirish va amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi (Jorayev, 2021). Fizika va ekologiya integratsiyasi o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalarning ekologik xavfsizlikka ta’siri, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi dolzarb masalalar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynaydi (Qodirova, 2019). Fizikani ekologik masalalar bilan bog‘liq holda o‘qitish, masalan, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektromagnit to‘lqinlar yoki energetika tushunchalarini ekologik konteksda tushuntirish orqali ekologik muammolarni chuqurroq anglashga imkon beradi. Shu orqali o‘quvchilar fizika qonunlarini o‘z hayotlarida qo‘llash va atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni shakllantiradilar (Abdullayev, 2020). Bundan tashqari, ekologik muammolarni amaliy tarzda o‘rganish fizika darslarida loyihaviy ta’lim usullaridan foydalanishni talab qiladi. Loyiha usuli o‘quvchilarga ilmiy izlanishlar olib borish, natijalarni tahlil qilish va muammolarga ilmiy yechimlar taklif etish imkonini beradi (Sharipov, 2021). Munozara. Fanlararo o‘qitish – bu turli fanlar o‘rtasida mavzular va metodlarni bog‘lash orqali o‘quv jarayonini chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi. Fizika fanini biologiya, kimyo, geografiya kabi tabiiy fanlar bilan integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirish mumkin. Fizikani ekologik masalalar bilan bog‘lash orqali esa o‘quvchilarda ekologik madaniyat shakllantiriladi va tabiatga nisbatan mas’uliyat hissi oshadi. Fizikadagi ko‘plab tushunchalar va qonunlar ekologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, energiya saqlanish qonuni, issiqlik uzatish jarayonlari, optik hodisalar tabiatning turli jarayonlarini tushuntirishda qo‘llaniladi. Shu orqali o‘quvchilarga tabiatdagi energetik balans, issiqlik ifloslanishi, atmosfera qatlamlarining isishi kabi ekologik muammolarni fizik nazariyalar asosida tushuntirish mumkin. Bu esa o‘quvchilarning ekologik muammolarni chuqurroq anglashiga va ularni hal qilish yo‘llari haqida o‘ylashiga yordam beradi. Fizika darslarida ekologik muammolarni yoritish uchun bir qancha fanlararo yondashuvlardan foydalanish mumkin: Biologiya bilan integratsiya: Masalan, fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasining o‘zgarishi, issiqlik tarqalishi va karbonat angidridning atmosferaga ta’siri fizik va ekologik tushunchalar bilan bog‘lanadi. Kimyo bilan integratsiya: Havo tarkibidagi gazlar, issiqxona effekti, kimyoviy reaktivlarning atmosferaga ta’siri kabi masalalarni fizik qonunlar asosida tahlil qilish mumkin. Geografiya bilan integratsiya: Iqlim o‘zgarishi, suvning fizik hola

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolaning maqsadi umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda ekologik masalalarga e’tibor qaratishning ahamiyatini ko‘rsatish va o‘quvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirishda fizika darslarining o…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolaning maqsadi umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda ekologik masalalarga e’tibor qaratishning ahamiyatini ko‘rsatish va o‘quvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirishda fizika darslarining o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
средняя школа, ekologik ta’lim, physics teaching, interdisciplinary approach, охрана окружающей среды, междисциплинарный подход, loyiha asosida o‘qitish, экологическое образование, экологическое мышление, проектное обучение, fizika o‘qitish, fizika va ekologiya integratsiyasi, integration of physics and ecology, преподавание физики, ecological thinking, umumta’lim maktablari, project-based learning, ekologik tafakkur, environmental protection, secondary schools, fanlararo yondashuv, atrof-muhitni himoya qilish, environmental education, интеграция физики и экологии
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники