К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATNI OSHIRISHDA JOYLASHTIRUV VOSITALARINING ROLI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Худайбердиева Наргиза Низомиддин кизи (in-academy.uz/index.php/si) · Khudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin qizi (Наманганского государственного университета,) · PhD. Tel:+ (Senior Teacher of Namangan State University)

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of the service sector in the economy, the economic, social and ecological functions of services, the need for effective innovation in service enterprises. Also, measures aimed at the development of the service sector in our country and their effectiveness were highlighted. 113 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Key words: Service industry, service competitiveness, innovation process, service quality. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion jarayon xaridor extiyojlarini va innovatsiya imkoniyatlarini aniqlash, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, innovatsion axborot va ko‘nikmalar bilan ishlash, innovatsiyani realizatsiya qilish va muvaffaqiyati to‘g‘risida ma’lumot berishni o‘z ichiga oladi. Demak, aynan shu jarayonlarni samarali boshqarishni tashkil etish ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi uchun muhim hisoblanadi. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xizmatlar iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ayrim xizmatlarning roli ishlab chiqarish, taqsimot jarayonlari, ayirboshlash va takror ishlab chiqarish tizimini uzilishlarsiz ta’minlovchi moddiy ishlab chiqarish mahsulotlarini iste’mol qilish sohalari bilan bog‘liqdir. Boshqa xizmatlar esa ishchi kuchining rivojlanishini ta’minlash, ta’lim va madaniy-texnologik darajani oshirish, sog‘likni mustahkamlash va mehnat qobiliyatini rivojlantirish, hordiq chiqarishni ta’minlash bilan bog‘liq. Xizmat ko‘rsatish sohasi yalpi talabni oshishiga xizmat qiladi, shunday xizmatlar borki, ular aholi iste’mol savatchasiga kiritilgan, masalan, tibbiy xizmatlar, transport xizmatlari va kommunal xizmatlar. Ushbu xizmatlarni iste’mol qilish, ayniqsa inqiroz davomida, yalpi talabni oshishiga olib keladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi qishloq xo‘jaligi va sanoatga nisbatan ko‘proq investitsion jozibadorlikka ega,chunki xizmat ko‘rsatish sohasida biznesni boshlash uchun katta kapital talab qilinmaydi hamda iqtisodiy risk nisbatan kam. Bundan tashqari, xizmatlar sohasining rivoji yashirin iqtisodiyotning ulushi kamayishiga sabab bo‘ladi, chunki xizmatlar sanoati rivojlanishi raqamli tehnologiyalardan foydalanishni ommalashtiradi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida terminallar, naqt pulni ro‘yhatdan o‘tkazish tehnologiyalari ishlatiladi va pul aylanishining qonuniyligi oshadi. Shu sababdan, raqamli tehnologiyalar yashirin iqtisodiyotni kamaytirishda va xatto iqtisodiyotda uning yo‘qolishidamuhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish sohasi aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishda, ishsizlikni bartaraf etishda ham muhim rolo‘ynaydi. Aynan ta’lim xizmatlari tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarga kadr tayyorlash orqali ham aholini ish bilan ta’minlanish jarayonini yengillashtiradi. Ushbu soha bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar xarajatlarini qisqartirish orqali ishlash sharoitlarini yengillashtiradi, samaradorlikni oshiradi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyot va davlat xavfsizligini ta’minlaydi. Bu vazifani aynan raqamli xavfsizlik xizmatlari bajaradi hamda ular tahdidlarni bartaraf qiladi. Xizmatlar sohasi atrof muhitni himoya qilishda ham muhim ro‘l o‘ynaydi, bu atrof-muhit xizmatlarini ko‘rsatilishi orqali, jamiyatda atrof-muhitni asrab-avaylashga qaratilgan turli tadbirlar orqali, tabiyatga yetkaziladigan zararni kamaytirishga mo‘ljallangan tehnologiyalarni tanishtirilishi orqali hamda xizmat ko‘rsatish sohasi yordamida tabiiy resurslardan besamara foydalanishni bartaraf etish va ularni qayta joylashtirishni ta’minlash orqali amalga oshadi. Rivojlangan davlatlarda aholi turmush darajasining yuqoriligi, ishlash sharoitlarining qulayligi, ta’lim va meditsina xizmatlarining sifatliligi xizmat ko‘rsatish sohasining rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, bu sohadagi ilmiy izlanishlarning ijobiy natijalarini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish modellari amaliyotga tadbiq 114 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qilingani ko‘plab davlatlarning YaIMida soha ulushining oshishiga sabab bo‘lgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmatlar sohasining o‘rni kundan kunga oshib borayotgan bir vaqtda soha rivojining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri yaratilayotgan xizmatning raqobatbardoshligi bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri har bir xizmat ko‘rsatish korxonasidagi innovatsion faoliyat darajasiga bog‘liq. Oxirgi yillarda ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va boshqarish borasidagi xarakatlarni ulardagi marketing faoliyatini kengayishi, iste’molchilar xoxishlarini o‘rganish, ishchilarni innovatsion loyihalar ishlab chiqishga jalb etish, eng so‘nggi fan texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish harakatlarida ko‘rish mumkin.Ammo hizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni tashkil etish va samarali boshqaris

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of the service sector in the economy, the economic, social and ecological functions of services, the need for effective innovation in service enterprises.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of the service sector in the economy, the economic, social and ecological functions of services, the need for effective innovation in service enterprises. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Service industry, service competitiveness, innovation process, service, turistik salohiyat, Turizm tarmog‘i, mehmonxona., yashash va ovqatlantirish xizmatlari, joylashtirish vositalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники