К содержанию
РецензированоUZ2026

KAKTUS (CACTOCEAE)LARNING BIOMORFOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Oybekova Ruxshona Ulug’bek qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu keng qamrovli maqola Kaktus(Cactoceae)larning biomorfologiyasi hamda ekologiyasi haqida yozilgan. Kalit so’zlar: Qumanjir, ”Tun malikasi”, opunsiya, bloomsfeldi, syeryeus, mamillyariya, epifillyum, ripsalis. Kaktus yoki Qumanjir-kaktusdoshlarga mansub ko’p yillik yo’g’on poyali ,manzarali o’simlik.”Kaktus”yunoncha “kaktos”so’zidan olingan. Qadimgi yunonlar tikonli o’simliklarning barchasini shunday atashgan. Kaktuslar yer yuzida ilk bor 30-35 million yil oldin paydo bo’lgan. Kaktuslar Shimoliy va Janubiy Amerika,Meksiya,G’arbiy Hindistondan kelib chiqqan bo’lib,ko’plab turlari Madakaskar ,Afrika va Shrilankadan topilgan. Kaktuslarning asl vatani- Meksika . Qadimda Indoneyslar kaktuslarni muqaddas o’simlik deb bilishgan. Kaktuslar Yevropaga ilk bor Kolumbning Amerikaga birinchi sahoyatidan so’ng dunyoning yangi mo’jizasi sifatida keltirilgan. Kolumb o’sha davrda Amerika qit’asida yashovchi yovvoyi odamlar kaktus bilan oziqlanishiga guvoh bo’lgan. Yovvoyi holda tropik va subtropik cho’llarda ,dengiz bo’ylarida hamda savannalarda o’sadi. Janubiy mintaqalarda manzarali o’simlik,shimoliy mintaqalarda esa xona o’simligi sifatida uchraydi. Kaktuslar quruq iqlimga yaxshi moslashgan. Ularning barglari tikan,tuk va qil kabi bo’lib,bargalarga o’xshab namlikni ko’p bug’lantirib yubormaydi.S huning uchun kaktuslar juda issiq paytlarda ham tanasida namlikni yaxshi saqlab ,sersuv bo’lib turadi. Ba’zi kaktuslarning tanasida 3 ming litrgacha suv saqlanadi. Kaktuslar sahrolardagi birdan –bir suv saqlovchi manba hisoblanadi. Ular ko’pincha sayyohlarning hayotini saqlab qoladi. Tikani esa kaktuslarni yirik hayvonlardan himoya qiladi. Kaktuslarning 85 ga yaqin ayrim manbalarga ko’ra 50-220 turkumi,2000 dan ortiq turi mavjud. Kaktuslarning tuzilishi ham turlicha bo’lib,ularning daraxtsimon , butasimon hamda lianasimon shakllari bor. Ba’zi bir kaktuslarning turlari shakli tipratikanga o’xshaydi,boshqa bir turdagi kaktuslar qovoqqa,yana boshqa turlari shamdonga o’xshaydi. Ularning ichida 1 cm li mittisi ham,25 metrli ulkanlari ham bor. Dunyodagi eng baland kaktuslarning bo’yi 24 metr keladi. Yoshi esa 150 yilga teng. Ma’lumotlarga ko’ra 101 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference bu kaktus hali ham o’sishda davom etmoqda. Dunyodagi eng kichik kaktuslar- bloomsfeldidir. Ularning kattaligi 3 cm dan oshmaydi. Kaktuslarning mittilari bir necha gramm kelsa,ulkanlari bir necha tonnagacha ham boradi. Kaliforniyada o’sadigan sereus kaktuslarining bo’yi 20 metrgacha yetadi. Bu kaktuslarning har bir bargida 2 tonnadan suv saqlangan bo’ladi. Kakturlarning tanasi namlik bilann to’liq to’yingan bo’ladi. Ba’zi turlari havo orqali namlikni to’plab,ildizlarini rivojlantiradi. Qavatidagi saqlangan namlik miqdori 96% ni tashkil etadi. Hattoki,qurg’oqchilikda ham namlik miqdori 60% dan past bo’lmaydi. Ko’pgina turlari chiroyli gullaydi. Gullashi ham turli vaqtlarda sodir bo’ladi,ayrim turlari tunda gullaydi,ayrimlari esa faqat kunduzi gullaydi. Gullarini asalarilar,kapalaklar va kolibrilar changlatadi. Kaktuslar erta bahordan kuzgacha ,ayrim turlari xattoki qishda ham gullaydi. Kaktus gullarining hidli va hidsiz turlari ham bor. Kaktuslar turli xil shakllarda va ranglarda o’sadi. Kaktuslarning oq ,qizil,sariq,pushti,binafsharang hamda qizg’ish ranglari mavjud.Kaktuslarning gullari ham turlicha. Gullarining kattaligi bir necha mm dan 40 cm gacha bo’ladi.”Tun malikasi”deb nomlanuvchi kaktusning eng noyob bu turida gul barglarining har biri 14 cm gacha bo’ladi. Poyasining ranglari och yoki to’q yashil,kulrang,sarg’ish,kulrang –yashil,jigarrang,o’tsimon yashil,xattoki qizil poyali kaktuslar ham uchraydi. 1-rasm.”Tun malikasi” Kaktuslar bir necha guruhlarga bo’linadi. 102 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Opunsiyalar-dumaloq yoki ovalsimon yassi,bir-biriga birikib o’sgan tanadan iborat sersuv kaktus. Syeryeuslar-tanasi yo’g’on ,ustunsimon va etdor kaktus. Mamillyariyalar-so’rg’ichsimon bo’ib ular chiroyli gullaydi. Epifillyumlar-poyasi tasmasimon yassi,yirik tishsimon. Ripsalislar-juda sershox,xivchinsimon yoki bargsimon ko’rinishdagi buta. Meksikaliklar kaktus mevasidan marmelad tayyorlaydilar. Meksika shakarlari tarkibidagi ma’lum turdagi kaktuslarning bo’laklari mashhur delikates hisoblanadi. Ba’zi kaktuslar poyasini iste’mol ham qilishadi. Kaktus mevasi,poyasi va eti ovqatga ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan sharbatlar foydali bo’lib ,meksikaliklar uchun mazali ichimlik hisoblanadi. Tikanini tozalab chorva mollarga ozuqa yem uchun beriladigan kaktus turlari ham bor. Meksika fermerlari o’z qoramollarini kaktus-opunsiya deb nomlangan alohida kaktus bilan oziqlantiradi,chunki bu sut mahsuldorligini oshirishga yordam beradi. Kaktuslarning bu turi tarkibida boshqalarinikiga nisbatan suv miqdori ancha ko’p. Shu sababli ham ulardan ichimliklar,sovunlar tayyorlanadi. Kaktuslardan hom ashyo sifatida keng qo’llaniladi. Ulkan kaktus

Доказательный фрагмент

«Ushbu keng qamrovli maqola Kaktus(Cactoceae)larning biomorfologiyasi hamda ekologiyasi haqida yozilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu keng qamrovli maqola Kaktus(Cactoceae)larning biomorfologiyasi hamda ekologiyasi haqida yozilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ripsalis., ”Tun malikasi”, Qumanjir, opunsiya, epifillyum, syeryeus, mamillyariya, bloomsfeldi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники