Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JURNALISTLARNING SUD JARAYONI BILAN BOG’LIQ KASBIY VA AXLOQIY MAJBURIYATLARI
AXLOQIY MAJBURIYATLARI · Xujaqulova Farangiz
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Sud-huquq jarayonlarini yoritish va to’g’ri material tayyorlashda jurnalistlarning kasbiy va axloqiy majburiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Har bir soha vakilining o’z kasbiy etikalari mavjud bo’lib, ularni to’g’ri qo’llay olish, ish ustuvorligi va samarasini oshiradi. Jurnalistning kasbiy va axloqiy majburiyatlari tegishli hujjatlarda keltirilgan. Bu majburiyatlarga amal qilmaslik, jurnalist saviyasi va tayyorlagan materiallarida ko’rinib qoladi. Kalit so‘zlar: “O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq qoidalari”, jurnalist majburiyatlari, sud-huquq jurnalistining kasbiy odobi. Sud-huquq yo‘nalishida faoliyat yuritadigan jurnalist axborot olishning kuzatuv, intervyu, suhbat, hujjatlar tahlili usullaridan foydalana olishi lozimligi ta’kidlandi. Jurnalist o‘z tekshiruvini olib borish davomida muharrir va kasbdoshlari bilan, shuningdek, ekspertlar bilan hamkorlik qilishi talab etiladi. U ochiq axborot olishni kafolatlovchi qonun me’yorlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi, yozayotganlari kimningdir sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, material chop etilgandan so‘ng o‘zi va tahririyat noqonuniy xatti-harakat qilganlikda ayblanishiga asos topilmasligi kerak. Jurnalistlarning sud jarayonidagi qonuniy faoliyati qonuniy jihatdan ta’minlangan bo‘lsa ham, mavjud protsessual sudlov tartibida ommaviy axborot vositalarining sud ishiga halaqit bermasligi belgilangan. Sudyalarning ishiga aralashish va sud jarayoniga ta’sir ko‘rsatish sud raisining ajrimi bilan jurnalistlarni sud zalidan chiqarib yuborishga asos bo‘lishi mumkin. Jurnalist sud jarayoni haqida o‘zi tekshiruv o‘tkazib, natijalarini OAVda e’lon qilish huquqiga ega. Lekin, aksariyat hollarda jurnalistning fikri sud hukmi yoki qaroridan farq qilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yuqori turuvchi sudlar quyi sudlarning hukm yoki hal qiluv qarorlarini tekshirish uchun ish materiallarini tegishli suddan talab qilib olib, o‘rganadi. Bunda asosiy e’tibor taraflarning sud majlisida aytgan gaplariga qaratilib, ular nima degani sud majlisi bayonnomasidan o‘rganiladi. Afsuski, sud bayonnomasi noxolis va biryoqlama yozilishiga oid misollar amaliyotda istagancha topiladi. Jurnalist esa 81 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference o‘z xulosasini sudda ishtirok etgan taraflar bilan suhbatga asoslanib yozadi. Shuning uchun, sud hujjati bilan jurnalist yozgan gaplar o‘rtasida katta tafovut kelib chiqadi. Ayrim sudyalar esa bu holatni “sudyalarning faoliyatiga aralashish, sudlarning obro‘sini to‘kishga harakat” sifatida baholashadi. Agarda sudlarda bayonnoma o‘sha jarayonni to‘laligicha ochib bersa, jurnalistlarning materiallari sud hujjatlaridan deyarli farqlanmaydi. Agar jurnalistlar ham material tayyorlashda ortiqcha ehtiros va bo‘rtirishdan foydalanmasa, kasbiy odob me’yorlariga amal qilsa, ikki tomon ham o‘zaro nizolarga bormaydi. Ba’zi sudyalarning o‘z ishini puxta bilmasligi sud jarayonida jurnalistlarning qatnashishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qilishi bilan ko‘rinib qoladi. Bu esa sudyalarning kasbiy etika qoidalariga rioya qilmayotganidan dalolat beradi. Bugungi kungacha har ikki kasb egalarining sudlov va jurnalistik faoliyatni yuritishi uchun kasbiy odob-axloq qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur qoidalarda ularning axloqiy harakati belgilab qo‘yilgan. “O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq qoidalari” Kodeksida jurnalistlarning ochiq sud majlislarida hozir bo‘lishi, sud jarayonini yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishi, material tayyorlashda fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati hisobga olinishi kerakligi alohida qayd etilgan. Lekin 2002 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston sudyalarining odob-axloq qoidalari”da sudlarning ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro munosabatlari, sudyalarning jurnalistlarga nisbatan munosabati haqida umuman so‘z yuritilmaydi. Bu esa sudyalarga jurnalistlar faoliyatini har qanday yo‘l bilan cheklashiga zamin yaratadi. Xalqaro tajribaga nazar tashlasak, deyarli barcha mamlakatlarda jurnalistlarning kasb odobi qoidalari qabul qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Gʻarb matbuotida “Kasb odobi qoidalari”ni qabul qilmagan birorta tahriryatni uchratish qiyin. Shunindek, faoliyat turiga ko‘ra uyuushgan OAVda ham tarmoqli axloq normalari qabul qilingan [1; b.135]. Shuni unutmaslik kerakki, sud miting yoki erkin majlis emas. Bu qonun bilan kafolatlangan va ayrim holatlardagina uni yopiq tartibda o‘tkazishga ruxsat beriladi. Odatda, josuslik, maxfiy hujjatlarni o‘rganish, zo‘rlash bilan bog‘liq mahkamalarda yoki ishni alohida muhokamasiga ajratib chiqarilgan holatlarda yopiq o‘tkaziladi. Qolgan barcha holatlarda sudlar ochiq tarzda o‘z ishini olib boradi. Shunday ekan, sud jarayoniga har kim, ayniqsa, jurnalist qatnashishi mumkin. Ammo jamoatchilikdan hech kim savol berib yoki luqma tashlab voqelikka munosabat bildirishi mumkin emas. Albatta, zaldagi odamlar qay yo‘l bilandir o‘z munosabatini bildiradi: shivirlash, keskin vaziyatlar muhokama qilinganda, hukm e’lon qil
Доказательный фрагмент
«Sud-huquq jarayonlarini yoritish va to’g’ri material tayyorlashda jurnalistlarning kasbiy va axloqiy majburiyatlari bilan tanishib chiqamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюSud-huquq jarayonlarini yoritish va to’g’ri material tayyorlashda jurnalistlarning kasbiy va axloqiy majburiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jurnalist majburiyatlari, “O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq qoidalari”, sud-huquq jurnalistining kasbiy odobi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026