К содержанию
РецензированоUZ2026

METALL KONSTRUKSIYALARNI KORROZIYADAN SAQLOVCHI MODIFIKATORLAR VA INGIBITOR OLISHNING USULLARI

Sapayeva S.G. · Sapayeva Surayyo G’afurjanovna - O’zbekiston · Urganch Davlat

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

O`zbekistondagi organik va noorganik xom ashyolar asosida korroziyaga qarshi import o`rnini bosuvchi korroziyani yuvuvchi va zanglashdan himoyalovchi vositalar olish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Korroziya modifikatorlari olishning optimal sharoitlari o’rganildi. Sintez qilib olingan optimal tarkibning kimyoviy tarkibi, xossalari, turli muhitlarda korroziya tezligiga ta`sir mexanizmi o’rganildi. Kalit so’zlar: korroziya, modifikator, urotropin, sulfat kislota, fosfat kislota, korroziya tezligi, metall, kislotali korroziya Mahalliy xom ashyolar asosida korroziyaga qarshi import o`rnini bosuvchi korroziya modifikatorlari va ingibitorlarini olishning samara usullarini izlash, ularning kimyoviy tarkibini, xossalarini o`rganish dolzarb masaladir. Noan’anaviy yangi turdagi xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida raqobatbardosh mahalliy resurslar asosida zangni oldini oluvchi vositalar olishning ilmiy - texnologik asoslarini yaratish va amaliyotga keng tadbiq qilish bugungi kunning vazifasidir. Shularni e`tiborga olgan holda maqolada mahalliy resurslar asosida korroziya ingibitorlari olish o`rganilgan. Korroziya jarayonlarini o`rganish va metallarni himoya qilish usullarini ishlab chiqish bugungi kunning ilmiy va texnik muammolari hisoblanadi. Ingibitorlardan foydalanish metallarni himoya qilishning keng tarqalgan usullardan biri bo`lib, u ish sharoitida agressiv muhit bilan ta`sirlashib metallar va qotishmalarning korroziya tezligini kamaytiradi. Korroziya jarayonlari natijasida metallarning yemirilishi kimyoviy va elektro kimyoviy mexanizmda sodir bo`ladi. Korroziyaga qarshi kurashish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Kurashning eng oqilona usuli – bu korroziyaga chidamli materiallardan jihoz va moslamalar ishlab chiqarishdir, ammo ular har doim ham turli sabablarga ko`ra qo`llanilmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqan holda, metallarning korroziya tezligini kamaytirishning eng maqbul yechimi bu ingibitorlardan foydalanish va ularni sintez qilib olishning samarali usullarini topishdir. Korroziya ingibitorlariga qo`yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular nafaqat yuqori himoya 39 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ta`sirga erishishga, balki ma`lum bir ishlab chiqarish sharoitida texnologik rejimni saqlab turishga va atrof muhitga zarar yetkazish imkoniyatini istisno qilishga imkon beradigan xususiyatlarga ega bo`lishi kerak. Shu munosabat bilan yangi va samarali korroziya ingibitorlarini izlash juda dolzarbdir. Bu ayniqsa yuqori korroziyaga ega bo`lgan agressiv suyuqliklarni ishlatish va ishlab chiqarish bilan bog`liq kimyoviy sanoat uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda kislotali muhitda metallarning korroziya tezligiga ta`sir ko`rsatadigan juda ko`p miqdordagi organik va noorganik moddalar o`rganilmoqda. Bularning ichida organik ingibitorlar afzalroq bo`lib keng tarqalgan, chunki ular metall yuzasida himoya plyonkalarini hosil qilish qobiliyatiga ega. Samarali organik ingibitorlar tarkibiga azot, oltingugurt va kislorod atomlari bo`lgan moddalar kiradi [1]. Adabiyot ma`lumotlariga ko`ra, kislotali korroziyaning ingibitorlari sifatida urotropin ishlatilgan. Boshqa ma`lumotlarda esa, geteroatom tutgan xalqali organik birikmalar sulfat kislotada samarali korroziya ingibitori sifatida ishlatilgan [2,3]. Kislotali muhitdagi metallarning korroziya tezligini pasaytirish uchun triazol va tetrazol qo`llanilgan [4]. Ayrim ma`lumotlarda metall qoplamalarni himoya qilish uchun imidazoldan foydalanish tavsiya etilgan [5]. TAJRIBA NATIJALARI Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishining asosiy vazifasi mahalliy resurslarlar va sanoat chiqindilari asosida eksportbob, raqobatbardosh, yuqori himoyaga ega kislotabardosh zangga qarshi ingibitor vositalar olishning optimal sharoitlarini aniqlash va korroziya ingibitorini olishda mahalliy xom-ashyo sifatida - urotropindan foydalaniladi. Ko`p komponentli tuzli muhitlarda metallarni himoyalashdagi ta`sir doirasini yanada kuchaytirish maqsadida ingibitorlar tarkibida fosfat kislota bo`lishi kerak. Fosfatli qoplamalar tayyorlashda fosfat kislotaning konsentratsiyasi yuqori bo`lmasligi lozim. Bunda fosfat kislota konsentratsiyasi 25 % dan oshmasligi zarur, aks holda metallarni yemirilishiga olib keladi. Fosfat kislota metal yuzasida fosfatli plyonka hosil qilib, zanglashdan himoyalaydi. Ingibitorlik xususiyatini amalga oshirish uchun mahalliy chiqindilardan sintez qilingan urotropindan foydalanildi. Ma`lumki urotropin aminlarning barcha xossalarini beradi va ko`plab tuzlar va turli tuman kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega. U asosan kislotali korroziyadan himoyalash xususiyatiga ega. 40 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ingibitor olish uchun hajmi 250 ml kolbaga 70 ml distillangan suv solinib harorat 45°C - 47°C gacha qizdirildi va magnitli aralashtirgichda aralashtirilib turilgan holda konsentratsiyasi 20 % bo`lgan

Доказательный фрагмент

«O`zbekistondagi organik va noorganik xom ashyolar asosida korroziyaga qarshi import o`rnini bosuvchi korroziyani yuvuvchi va zanglashdan himoyalovchi vositalar olish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

O`zbekistondagi organik va noorganik xom ashyolar asosida korroziyaga qarshi import o`rnini bosuvchi korroziyani yuvuvchi va zanglashdan himoyalovchi vositalar olish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metall, sulfat kislota, urotropin, modifikator, korroziya, fosfat kislota, kislotali korroziya, korroziya tezligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники