Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
IQTISODIYOT TARMOQLARIGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · QILISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI · Xolmuratov Oybek Tursunmuratovich
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2019
Аннотация
Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning o‘rni va iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni YaIMdagi ulushi dinamikasi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Investitsiya, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar, kredit, modernizatsiya, moliya bozori. Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻziga xos yoʻnalishini belgilab olishda investitsiyalarning oʻrnini beqiyosligi investitsiyaning barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan holda oʻrganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Investitsiyani mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan muammolari aniqlashdi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish, shu orqali investitsiyani iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini va mohiyatini har tomonlama oʻrganishda olimlar fikrini tadqiq etish ushbu mavzuni oʻrganishni muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Chunki investitsiyalarning iqtisodiy mazmun va mohiyati toʻgʻrisida iqtisodchi olimlar oʻrtasida xilma-xil fikrlarni mavjudligi ularni yagona tizimga keltirish iqtisodchi olimlar oʻrtasida katta ilmiy qiziqish uygʻotmoqda. Investitsiya, investitsiya muhiti va shu kabilarni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur tadqiq va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Shu oʻrinda aytib oʻtish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunda investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiyalar investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”1 deb ta’rif berilgan boʻlib, ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: 1 https://lex.uz/doks/4664142 36 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference - mablagʻlarni, shu jumladan pul mablagʻlarini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni, koʻchar va koʻchmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni); - intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni. Globallashuvning yanada kengayishi bilanoq, koʻpgina korxonalar oʻz faoliyatini tobora rivojlantirishga harakat qilishadi. Chunki, boshqa mamlakatda yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish arzonroq ishlab chiqarish va mehnat xarajatlari imkoniyatlari berishi bilan jozibaliroqdek tuyuladi. Bundan tashqari, bu yirik korporatsiyalar koʻpincha eng kam soliq toʻlaydigan mamlakatlar bilan biznes yuritishga intilishadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy rivojlanish siyosatining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilish vakolatiga ega boʻlgan milliy investitsiyalarni ragʻbatlantirish agentliklari tashkil etilgan. U asosiy amalga oshirish masalalarini bayon qiladi va mintaqa boʻylab agentliklar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va uning samaradorligini yanada oshirish uchun amaliy qoʻllanmasi boʻlib xizmat qiladi. Investitsiyalarni jalb qilish strategiyasining maqsadi puxta oʻylangan taktikani amalga oshirish orqali erishish mumkin boʻlgan aniq maqsadlar toʻplamiga asoslanganholda biznes investitsiyalarini jalb qilishning strategik rejasini ishlab chiqishdan iborat. Ma’lumki, investitsion muhit yaratilishi lozim boʻlgan hududda xorijlik investorlar ushbu hudud statistikasi va yashash sharoitlari va darajalarini chuqur tahlil qilib koʻrishadi. Ushbu tahlil potensial xorijiy investorlarni aniqlab berishda va oʻz mablagʻarini yoʻnaltirishda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Strategik korxonalar, jumladan, tabiiy resurslar va kommunal sohadagi eksportga yoʻnaltirilgan muhim korxonalar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar uchun asosiy nomzodlardir, biroq bu tarmoqlar Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya maqsadlari sifatida sezilarli darajada cheklab qoʻyilgan. Butun Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun oʻtgan yillarda xususiylashtirish natijasida 37 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference kelib chiqqan toʻgʻridan-oʻgʻri investitsiyalar umumiy toʻgʻrida
Доказательный фрагмент
«Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moliya bozori., aksiyalarni, kredit, veksellar, obligatsiyalarni, modernizatsiya, Investitsiya
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021