Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
TILSHUNOSLIKDA LUG‘ATCHILIK AHAMIYATI VA RIVOJLANISH TARAQQIYOTI
MANAGEMENT AND ECONOMY · M.R. Hamroyeva · S.O. Xamidova
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada so‘z ma’nolarini o‘rganish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatida ona tilimizning boy imkonyatlaridan foydalanib, ularni teran axloqli va tilimizdagi so‘zlardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish masalalarining ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: leksikologiya, leksika, harf, texnologiya, millat, til, texnika, savodxonlik, o‘qish, tarbiya, ta’lim. Globallashuv davrida ona tili va o‘qish ta’limida lug‘atlarni o‘quvchilar e’tiboriga tushunarli va sodda tilda yetkazish dolzarblik kasb etmoqda. Badiiy asarni tahlil qilish metodikasi o‘z navbatida, lug‘atchilikka tayanib, o‘z tadqiq predmetini aniqlaydi, kategoriyalar tizimini belgilaydi hamda badiiy asar tahlili amalga oshiriladi. So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir. Leksikologiya lug‘at tarkibidagi so‘zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati qo‘llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko‘chish hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. O‘zbek lug‘atchiligi hozirgi o‘zining mukammal ko‘rinishiga yetgunga qadar bir qator davrlarni bosib o‘tgan, xususan, o‘zbek tiliga oid dastlabki mukammal lug‘at bu Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk”, ya`ni “Turkiy so‘zlar lug‘ati”dir. Ushbu lug‘at o‘z tarkibida uyg‘ur, qipchoq, qarluq, o‘g‘uz xalqlariga oid ko‘plab so‘zliklarni jamlagan bo‘lib, bu asar ustida muallif ancha mehnat qilgani kitob orqali ko‘rinib turibdi. Ushbu asarida “bag‘na” – narvon , “tartin” – oziq-ovqatni g‘amlash, “tegrak” – tevarak-atrof va shu kabi qator so‘zlarning lug‘atini tuzgan Koshg‘ariy nafaqat lug‘atchilik sohasiga, balki so‘zlar etimologiyasi, gastronomiya, tarix va shu kabi fanlar sohasiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘sha oldi. Bundan tashqari, Mahmud Zamaxshariyning arabcha so‘zlar bilan turkiy va forsiy so‘zlarning tarjimalari 159 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference berilgan “Muqaddimat ul-adab” asari, Abu Hayyonning “Kitob ul-idrok li-lison ul- atrok” kitobi, Alisher Navoiyning lug‘atshunoslikka bag‘ishlangan “Sab’atu ahbur” kabi asarlari o‘zbek lug‘atshunosligi taraqqiyotidagi muhim poydevorlardir. Bir qancha davrlarni bosib o‘tgan o‘zbek lug‘atchiligi mustaqillik davriga kelib, o‘zining yuksak cho‘qqisiga erishdi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Lug‘at tuzuvchi mutaxassislar – leksikograflar tomonidan qator lug‘atlar ishlab chiqildi, bundan tashqari, lug‘at tuzish tamoyillari, lug‘at tuzish metodikasi, leksikografik ishlarning ham ma`lum tartibga solinishi ham lug‘atshunosligimizning ulkan yutuqlaridan hisoblanadi. Xususan, lug‘atshunoslik nazariyasiga ko‘ra, lug‘atlarning ikki yirik guruhlarga bo‘linishi – ensiklopedik(qomusiy) va filologik – barchamizga birdek ma`lum. Ushbu ikki lug‘at bir-biridan ma`lum jihatlariga ko‘ra farqlanadi. Mustaqillik yillarida yaratilgan qomusiy lug‘atlarga “O‘zbekiston qomusi”, “Adabiyot qomusi”, “Pedagogik qomus”, “Texnik qomus” va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Endi filologik lug‘atlar tasnifiga to‘xtalsak. Filologik lug‘atlar bugungi kun tilshunos va adabiyotshunoslari uchun suv va havodek zarur o‘quv kulliyasidir, sababi, har bir filolog o‘qish jarayonida lug‘atdan foydalanishga muhtoj. Mustaqillik davrida yaratilgan filologik lug‘atlar doirasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular o‘zining ma`lum mavzuni qamrab olishi hamda yildan yilga yangilanib borishi bilan ham ahamiyatlidir. Filologik lug‘atlar alifbo asosida tartiblanadi hamda izoh talab qilayotgan so‘z sarlavha kabi keltiriladi. Filologik lug‘atlar mavzuviy ko‘lamiga ko‘ra, asosan, ikki turga bo‘linadi, ya’ni umumiy va maxsus filologik lug‘atlar. Umumiy filologik lug‘atlar so‘zlovchilar tomonidan qo‘llaniladigan hamma so‘zlarning izohini keltirishi bilan maxsus filologik lug‘atlardan tubdan farq qiladi. Mustaqillik yillarida yaratilgan ushbu lug‘atlar istiqlol yillariga qadar yaratilgan lug‘atlardan bir qadar ozuqa olgan bo‘lib, davr talabiga ko‘ra yangi so‘zlar bilan ham boyitilgan. Shuni aytish joizki, yuqoridagi lug‘atlar maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘lib barchamiz uchun birdek zarur va foydali hamdir. Lug‘at ishining mavjud shakllari va usullari xilma-xil bo‘lib, ularni tanlash muayyan shartlar bilan belgilanadi; materialning tabiati, sinfning tayyorgarlik darajasi, lug‘atlar va ma'lumotnomalar mavjudligi. So‘zlarning lug‘aviy ma'nosini ochish uchun, masalan, so‘zni sinonim bilan almashtirish, so‘zlarni tavsiflovchi ibora bilan almashtirish, so‘zni kompozitsiyaga ko‘ra tahlil qilish kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 160 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Foydalanilgan ada
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada so‘z ma’nolarini o‘rganish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatida ona tilimizning boy imkonyatlaridan foydalanib, ularni teran axloqli va tilimizdagi so‘zlardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish masalalarini…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada so‘z ma’nolarini o‘rganish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatida ona tilimizning boy imkonyatlaridan foydalanib, ularni teran axloqli va tilimizdagi so‘zlardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish masalalarini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, harf, savodxonlik, millat, til, texnologiya, texnika, leksika, o‘qish, ta’lim., leksikologiya
Смежные источники
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021