К содержанию
РецензированоEN2024

MAHALLADA YOSHLARNING DEVIANT XULQ-ATVORI SHAKLLANISHI

Bektemirova Muxlisa Sherzod qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article analyzes the formation of deviant behavior of young people in the neighborhood and its social factors. Deviant behavior of young people is seen as a moral, social, sociological problem not only of society, but also of the neighborhood. The attention paid to the youth of the neighborhood, the possible penetration of deviant behavior into the family environment, which is the basis of the neighborhood, is analyzed. In addition, measures are presented to combat this behavior using local and family-level tools and methods. Keywords: deviance, biological and psychological factors, the idea of anomie, neighborhood, disruption. ФОРМИРОВАНИЕ ДЕВИАНТНОГО ПОВЕДЕНИЯ МОЛОДЕЖИ В СОСЕДСТВЕ Аннотация. В статье анализируется формирование девиантного поведения молодежи в микрорайоне и его социальные факторы. Девиантное поведение молодежи рассматривается как моральная, социальная, социологическая проблема не только общества, но и окружения. Анализируется внимание, уделяемое молодежи района, случаи, когда девиантный характер может проникнуть в семейную среду, основу соседства. Кроме того, представлены инструменты и методы борьбы с таким поведением на местном и семейном уровне. Ключевые слова: девиантность, биологические и психологические факторы, идея аномии, соседство, расстройство. 774 Dekabr, 2024-Yil Nima uchun yoshlar mamlakat siyosati yo’nalishining asosiy e’tiborini tashkil etadi? Bunga sabab yoshlar mamlakatning kelajagi, mamlakatning hozirgi holati qanday bo’lishidan qat’iy nazar, yoshlar uning kelasi taqdirini belgilab beruvchi ijtimoiy qatlam hisoblanadi. Shunday ekan, Konfutsiy aytganidek, “agar juda uzoq muddatli maqsad qo’ygan bo’lsang, bolalaringni o’qit” tamoyilidan kelib chiqqan holda masalaning ahamiyati o’rinlidir. Yoshlar jamiyatimizning eng faol va rivojlanayotgan qatlami bo’lib, ular yangi g’oyalar va qarashlar bilan jamiyatni yangilashga harakat qilishadi. Ammo ba’zan yoshlar orasida jamiyat qoidalari, axloqiy me’yorlarga zid bo’lgan xulq-atvor ham shakllanadi. Ushbu xulq-atvorlar, ya’ni yoshlarning jamiyatning normal holati buzilishiga olib keluvchi harakatlari deviant xulq-atvorning asosini tashkil etadi. Deviantlik yoshlar orasida huquqbuzarlik, narkotik moddalar, jinoiy faoliyat va boshqa salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Mahalla yoshlarining deviant xulq-atvorlari esa mahalladagi muhit, oilaviy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bevosita bog’liq. “Deviant” so’zi – lotincha “devatio” so’zidan olingan bo’lib, “chekinish, buzilish” degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti- harakat, ijtimoiy hodisadir. Madaniy me’yorlarni buzuvchi har qanday xulq-atvor deviantlikdir. Sotsiologiyada ijtimoiy me’yor buzilishi jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski me’yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarning o’rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi. R.Feris, Tirikyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishlar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko’ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulqatvordir. [4] Turli ta’imotlar deviantlik kelib chiqishiga turli sabablarni keltirishiga qaramasdan asosiy mazmun-mohiyat bir xilligicha qolaveradi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar: 1) biologik omillar. Bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fizologik yoki anatomik xususiyatlarning mavjudligi natijasida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: irsiy xususiyatlar, aqliy rivojlanishining buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar, organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somantik, allergik, toksik kasallanishlariga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar. 775 Dekabr, 2024-Yil 2) psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasaliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g’ayri adekvat reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi. Ruhiy me’yorning eng keskin variant hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. [1] Bu omillar yoshlardagi deviantlik xususiyatining ichki tomonlari hisoblanib, bundan tashqari tashqi tomon- oilaviy, ta’lim muassasasi bilan bog’liq yoxud jamiyatning boshqa ijtimoiy omillar ham ta’sir o’tkazishi mumkin. Oila jamiyatning asosiy institut hisoblanib, u tarbiyaning boshlang’ich o’chog’i sifatida shaxsning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Oilaning tarbi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the formation of deviant behavior of young people in the neighborhood and its social factors.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the formation of deviant behavior of young people in the neighborhood and its social factors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deviance, biological and psychological factors, the idea of anomie, anomiya g’oyasi, biologik va psixologik omillar, buzilish., deviantlik, mahalla
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники