К содержанию
РецензированоUZ2024

ISLOM DINI YOHUD MILLAT TANAZZULI

Shukurilloev Samariddin Maxmadsafo o'g'li

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Islom dinining axloqiy va e'tiqodiy tamoyillari asosida millat tanazzulining oldini olish yo'llari yoritilgan. Islom dini qadriyatlarini saqlash orqali milliy madaniyatini rivojlantirish va jamiyatni ma'naviy komillikka yetkazishning muhimligi asoslanadi.Millatni tanazzuldan saqlash uchun islomiy tamoyillarni hayotda tadbiq etish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Islom dini, hadis, axloq, Millat tanazzuli, iymon, ilm, madaniyat. 1. Musulmonlarning zaiflashishiga olib kelgan omillardan biri dunyoviy manfaatlarga haddan tashqari berilib ketishdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v) buni o‘z zamonlaridayoq bashorat qilganlar: "Bir vaqt keladi, sizlar ustingizga boshqa millatlar ovqatga o‘tirgandek kelib o‘tiradi." Sahobalar so‘rashdi: "Yo Rasululloh, bu kun musulmonlar kam bo‘ladimi?" Payg‘ambar (s.a.v) javob berdilar: "Yo‘q, ular ko‘p bo‘ladi, lekin ular ko‘p bo‘lsa ham, daryodagi ko‘pikdek kuchsiz bo‘ladi. Alloh ularning dillaridan qo‘rquvni olib tashlab, dushmanlarning dillariga musulmonlardan nafrat soladi." (Abu Dovud, Jihod, 4284) Bu hadis dunyoga qattiq bog‘lanish musulmonlarni ma’naviy jihatdan zaiflashtirishini ko‘rsatadi. 2. Ilmdan uzoqlashish va jaholatning kuchayishi Islomning oltin davri usulmonlarning ilmga qanchalik qiziqqanini ko‘rsatadi. Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy kabi olimlar jahon ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shganlar. Ammo keyingi asrlarda musulmonlar ilmni rivojlantirishdan orqada qola boshladilar. Qur'onda shunday deyiladi: "Ey insonlar! Bilmagan narsalaringiz haqida gapirmang." (Al-Isro, 36) Jaholat va ilmning tanazzuli musulmonlarning taraqqiyotdan chetda qolishiga sabab bo‘ldi. 3. Ummatning birlikdan uzoqlashishi Musulmonlarning zaiflashishining asosiy sabablaridan biri bu ularning o‘zaro bo‘linishidir. Qur'onda Alloh taolo shunday ogohlantiradi: "Allohning arqoniga mahkam yopishinglar va tarqalmanglar." (Oli Imron, 103) Birlik yo‘q joyda kuchsizlik paydo bo‘ladi. O‘zaro bo‘linish dushmanlarga qarshi turishni qiyinlashtiradi va millatni zaiflashtiradi. 809 Dekabr, 2024-Yil 4. Ma’naviy inqiroz va gunohlar ko‘payishi Musulmon jamiyatlarda ma’naviyatning zaiflashishi, gunohlarning oshishi va ibodatga befarqlik zaiflikka sabab bo‘ldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: "Biror qavmda fahsh ishlar ochiq-oydin qilinsa, ularga ocharchilik va turli balolar yuboriladi." (Ibn Moja, Fitnalar, 4019) Ma’naviyatni tark etish, Qur'on va sunnatdan uzoqlashish jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. 1. Yoshlarning axloqi va odobi Islom dinida Islom dini yoshlarning axloqi va odobini mukammal shakllantirishga chaqiradi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) shunday deganlar: "Sizlarning eng yaxshilaringiz – odobi chiroyli bo‘lganlaringizdir." (Buxoriy, Adab) Axloq va odob Islom dinining asoslaridan biri bo‘lib, bu jamiyatning barqarorligi va yoshlarning ma’naviy yuksalishi uchun poydevordir. Ota-onalar va muallimlarning yoshlarni yaxshi axloq va odobga o‘rgatishi lozim. 2. Zamonaviy muammolar va yoshlarning tanazzuli Bugungi kunda yoshlar axloq va odobdan uzoqlashib, turli illatlarning qurboni bo‘lmoqda. Buning asosiy sabablari: 1. Texnologiyalarning noto‘g‘ri ta’siri: Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari berilib ketish, foydasiz va zararli kontentga qiziqish kuchayib bormoqda. Qur'onda shunday deyiladi: "Haqiqatan, inson o‘ta ziyonkor bo‘lib ketadi, agar u foydali bilim va solih amallar qilmasa." (Al-Asr, 2-3) 2. Ota-ona va jamiyatning nazoratsizligi: Ba’zan ota-onalar va jamiyat yoshlarning tarbiyasiga yetarlicha e’tibor bermayapti. Payg‘ambarimiz (s.a.v) ogohlantirganlar: "Hammaingiz cho‘ponsiz va har biringiz o‘z suruvingizdan mas’ulsiz." (Buxoriy va Muslim) Dunyoviy manfaatlarni axloqdan ustun qo‘yish: Materializm va nafsga berilish yoshlarni ma’naviy jihatdan zaiflashtirmoqda. Bu esa jamiyatning tanazzuliga olib kelmoqda. 3. Millat tanazzulining yoshlar bilan bog‘liqligi Millatning tanazzuli yoshlarning axloqiy zaifligidan boshlanadi. Islom dini bunga alohida urg‘u beradi. Qur'onda aytilgan: "Ey iymon keltirganlar, o‘zlaringizni va oilalaringizni do‘zax o‘tidan saqlang." (At-Tahrim, 6) Agar yoshlar tarbiyasiga e’tibor berilmasa, millat kelajagi xavf ostida qoladi. Yoshlarning axloqsizligi o‘z navbatida oilalarning buzilishi, jamiyatda jinoyatchilikning oshishi va ma’naviy inqirozga olib keladi. 4. Muammolarning echimi: Yoshlar tarbiyasini Islomga moslash Yoshlarni axloqiy va odobiy jihatdan yuksaltirish uchun Islomning quyidagi tavsiyalariga amal qilish zarur: 810 Dekabr, 2024-Yil 1. Qur'on va sunnatga asoslangan tarbiya: Yoshlar Qur'onni o‘rganib, Payg‘ambarimiz (s.a.v) ning hayotlarini o‘zlariga namuna qilishlari lozim. 2. Ilm-ma’rifat va foydali bilimlarni targ‘ib qilish: Ilm va odob birgalikda yoshlarning komil shaxs bo‘lishini ta’minlaydi. 3. Jamiyatda ijobiy muhit yaratish: Yoshlar o‘zlarini hurmat qiladigan va sog‘lom muhitda rivojlanishi kerak. Bunda ota- onalar, maktablar va jamiyatning roli katta. 4. Ma’naviy targ‘ibot va amaliyot: Yoshlarni ibodat, masjid

Доказательный фрагмент

«Islom dinining axloqiy va e'tiqodiy tamoyillari asosida millat tanazzulining oldini olish yo'llari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Islom dinining axloqiy va e'tiqodiy tamoyillari asosida millat tanazzulining oldini olish yo'llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniyat., Millat tanazzuli, axloq, hadis, iymon, Islom dini, ilm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники