Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHAMMAD ALI IJODIDA TEMUR VA TEMURIYLAR
NEW RENAISSANCE · Laylo Rahmatova Abdulla qizi · Jahongir Mirzo (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi) · Umarshayx Mirzo (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi) · Mironshoh Mirzo (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi) · Shohruh Mirzo. (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi)
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
This article contains brief information about the life and works of the poet Muhammad Ali Akhmedov and the image of Timur and the Timurids in his works Key words: Amir Temur, Sahibqiron, Uluģ Sultanat, Sarbadors, Novel, Epic, Jahangir Mirzo, Umarshaikh Mirzo, Mironshah Mirzo, Shahrukh Mirzo. Oʻzbek xalqi yozuvchisi Muhammad Ali Ahmedov 1942-yil 1-martda Andijon viloyatining Boʻzsuv tumanida tugʻilgan. Muhammad Ali shoir, yozuvchi, olim, pedagog sifatida faoliyat yuritib kelmoqda ijodi. Muhammad Ali nazmda, nasrda va publitsistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qozoq va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. Shoh asarlari "Boqiy dunyo", "Gumbazdagi nur", "Sarbadorlar" va "Ulugʻ saltanat" asarlaridir. Uning "Otalar yurti", "Oq nur", "Sen bir gulsan", "Sevsam sevilsam", "Oshiq boʻlmay Haq diydorini koʻrsa boʻlmas", "Sarbadorlar", "Saylanma", "Men koʻrgan Amerika", "Ulugʻ saltanat", "Ulugʻ ajdodlardan meros shijoat", "Zamondoshim poreritiga chizgilar" kabi asarlari mavjud. Muhammad Alining "Sarbadorlar " asarining bir necha boblari bevosita Amir Temurga bagʻishlangan boʻlib, bu obrazni yaratish jihatidan ilk chizgilar sifatida oʻrtaga tashlangan. Adib 10 yildan koʻroq vaqt davomida ulugʻ sarkarda haqidagi ilmiy va adabiy maʼlumotlarni qunt bilan oʻrgandi. Shu yoʻsinda Amir Temurga bagʻishlangan asari "Ulugʻ saltanat " epopiyasi yuzaga keldi. Shoir ulugʻ sarkardani koʻproq kundalik maishiy hayot, oila, qarindosh-urugʼ va doʻst yorlar muhitida koʻrsatadi. Asar 4 kitobdan iborat boʻlib, 2003-2013 yillar oraligʻida yozib tugatilgan. 4 kitob Amir Temurning oʻgʻillarining ismi bilan nomlangan. Birinchi kitob "Jahongir Mirzo", ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo", uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo", toʻrtinchi kitob "Shohruh Mirzo" deb nomlangan. 114 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 Asarda koʻproq sohibqiron farzandlarining tarbiyasi, kattaroq boʻlganda ularning qismati, har xil yoʻsinda roʻy bergan tashvishlari, ularni uyli joyli qilish, ularga munosib kelin topib uylantirish, farzandlarining boshiga biron ish tushsa ularga hamnafas boʻlish, ularning dardiga sherik boʻlish holatlari tasvirlanadi. Buni quyidagi jumlalarda ham koʻrish mumkin: "Uygʻonib ketgan Amir Temurning bu tushdan koʻngli parishon boʻldi. Yarim kecha ekanligiga qaramay Muhammad Choʻriogʼa dodxohni yoniga chorlabdida buyurdi: - Mamat jigarim! Shitob bilan Samarqand borgʻil! Jahongir Mirzoga degilki, oʻzini asrasin nasihat qilgʼil, ogoh boʻlgin! Muhammad Choʻriogʼa dodxoh yerga tikilgancha indamay qoldi. -Nechun jimsan, Mamat? -Yoningizda boʻlsam degandim... Tashlab ketgim kelmay turibdi... - Mendan xavotir olmagʼil! Shitob Samarkand borgʼil! Uqdingmi? -Uqdim. Bosh ustiga, Amir sohibqiron! Muhammad Choʻriogʼa dodxoh bir necha sipohlar kuzatuvida tong yorishmay poytaxtga joʻnab ketdi. Oradan ikki kun oʻtgach har xil hayollardan butkul oromini yoʻqotgan Amir Temurning oʻzi ham "Qaydasan Samarkand" -deb yoʻlga ravona boʻldi. Yuqoridagi jumlalardan shuni aniqlash mumkinki, Amir Temur doim farzandlari, oilasi koʼyida boʻlgan. Hatto tunlari tushlarida ham ularni oʻylagan. Tunda yomon tush koʻrib uygʻonib ketadi va oʻgʻlidan havotir olib uning yoniga Muhammad Choʻriogʼani yuboradi. Shunda ham koʻngli tinchimay oʻglini koʻrgani oʻzi Samarkandga ravona boʻladi. Keyingi jumlalarda ham aynan shu holat yuz bergan. Holsiz yotgan Jahongir Mirzoga tikilarkan, Amir Temurning yuraklari ezildi. Koʻzlariga yosh quyila boshladi, ammo favqulodda bir shijoat bilan koʻz yoshini tegib qoldi. - Haq subhonahu taola parvardigor doru xonasidan bir shifoyi karomat yetkazsun iloho! - Qoʻlini duoga ochdi Mirsaid Baraka. -Omin! - Shifo bersun, iloho! Omin! - Duo qildi hamma Ha, dorilfanodagi har bir qadam bandasi uchun ulkan sinov... Oqil banda sinovlarni mohirona tadbir bilan oʼta olmoogʻi shart. Amir Temur ham ne ne sinovlardan oʻtmadi, bari uchun parvardigor egamga shukrlar aytadi. Bu jumlalardan shuni anglashimiz mumkinki.¹ "Muhammad Ali romanida tasvirlanishicha Amir Temur shurolar davrida tasvirlanganidek, doim qilichidan qon tomib turadigan zolim, qasoskor va bosqinchi emas. Shoir bunga alohida urgʻu beradi. 115 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 Ammo u dushmanga ham qatʼiyatsiz emas edi. Shundan davlat barpo etish yoʻlida qilgan janglarda gunohkorlar bilan birga begunohlar ham jabrlangan holatlari boʻlgan. Ammo u bu holatga achingani tabiiydir". Muhammad Ali "Ulugʻ saltanat" asaridan tashqari oʻzining "Saylanma" kitobining qadimgi qoʻshiqlar bobida ham Amir Temur haqida sheʼri oʻrin olgan. Amir Temur qabridan ovoz Ey, tarixchi, etma umrimni taroj! Bas bunday gaplarga emasman muhtoj. Tori uzilsa ham soz atalur, soz, Boshdan tushganda ham toj, baribir, toj. Mustaqillik davridan oldin Amir Temur haqidagi asarlarda bu ulugʻ sarkardaning shaxsiyati va faoliyati boʻrttir
Доказательный фрагмент
«This article contains brief information about the life and works of the poet Muhammad Ali Akhmedov and the image of Timur and the Timurids in his works Key words: Amir Temur, Sahibqiron, Uluģ Sultanat, Sarbadors, Nove…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article contains brief information about the life and works of the poet Muhammad Ali Akhmedov and the image of Timur and the Timurids in his works Key words: Amir Temur, Sahibqiron, Uluģ Sultanat, Sarbadors, Nove… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Amir Temur, Sahibqiron, Uluģ Sultanat, Sarbadors, Novel, Epic, Jahangir, Ulugʻ saltanat, Ramon, epopiya, Umarshayx Mirzo, Shohruh Mirzo., Mironshoh Mirzo, Jahongir Mirzo, Sarbadorlar, Sohibqiron
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026