К содержанию
РецензированоUZ2026

FITOREMEDIATSIYA: ATROF-MUHITNI TOZALASHNING TABIIY USULI.

Tadjibayeva Lolaxon Akbarali qizi · Anvarova Mohlaroy Yusufjon qizi · A’zamova Rahnamoxon Shavkatjon qizi · Valijonov Ubaydullo Shukurullo o‘g'li

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Fitoremediatsiya o‘simliklardan foydalanib, atrof-muhitni ifloslanishdan tozalash usuli bo‘lib, ushbu texnologiyadan tuproq, suv va havoni zararli kimyoviy moddalar, metallar yoki boshqa ifloslantiruvchi moddalardan tozalashda tabiiy va ekologik xavfsiz yechim sifatida foydalaniladi. Buning uchun og‘ir metallarni yuqori akkumulyatsiya qilish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarni atroflicha o‘rganish, ulardan keng miqyosda foydalanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Kalit so‘zla: fitoremediatsiya, og'ir metallar, fitobiotexnologiya, giperakkumulyatorlar, fitosorbtsiya, akkumulyatsiya, elementlar, nanomateriallar, mikroorganizmlar, atrof-muhit. Fitoremediatsiya-bu ifloslangan ekotizimlarni o‘simliklar bilan tozalash usuli bo‘lib, u o‘simliklar tomonidan ifloslantiruvchi moddalarni yutish, qayta ishlash va yo‘q qilishning tabiiy jarayonlariga asoslangan. Ushbu usuldan tuproq, suv va havoni zaharli elementlar va kimyoviy birikmalardan tozalash uchun foydalaniladi. So‘nggi o‘n yilliklarda fitoremediatsiya an'anaviy tozalash usullariga ekologik toza va tejamkor alternativa sifatida katta e'tiborga sazovor bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalishda dunyo miqyosda ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, Kataniya universiteti tadqiqotchisi Irena R. Rizzo tuproqdagi og'ir metallarni va ularning o‘simliklar uchun biologik mavjudligini o‘rgangan. Uning ishi fitoremediatsiya uchun o‘simliklarni tanlash va usullarning samaradorligini oshirish uchun tuproqni boshqarish bilan bog'liq. Norman C. Tyornerning tadqiqotlari o‘simliklarga zaharli birikmalarni ajratib olish va qayta ishlashga imkon beradigan biokimyoviy mexanizmlarga qaratilgan bo‘lsa, Jan-Luis Morel kontaminatsiyalangan hududlarni tiklash bo‘yicha izlanishlar olib borgan. U fitoremediatsiya jarayonlarini yaxshilash uchun o‘simliklar va tuproq mikroorganizmlari o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirni o‘rgangan. Xinfang Vang og'ir 166 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ifloslangan hududlar uchun fitoremediatsiya usullarini ishlab chiqishga erishgan. Uning tadqiqotlari genetik jihatdan o‘zgartirilgan o‘simliklar va nanomateriallardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Robert Bruks esa o‘simliklar giperakkumulyatsiyasi yo‘nalishining asoschilaridan biri bo‘lib, uning ishi nikel va kadmiy kabi og'ir metallarning giperakkumulyatorlarini aniqlashga qaratilgan. Rossiyalik olimlardan Igor Yakovlev, Olga Solovyova, Tatyana Krasnova, Sergey Afanasyev tadqiqotlarini, xalqaro FITOREM loyihasini ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarga misol keltirish mumkin. Fitoremediatsiya printsipi ba'zi o‘simliklarning ifloslantiruvchi moddalarni singdirish, qayta ishlash yoki ushlab turish qobiliyatiga asoslanadi. Ushbu jarayon bir nechta mexanizmlarni o‘z ichiga olishi mumkin, jumladan: 1. Giperakkumulyatsiya orqali fitoremediatsiya. Ba'zi o‘simliklar o‘z to‘qimalarida kadmiy, qo‘rg'oshin, mis, rux kabi toksik metallarning yuqori konsentratsiyasini to‘plashga qodir. Bu o‘simliklar giperakkumulyatorlar deb ataladi va ular ifloslangan tuproqlarni tozalash uchun ishlatilishi mumkin [2]. 2. Fitodegradatsiya orqali fitoremediatsiya. Bu jarayonda o‘simliklar yoki ularning mikroflorasi pestitsidlar, erituvchilar yoki uglevodorodlar kabi organik ifloslantiruvchi moddalarni parchalashga qodir. Ushbu moddalar kamroq toksik birikmalarga aylanishi mumkin. 3. Fitostabilizatsiya. Bu o‘simliklar ifloslantiruvchi moddani tozalamaydigan, faqat uni tuproqda yoki sirtda ushlab turadigan, uning keyingi tarqalishini oldini oladigan jarayon. Shunday qilib, o‘simliklar ifloslangan joylarni barqarorlashtirishi va ularning atrof-muhitga tarqalishini oldini olishi mumkin. 4. Fitofiltratsiya. Ushbu usul suvni ifloslantiruvchi moddalardan tozalash uchun o‘simlik ildizlaridan foydalanishga asoslangan. O‘simlik ildizlari turli xil kimyoviy elementlar va birikmalarni o‘zlashtira oladi, ular orqali o‘tadigan suvni tozalaydi. 5. Fitosorbtsiya. O‘simliklar og'ir metallarni va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni o‘z yuzasida ushlab turishi mumkin, bu esa ularning tuproqqa tarqalishi va cho‘kishini oldini oladi. Fitoremediatsiyaning afzalliklari: 1. Ekologik toza. Fitoremediatsiya tabiiy, ekologik toza jarayon bo‘lib, kimyoviy reagentlar yoki murakkab texnologiyalarni qo‘llashni talab qilmaydi. Bu usulni atrof-muhit uchun xavfsizroq qiladi. 167 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 2. Samaradorlik. Fitoremediatsiya kimyoviy yoki mexanik tozalash kabi an'anaviy tozalash usullariga qaraganda arzonroq bo‘lishi mumkin, chunki u kamroq uskunalar va mehnat xarajatlarini talab qiladi. 3. Ko‘p funktsionallik. Fitoremediatsiyada ishlatiladigan o‘simliklar har xil turdagi ifloslantiruvchi moddalarni (metallar, organik birikmalar, pestitsidlar va boshqalar) tozalashi mumkin, bu usulni har xil turdagi ifloslantiruvchi moddalar uchun ko‘p qirrali qiladi. 4. Barqarorlik. Fitoremediatsiya tuproq va suv havzalarini yaxshilash orqali ekotizimlarni tiklash

Доказательный фрагмент

«Fitoremediatsiya o‘simliklardan foydalanib, atrof-muhitni ifloslanishdan tozalash usuli bo‘lib, ushbu texnologiyadan tuproq, suv va havoni zararli kimyoviy moddalar, metallar yoki boshqa ifloslantiruvchi moddalardan t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Fitoremediatsiya o‘simliklardan foydalanib, atrof-muhitni ifloslanishdan tozalash usuli bo‘lib, ushbu texnologiyadan tuproq, suv va havoni zararli kimyoviy moddalar, metallar yoki boshqa ifloslantiruvchi moddalardan t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fitosorbtsiya, fitobiotexnologiya, mikroorganizmlar, elementlar, fitoremediatsiya, og'ir metallar, nanomateriallar, giperakkumulyatorlar, atrof-muhit., akkumulyatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники