Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK TILI MULOQOTIDA PRAGMATIC BAHONING O’RNI
Azamat Mehmonaliyevich Toshpo‘latov
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье рассмотрена актуальная задача сегоднешного преподавания родного языка – формирование компетентности при использовании теоретических знаний по языку в практике. Анализированы значительные концепции видных представителей узбекского и мирового языкознания и философии. Ключевые слова: родной язык, преподавание родного языка, прагматика, компетентность общения, социально-экономическая продуктивность Annotation: in the article the following things are discussed, such as, the actual task of education of the mother language at present time — forming skill of practical using of the theoretical knowledge concerning the language. Key words: mother language, the education of mother language, pragmatics, communication skill, social-economic fruitfulness Ona tili ta’limi mazmuniga qo‘yiladigan talablarni o‘zgartirish zaruriyati o‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida yuzaga kelgan yirik ijtimoiy o‘zgarishlar davriga kelib pishib yetildi. O‘zbek xalqi tarixida butunlay yangi bosqichni boshlab bergan Mustaqillik g‘oyasining ilk amaliy ko‘rinishlaridan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bo‘lganligi bejiz emas, albatta. Ona tili indvidning shaxs bo‘lib shakllanishidagi eng yetakchi omillardan ekanligini barcha mutafakkirlar ta’kidlab kelganlar. Tildan foydalanish imkoniyati faqat insonga berilgan ne’matdir. Undan foydalana bilish insonni boshqa mavjudotlardan farqlovchi eng asosiy xususiyatdir (Insonni so‘z ayladi judo hayvondin. A.Navoiy). Tilning barcha uchun ochiqligi (foydalanish imkoniyati barcha uchun tengligi) aslo undan foydalanishda ham barcha tengligini bildirmaydi. Ona tilidan foydalanishdagi bu o‘ziga xoslik ham 17 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference mutafakkirlar diqqatini tortib kelgan. Tilda barcha ma’lumotlar shakllantiriladi va saqlanadi (bu jihat esa asrlar mobaynida til va tafakkur munosabatiga doir falsafiy mubohasalar uchun asos berib keladi). Nasroniy dinining muqaddas kitobida “Avvalda so‘z bo‘lgan edi” deb yozilgan bo‘lsa, yozma turkiy adabiyotning ilk namoyandasi Yusuf Xos Xojib shunday deydi: Yashil ko‘kdan indi bu bo‘z yerga so‘z, So‘z bilan insonda yorug‘ bo‘ldi ko‘z. [1, 14] So‘zning ilohiyligi borasidagi diniy qarashlar so‘z mazmunining ko‘p qirraliligi, imkoniyatlarining kengligi va tavsiflash mushkulligi borasidagi dunyoviy qarashlar bilan mutanosibdir. Ona tili shunday ajoyib xususiyatga egaki, undan barcha til tashuvchilari foydalana oladi, biroq eng yetuk tilshunoslar ham uni bekamu ko‘st tavsiflab bera olmaydi. Ta’lim mazmuniga ilk qarashlar shakllantirilayotgan davrlardanoq ona tili ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’limda xususiyliklargagina asoslanish yaxshi natija bermasligi aniq. Gegelь bu xil ta’lim bolani hamma narsaga pisandsizlik bilan qarashga o‘rgatadi.[2, 93] deb ta’kidlaydi. SHuning uchun ta’limni bola ongi qabul qilishi mumkin bo‘lgan mavhumotlarga asoslash to‘g‘ri bo‘ladi. Bola ongiga eng yaqin mavhumot, albatta, tildir. “Til uni bilish bola ruhini xususiyliklar va yakkaliklardan umumiylikka tomon, ongga tomon ko‘tarib boradigan o‘sha havo yangliq hissiy-nohissiy hilqatdir”[2, 93] Ona tilini insoniyat tarixining o‘ziga xos fenomeni sifatida tavsif etish til falsafasining yangi gumbolьdchilik yo‘nalishining o‘zagidir. Nemis tilshunos faylasufi Vaysgerber ikki jahon urushi oralig‘ida aynan ona tili fenomenining lisoniy va falsafiy tadqiqotlar uchun asosiy tadqiq predmeti bo‘lib qolishi sabablari borasida fikr yuritar ekan, aynan til xalq yaratuvchi kuch(narodosozidayushaya sila – volksbildende Kraft)dir degan xulosaga keladi. [3, 105] Millatning asosiy tasniflovchi belgisi ona tilisi ekanligi shak-shubhasiz. Xususan, o‘zbek xalqi misolida ko‘rsak. O‘zbeklar turlicha antropologik belgilarga ega. Bosh chanog‘ining tuzilishi, gavda o‘lchamlari va qurilishi, soch hamda ko‘z rangiga ko‘ra turli-tuman millat vakillarini uchratishimiz mumkin. Ammo o‘zbeklarning barchasi o‘zbek tilida gapiradi. Sochi malla va ko‘zi ko‘k bo‘la turib o‘zbek tilini asosiy muloqot tili deb bilsa, o‘zbek tilida fikrlasa, u ana shu millatning vakili deb sanalishga, qora soch, qora ko‘z, biroq o‘zbek tilida fikr yurita olmaydigan insondan ko‘ra ko‘proq haqlidir. Ona tili inson ongida olamning lisoniy manzarasi yaratilishi uchun material bo‘ladi. Ushbu manzara qaysi tilda yaratilganligi mentalital xususiyatlar shakllanishiga qat’iy ta’sir ko‘rsatadi. “Til xususiyliklari kundalik nutq faoliyatida doim bizga kerakli 18 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference hamroh. Ular ortida turgan umumiylikni tekshirish, topish uchun bizga na maxsus qurol, asbob-uskuna, na alohida sharoit zarur. SHu bilan birga biz qo‘lga kiritgan natijalar qurilishi olam qurilishi, inson hayoti asosini tashkil etuvchi boshqa umumiyliklar tahlilida qo‘l kelaveradi. CHunki dunyo o‘xshash tarxlar, umumiy tektologik qonuniyatlar asosiga qurilgan: Sonie’kim chekti chun sun’i
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассмотрена актуальная задача сегоднешного преподавания родного языка – формирование компетентности при использовании теоретических знаний по языку в практике.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассмотрена актуальная задача сегоднешного преподавания родного языка – формирование компетентности при использовании теоретических знаний по языку в практике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mother language, the education of mother language, muloqot malakasi, pragmatika, ona tili ta’limi, ona tili, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураА. Н. Соловьев1970