К содержанию
РецензированоUZ2024

GENDER TENGLIGI MASALALARI VA JAMIYATDAGI O‘ZGARISHLAR

Qurbonboyeva Farzona · Ilhomov U.U

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

In this thesis, we will consider what gender equality is, how it is important for us, the main goal and role of this equality, to what extent it is important for us. To understand that gender equality is an important factor not only for the protection of human rights, but also for economic development, stability and general well-being of society. Keywords: gender equality, equal rights, human rights, social justice, equal pay, equality in education, equality in the family, women’s and men’s rights. 657 Dekabr, 2024-Yil Gender tenglik o‘zi nima? Gender tenglik-bu erkaklar va ayollar (yoki boshqa jins vakillari) teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Gender tenglikning asosiy maqsadi- barcha jins vakillarining inson sifatida teng qiymat va hurmatga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Bu faqat ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham muhimdir. Ayollar masalasi jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, millatlar, davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan uzviy aloqada. Bu masalaning yuzaga kelishi, rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishi bilan ham bog‘liqdir[1]. O‘zbekistonda gender tenglik masalasi davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Biroq, mamlakatda an’anaviy jinsiy rol taqsimoti va ijtimoiy stereotiplar gender tenglikni to‘liq ta’minlash yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Aytish joizki: Глава 1 2019-yilda “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” qonun qabul qilindi; Глава 2 Parlamentda ayollarning ulushi 2019-yilda 32%ga yetdi[2]; Глава 3 Gender asosida diskriminatsiyani taqiqlovchi me’yoriy hujjatlar joriy etildi; Глава 4 Ayollari tadbirkorlikka jalb qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam dasturlari amalga oshirilmoqda[3]; Natijada: Ayollarning ish bilan bandlik darajasi oshmoqda, oliy ta’limga kirish darajasi oshib bormoqda. Ayollarning parlamentar va mahalliy boshqaruv organlarida ishtiroki ko‘paydi. Gender tenglik masalasiga nisbatan jamoatchilikning ongida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, biroq an’anaviy stereotiplar hanuz mavjud. Chet elda gender tengligi masalasi turli mamlakatlarda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga qarab har xil darajada rivojlangan. Ba’zi davlatlar gender tengligini ta’minlashda yetakchilik qilsa, boshqalarida bu masalada jiddiy muammolar saqlanib qolgan. Gender tenglikka oid dunyo reytinglarida birinchi o‘rinlarni Skandinaviya, Norvegiya, Finlandiya va Islandiya davlatlari turadi. Masalan: Islandiyada gender bo‘yicha maosh farqi juda past, ayollarning rahbarlik lavozimidagi ulushi esa yuqori. Norvegiyada ota-onalarning har ikkisi ham haq to‘lanadigan ta’til olish imkoniga ega, bu esa o‘z navbatida gender tengligini oilaviy muhitda mustahkamlaydi. Gender tenglik bo‘yicha muammoli hududlar qatoriga Janubiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Bangladesh); Yaqin Sharq davlatlari kiradi. Bu davlatlarning ayrimlarida qizlar ta’lim olish imkoniyatlaridan cheklangan, bolalikdan majburiy turmush qurish hollari uchraydi[4]. Chet elda gender tengligi masalasi bo‘yicha yetakchi davlatlar (masalan, Skandinaviya mamlakatlari) o‘z muvaffaqiyatlari bilan boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat 658 Dekabr, 2024-Yil qilmoqda. Ammo ba’zi hududlarda bu boradagi muammolar hanuzgacha dolzarb. O‘zbekistondagi gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha qadamlar tashlanmoqda, lekin bu masalada sezilarli natijalarga erishish uchun yanada ko‘proq vaqt, sa’y-harakat va jamiyat ongida tub o‘zgarishlar zarur[5]. Xulosa qilib aytish joizki, gender tenglikka erishish - uzoq muddatli jarayon, bu nafaqat ayollar, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun teng imkoniyatlar yaratadi va adolatli hayot kechirish imkonini beradi. Har yili qabul qilinayotgan davlat dasturlarida ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini mustahkamlash hamda barcha aholini gender tengligi to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va izchil amalga oshirish kerak.

Доказательный фрагмент

«In this thesis, we will consider what gender equality is, how it is important for us, the main goal and role of this equality, to what extent it is important for us.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, we will consider what gender equality is, how it is important for us, the main goal and role of this equality, to what extent it is important for us. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender equality, equal rights, human rights, social justice, equal pay, equality, ijtimoiy adolat, ta’limda tenglik, gender tenglik, teng maosh, oiladagi tenglik, inson huquqlari, ayol va erkak huquqlari., teng huquqlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники