Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUALLIFLIK KORPUSI TARKIBIDA ERKIN VOHIDOV ASARLARINING LINGVISTIK KORPUSINI YARATISH TAMOYILLARI
Abdurahmanova Muqaddas Tursunaliyevna · Arislanova Muxlisa Zakir qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Maqola o‘zbek tili milliy korpusi tarkibida mualliflik korpusini yaratish zaruratiga bag‘ishlangan. Tadqiqotchi mualliflik korpusining o‘zbek tilini tadqiq etish va ta’lim jarayonidagi afzalliklarini ko‘rsatib bergan va uni yaratish masalasi dolzarb degan xulosaga keladi. Kalit so‘zlar: Korpus lingvistikasi, teg, illyustrativ maqsad, reprezentativlik, konversiya va grafik tahlil. Hozirga qadar turkiy tillarning bir qanchasi o‘zining milliy til korpusiga ega. Mualliflik korpusi milliy til korpusi tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Mualliflik korpusi va mualliflik leksikografiyasi – chambarchas bog‘liq hodisa: birining taraqqiyotini ikkinchisining rivojisiz ko‘rib bo‘lmaydi. Mualliflik leksikografiyasi yo‘nalishida ancha ishlar qilingan bo‘lsa ham, mualliflik korpusi taraqqiyoti turg‘un holatda. Mukammal tuzilgan, chuqur teglangan mualliflik korpusi leksikologiya, leksikografiya, til tarixi, dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika sohalari rivojiga hissa qo‘shadi, bu yo‘nalishlardagi tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, mualliflik korpusi yordamida ma’lum yozuvchi/shoir tili konkordansini tuzish, ma’lumotlar bazasini yaratish ham mumkin. 1 Teg, uning tur, xususiyati korpus lingvistikasi mutaxassislari tomonidan keng tavsiflangan. Korpusni oddiy elektron to‘plam yoki virtual kutubxonadan farqlovchi, matn ustida turli lingvistik amallarni bajarishga imkon beruvchi eng asosiy omil – uning razmetkasi. O‘tgan asrning 80-yillarida SGML (Standard Generalized Markup Language) nomi ostidagi elektron matnlar razmetkasi standarti qabul qilingan edi. Bu standart dastlab tipografiya sanoati uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, tez orada boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. SGMLning mohiyati turli matn muharrirlarida terilgan hujjatni tahrirlash, tahlil qilish, o‘zgartirishdan iborat. 142 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Korpus tilshunosligi kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda lingvistik ma'lumotlar korpuslarini qurish va ulardan foydalanishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Matn tanlash. Mualliflik korpusi tuzishda ikki manbaga asoslanish mumkin: 1.Har bir muallifning nashr etilgan mukammal asarlari to‘plami. 2.Internet tarmog‘idagi elektron fayllar. Birinchi manbani elektron shakga aylantirish (skanerlash, matnni sun’iy intellekt tushunadigan formatga keltirish) orqali material sifatida ishlatsak, ikkinchi manbadan nisbatan tayyor holda foydalanishimiz mumkin.2 Erkin Vohidov she’riyatining lingvistik korpusini yaratishda shoirning Saylanma kitobi 1-jildini obyekt sifatida tanlab oldik. Korpus yaratish jarayonida mazkur kitob matnlari elektron shaklga keltiriladi. To‘plangan matn ma’lum tizimga solinadi. Reprezentativlik. Bunda zaruriy hajm, miqdor, janr, uslub, muallifga tegishli matnlar kesishmasining to`g`ri tanlanishi nazarda tutiladi. Biz yaratmoqchi bo‘lgan mualliflik korpusiga Erkin Vohidovning faqat she’riy asarlari tanlab olinadi. Erkin Vohidov asarlarida “Inson” so‘zining qo‘llanilishiga konkordans namunasida misollar (AntCont dasturidan foydalanilgan holda). 143 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference
Доказательный фрагмент
«Maqola o‘zbek tili milliy korpusi tarkibida mualliflik korpusini yaratish zaruratiga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola o‘zbek tili milliy korpusi tarkibida mualliflik korpusini yaratish zaruratiga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reprezentativlik, konversiya va grafik tahlil., illyustrativ maqsad, Korpus lingvistikasi, teg
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025