К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA SOHAGA OID TERMINOLOGIYALARNING TARJIMAVIY XUSUSIYATLARI EKVIVALENTLIK

MANAGEMENT AND ECONOMY · TERMINOLOGIYALARNING TARJIMAVIY XUSUSIYATLARI · Nazarova Sayyora Azimjanovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda ingliz va o’zbek tillaridagi sohaga oid so’zlarning tarjima jarayonodagi ekvivalentligi haqida gap boradi. Tilshunoslik sohasi ko'lamida turli tadqiqot ishlarini tahlil qilar ekanmiz, tadqiqotlar bizni tilning tarixi, madaniyati, badiiy yodgorliklari kabi o'ziga xos ilmiy - nazariy xususiyatlarga boy umuminsoniy qadriyatlar bilan yo'g'rilgan sohalarga yetaklaydi. Aynan shunday lisoniy hodisalardan yana biri tarjimashunoslikdir. Ushbu jarayon bir qarashda yengil tuyulsada, uning amaliy va nazariy tadqiqi tilshunoslik sohasida eng mashaqqatli yo'nalishlardan biri sanaladi. Chunki muayyan til asliyatiga dahldor ma'lumotni zamon bilan hamnafas ravishda, ya'ni yangi davr talabi asosida taqdim etishda tarjimaning o'rni beqiyosdir. Mazkur yoʻnalishning ilmiy, nazariy, badiiy sir-sinoatlarini har tomonlama qunt bilan egallash, o'zga tilga xos noma'lum manbani asliymonand taqdim etish hamda ushbu nozik jarayonda leksik birliklarning qo'llanishiga ko'ra ularda aks etgan turli ma'no qirralarini tarjimada aks etishi ushbu sohani naqadar mashaqqatli, mas'uliyatli va o'ziga xos ijodiy jarayon ekanligidan dalolat beradi. "Tarjimada yuzaga keluvchi mana shunday murakkab jarayon tarjimon zimmasiga juda katta mas'uliyatni yuklaydi, chunki muayyan tilga tegishli asliy manbaning asosiy mazmuni tasvir etilgan tilshunoslikka daxldor xususiyatlaridan tashqari, tarjimon zimmasiga asarning lingvomadaniy manzarasi, tarixiy-madaniy hayoti, ruhiy kechinmalari bilan bog'liq ijtimoiy jihatlarni ham e'tibordan qochirmaslik kabi qo'shimcha vazifalar mas'uliyatini yuklaydi. (1) Natijada, tarjimonga asar (matn, hikoya, she'r va h.k.)ni yangi bir tilda qayta yaratish imkoniyati taqdim etiladi. Xususan, tilshunoslik sohasida ma'lum soha terminlari yoxud leksik birliklarni tarjimasini amalga oshirish tarjimondan ikki karra koʻproq e'tibor, sinchkovlik va mas'uliyatni talab qiladi. Chunki, terminlar o'ziga tegishli sohaning muhim bo'g'ini hisoblanib, ularning tarjima tasviridagi aniqligi sohaning voqeligi va umumiy manzarasini yoritib beradi. Shunday ekan tarjima jarayonidagi eng kichik mexanizm ham sohaga oid butun matnning tarjima mukammalligini ta'minlash uchun yetarli bo'lishi mumkin yoxud tarjima adekvatligiga putur yetkazishi ehtimoldan holi emas. 240 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Tarjimashunos olim, Q.Musaev: "Tarjimada shakl va mazmun munosabatini bejirim talqin etish zarurati san'atkor oldiga asarning badiiy nafosati va milliy xususiyatini yuzaga keltiruvchi barcha lisoniy-uslubiy vositalar vazifalarini ijodiy aks ettira oladigan muqobil til va nutq birliklarini to'g'ri va o'rinli tanlash vazifasini qo'yadi" - deya qayd etgan. Tarjima jarayoni bevosita insonning ong va tafakkuri bilan uzviy bog'liq ekanligini G.Salomov ko'p bora ta'kidlagan. Olim: "Tillardan-tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa shuki, jahon xalqlari garchi turli-tuman tillarda so'zlashsalar ham, ularning tafakkur qonunlari bir xildir"(2) - deb yozgan edi. Shunday ekan, terminologiya sohasida ham tarjima jarayonining o'rni va ta'siri muhim hisoblanadi. Sohaning tadqiq etilishi lozim bo'lgan yo'nalishlaridan biri "tarjima ekvivalenti", yoki "muqobillik" hisoblanadi. Ekvivalentlik tarjima sohasidagi markaziy tushunchalardan biri bo'lib, lingvistik xoslangan tarjima muammolari yechimi, mazmuniy tomonlarini atroflicha tadqiq etish, mazkur jarayon bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liq, deyish maqsadga muvofiq. Ekvivalent terminining ingliz tili sathida paydo bo'lish davri XV asrga to'g'ri keladi, chunki etimologik lug'atlarda shu davrda lotin tili o'zlashmasi sifatida kirib kelishi qayd etilgan. O'sha davrdagi leksik shakli "aequivalentem" bo'lib, "equal in value, power, or effect "(3) - teng qiymat, kuch yoki natijaga ega - kabi ma'nolarda umumiste'molga taqdim etilgan. Dunyo tilshunoslari e'tirof etgan zamonaviy Oxford lug'atida, "that is equal in value, meaning or purpose to something else (4) - biror narsaning qiymati, ma'nosi yoki maqsadi teng boshqa bir narsa ma'nosida qo'llaniladi. Terminologiyaga doir milliy izohli lug'atlarda ekvivalent tushunchasiga nisbatan ikki xil ta'rif berilgan. 1) "ot, biror narsaga teng yoki biror jihatdan mos keladigan va uning o'rnini bosa oladigan boshqa narsa"; 2) sft. "Teng teng bo'lgan, mos keladigan, o'rnini bosadigan"(5). Shuni ta'kidlash joizki, ayrim manbalarda ekvivalent termini o'rnida muqobil atamasi ham qo'llaniladi. Biroq, izohli lug'atda muqobil terminining uchta asosiy ta'rifi berilgan. 1) qarshi turuvchi qarshi, zid; 2) qarama-qarshi yo'nalishda; 3) javob bo'luvchi bizga aynan uchinchi ta'rif mos keladi. Ekvivalentlik deganda ikki yoki undan ortiq tillarning til birliklari ma'nolarining mos kelishi, ya'ni solishtirilayotgan til tizimlaridagi til birliklarining ma'noviy uyg'unligi. Manba til bilan tarjima tili o'rtasida mazmuniy, tarkibiy va vazifaviy jihatdan o'xshashlik ekvivalentlik (muqobillik) hisoblanadi, (6) Lingvistik manba

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda ingliz va o’zbek tillaridagi sohaga oid so’zlarning tarjima jarayonodagi ekvivalentligi haqida gap boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda ingliz va o’zbek tillaridagi sohaga oid so’zlarning tarjima jarayonodagi ekvivalentligi haqida gap boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bog liq, sohaga oid, ziga xos, ilmiy nazariy, tilshunoslik sohasida, chunki muayyan, tarjimon zimmasiga
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники