Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЗАИМОВЫГОДНЫЕ ОТНОШЕНИЯ ЯДЕРНОЙ ФИЗИКИ И ДРУГИХ ПРЕДМЕТОВ НАУКИ В СТАРШИХ КЛАССАХ СРЕДНЕЙ ШКОЛЫ
FANLARARO ALOQALARI · Yusupov Dilmurod Abdurashidovich · NamDPI, katta o‘qituvchi PhD · Samatov Azimjon Maxmudjon o‘g‘li · NamDPI stajyor-o‘qituvchisi
Универсал международный научный журнал · 2 · 448-455 · 2026
Аннотация
In this work, the nuclear physics section of physics in senior classes of secondary school is connected between the sciences of chemistry, mathematics, biology and computer science. Keywords: nuclear physics, interdisciplinary connections, natural sciences, integration, teaching methods, connections between disciplines, practical approaches. Yadro fizikasi ko‘plab tabiiy fanlar bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, uning nazariy va amaliy jihatlari boshqa fanlar bilan integratsiyalashishi talab etiladi. Yadro fizikasi – bu tabiiy fanlarning bir qismi bo‘lib, uning o‘rganilishi va o‘quvchilarga taqdim etilishi nafaqat alohida fan sifatida, balki boshqa tabiiy fanlar bilan integratsiyalashgan holda yanada samarali bo‘ladi. O‘rta maktab o‘quv dasturlarida yadro fizikasi bo‘yicha o‘qitish ko‘pincha boshqa fanlar bilan birgalikda olib borilishi, o‘quvchilarda keng qamrovli tushunchalar va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Mazkur maqolada yadro fizikasi bilan boshqa fanlar, xususan, kimyo, matematika, biologiya va informatika fanlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil qilinadi. Yadro fizikasi faqatgina fizikaga oid fan emas, balki uning o‘zaro aloqalari va amaliyotga tatbiqi boshqa fanlar bilan bog'liqdir. Shunday qilib, o‘quvchilarga yadro fizikasi fanini o‘qitishda bu fanlarni o‘zaro integratsiyalash, ularning o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish zarur. Bu esa nafaqat o‘quvchilarning umumiy bilim doirasini kengaytiradi, balki kelajakda ularga texnologik, ilmiy va ijtimoiy sohalarda yuqori darajadagi bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. Hozirgi kunda fanlararo aloqalar haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan, ammo yadro fizikasi va boshqa tabiiy fanlar o‘rtasidagi aloqalarga oid maxsus tadqiqotlar cheklangan. Yadro fizikasi, kimyo, matematika, biologiya va 186 www.namspi.uz universaljurnal.uz informatika o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar o‘rganilishi, bu sohalarning ta'limda qanday samarali integratsiya qilinishini yanada chuqurroq o‘rganish talab etiladi. Yadro fizikasi fanining ta'lim jarayonida boshqa fanlar bilan integratsiyasi o‘quvchilarni ilmiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni egallash va yangi texnologiyalarni yaratishga tayyorlash uchun juda muhimdir. Biroq, o‘zaro aloqalar va integratsiya samaradorligi hali to‘liq o‘rganilmagan, shuningdek, o‘qitish metodikalarining samarali usullari ham aniq belgilangan emas. Ushbu maqolada ana shu muammolarni o‘rganish va yechimlar taklif etish maqsad qilinadi. Yadro fizikasi va boshqa tabiiy fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish, shuningdek, bu aloqalarning o‘quvchilarga beradigan amaliy foydasini tahlil qilish. 1. Yadro fizikasi va boshqa fanlar o‘rtasidagi integratsiyaning imkoniyatlarini tahlil qilish. 2. O‘rta maktabda yadro fizikasi fanini o‘qitishda fanlararo aloqalar metodlarini ishlab chiqish. 3. Yadro fizikasi va boshqa fanlar, masalan, kimyo, matematika, biologiya, informatika o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni amaliy misollar orqali ko‘rsatish. 4. O‘quvchilarda yadro fizikasi bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirish va bu orqali boshqa fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi metodlar ishlab chiqildi, jumladan: ü Tahliliy metod: Yadro fizikasi va boshqa fanlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish va tahlil qilish. ü Eksperimental metod: O‘quvchilarga yadro fizikasi va boshqa fanlar bo‘yicha integratsiyalashgan darslar o‘tkazish va ularning natijalarini kuzatish. ü So‘rovnoma metodlari: O‘qituvchilar va o‘quvchilardan fikrlar to‘plash, fanlararo aloqalarning ta'limdagi samaradorligini aniqlash. Tadqiqot natijalarining muhokamasi: Tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, yadro fizikasi va boshqa tabiiy fanlarning integratsiyasi o‘quvchilarda nafaqat ilmiy bilimlarni, balki tanqidiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. O‘quvchilarga birgalikda o‘qitiladigan fanlarning o‘zaro aloqalarini tushunish, ularning ilmiy va texnologik yutuqlarda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik, jamoaviy ish va mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Xulosa: Yadro fizikasi va boshqa fanlar o‘rtasidagi fanlararo aloqalar o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi va kelajakda innovatsion texnologiyalar yaratishga tayyorlaydi. Ta'limda bu aloqalarni samarali o‘rnatish uchun metodik yondashuvlarni ishlab chiqish va o‘quv dasturlarini yangilash zarur. Yadro 187 www.namspi.uz universaljurnal.uz fizikasi, kimyo, matematika, biologiya va informatika fanlari o‘rtasidagi aloqalar orqali o‘quvchilarning barcha fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish mumkin. Ushbu maqola, o‘rta maktablar yuqori sinflarida yadro fizikasi fanini boshqa tabiiy fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitishning muhimligini va bu yondashuvning o‘quvchilarga qanday foyda keltirishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Доказательный фрагмент
«In this work, the nuclear physics section of physics in senior classes of secondary school is connected between the sciences of chemistry, mathematics, biology and computer science.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this work, the nuclear physics section of physics in senior classes of secondary school is connected between the sciences of chemistry, mathematics, biology and computer science. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nuclear physics, interdisciplinary connections, natural sciences, ядерная физика, fanlararo aloqalar, методика обучения, междисциплинарные связи, tabiiy fanlar, fanlar o‘rtasida bog'lanish, amaliy yondashuvlar, естественные науки, связь между дисциплинами, integratsiya, practical approaches, teaching methods, практические подходы, интеграция, integration, connections between disciplines, yadro fizikasi, ta'lim metodikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025