Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH
MANAGEMENT AND ECONOMY · Qudriddinova Nargis Dexkonovna
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
В данной статье говорится о том, что от готовности молодежи к семейной жизни зависит стабильность семейных отношений и рассматриваются те аспекты, на которые родители должны обращать больше внимания при подготовке молодежи к семейной жизни. Ключевые слова: семья, семейные ценности, семья и общество, духовные качества, финансовая грамотность. Annotation This article notes that the stability of family relations depends on the readiness of young people for family life and examines those aspects that parents should pay more attention to when preparing young people for family life. Key words: family, family values, family and society, spiritual qualities, financial literacy. Oila – hamma uchun tushunarli bo‘lgan so‘z. U hayotning birinchi daqiqalaridan boshlab har birimizga yaqindir. Inson shaxs sifatida oilada shakllana boshlaydi. Oila va oilaviy qadriyatlar – insonning hayoti shakllanadigan poydevor. Biz hammamiz oilada tug‘ilamiz va o‘sib-ulg‘aygach o‘zimizning oilamizni quramiz. Oilada eng muhimi nima? Bu savolga aniq javob berish juda qiyin. Sevgimi? O‘zaro tushunish? G‘amxo‘rlikmi, yoki fidoyilik va mehnatsevarlikmi? Yoki oilaviy an’analarga qat’iy rioya qilish kerakmi? Oila va oilaviy qadriyatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va bir-birisiz mavjud emas. Agar oila bo‘lmasa, unda oilaviy qadriyatlar ham o‘z-o‘zidan 162 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ahamiyatini yo‘qotadi. G‘amxo‘rlik va muhabbat an’anaviy oilaviy qadriyatlarning asosidir. Nima uchun inson oilaga muhtoj? Bu savolni ba’zi yoshlar o‘ziga berishi mumkin. “Oila” tushunchasi har bir shaxs uchun o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Bola uchun oila uning tarbiyasiga mas’ul otasi, onasi, shuningdek, tarbiyasida ishtirok etuvchi bobolari, amakilari, tog‘alari, amma-yu xolalari va aka-opalari bo‘lsa, ulg‘ayib, turmush qurgandan so‘ng uning uchun birinchi navbatda yangi oilasi: turmush o‘rtog‘i, bolalari ekanligi ko‘rinadi. Oila odamga to‘liq psixologik va fiziologik qulaylikni ta’minlaydi, “hissiy boshpana” funksiyalarini bajaradi. Oilada inson o‘zining foydaliligi va qadr-qimmatini his qiladi. Oila jamiyatning mustahkam poydevori, davlatning harakatlanish kuchidir. Shunga ko‘ra oila mavqei va munosabatlar masalasi doimiy davlat e’tiborida bo‘lib kelgan. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma’naviy taraqqiyoti haqida g‘amxo‘rlik mamlakatimizning asosiy maqsadidir. Yoshlarning qadriyat yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oila yoshlar uchun asosiy qadriyat bo‘lib qolmoqda. Har bir xonadonda qiz bola farzand dunyoga kelsa, beshikdan to balog‘at yoshigacha uni to‘g‘ri tarbiyalash, “qiz bola – boshqa xonadoning fayzi”, – degan xayol uning voyaga yetgunicha va uni turmushga bergunga qadar har bir ota- onaning fikrini tark etmaydi. Bugungi kunda turmushga chiqayotgan qizlar oilaviy hayotning ma’naviy, axloqiy, iqtisodiy xususiyatlari, oilani rivojlantirish, oilada tinchlik va totuvlikni saqlash, oilada farzand tarbiyasini amalga oshirish ishlariga tayyor bo‘lishlari zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Qiz bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, unga hamisha g‘amxo‘rlik qilishning ahamiyati yuksak, oqibati xayrlidir. Qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda ularga oilaviy hayotning chiroyli taraflari bilan bir qatorda hayotning past-balandliklari ham mavjud ekanligini, turli xil murakkab vaziyatlarda shirin so‘z va chiroyli muomala bilan yechim topish mumkinligi borasida bilimlarni ham berib borish lozim. Misol uchun ko‘pgina oilalarda uchrab turadigan muammolar bilan ham tanishtirib borilsa, qizlar katta hayotga qadam qo‘yganda, qiyinchiliklarga duch kelishganda dovdirab qolishmaydi, oqilona yo‘lni tanlab bu vaziyatdan chiqa olishlari mumkin bo‘ladi. Yigitlarni voyaga yetkazishda ularda eng yuqori erkaklik fazilatlarini shakllantirish, ularni munosib odamlar sifatida tarbiyalashga e’tibor berish lozimdir. 163 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” kitobida oila qurgan yigitlarga shunday nasihat berilgan: Xotiningiz ayol bo‘lganligi sababli, sizdan farqli o‘laroq, boshqacha fikr yuritishi va tasarruf etishini biling. Uning mag‘rurligini tushunish va uning hurmatiga sazovor bo‘lish uchun siz quyidagilarga amal qilishingiz kerak: 1. U ham siz kabi harakat qilishi kerak deb o‘ylamang. Sizdan farqli o‘laroq u biroz boshqacha yaralgan. 2. Uni e’tiborsiz qoldirmang. Unga sevishingingizni ko‘rsating, marhamatli bo‘ling va xavfsizligini ta’minlang. Chunki u ayol va ayollar tabiatdan bu narsalarga ehtiyoj sezadilar. 3. Unga sovg‘alar berishda ziqna bo‘lmang, chunki ayollar ziqna erlarni yoqtirmaydilar. 4. Agar u qarindoshlarinikiga bormoqchi bo‘lsa, qarshi bo‘lmang, agar siz bunga qarshi bo‘lsangiz, uning ko‘nglini qoldirishni boshlaysiz. Ayollar o‘z oilalariga va qarindoshlariga ko‘proq bog‘langandir. 5. Ayol homiladorlik, tug‘ish ka
Доказательный фрагмент
«В данной статье говорится о том, что от готовности молодежи к семейной жизни зависит стабильность семейных отношений и рассматриваются те аспекты, на которые родители должны обращать больше внимания при подготовке мол…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье говорится о том, что от готовности молодежи к семейной жизни зависит стабильность семейных отношений и рассматриваются те аспекты, на которые родители должны обращать больше внимания при подготовке мол… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- family, family values, family and society, spiritual qualities, moliyaviy savodxonlik., ma’naviy fazilatlar, oila va jamiyat, oilaviy qadriyatlar, oila
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021