К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALAR ONGIDA TAFAKKUR TUSHUNCHASINING AHAMIYATI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Abduqahhorova Durdona

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Maqolada bolalarda tafakkurning rivojlanishi va uning bolalar psixologiyasiga ta`siri haqida so`z boradi. Kalitso`zlar ;tafakkur,bola,analiz ,sintez,intelekt ,kreativlik,diqqat,xotira. Tafakkur insonga qaysidir yoshda yoki qaysidir davrda tuhfa etilmaydi. U bola tug`ilgandayoq u bilan birgalikda dunyoga keladi. Keyinchalik bola bilan birgalikda rivojlanadi va murakkablashadi. Katta yoshli insonga nisbatan kichik yoshdagi bolalarda tafakkur tushunchasi biroz rangliroq. Ya`ni ularda fantasia ko`lami keng, tushunchalar real voqealardan ko`ra ko`proq biroz bo`rtirrishlar asosiga quriladi. Bularning hammasi tafakkurning hosilalari hisoblanadi. Tafakkur tushunchasini ilmiy tomondan izohlasak nazariy ma`lumotlar talaygina. Bolalar ham o`smirlik davrigacha dunyoga boshqacha ko`z bilan qaraydilar. Ya`ni ularda analiz va sintez jarayonlari ba`zi jihatdan osonroq qaysidir jabhalarni anglash esa qiyinroq kechadi. Olamni anglashda bolalarga ularning ota –onalari ko`maklashishi lozim. Ayniqsa ona tomonidan bu ish samarali amalga oshirilishi ehtimoldan yiroq emas. Chunki otalardan ko`ra bola tarbiyasida onaning roli kattaroq. Atrofda bo`lyotgan voqea –hodisalar bolalarning tafakkurida ko`rgazmali –obrazli shaklda namoyon bo`ladi. Ular bunda voqea yoki qaysidir shaxsni o`ziga notanish bo`lgan so`zlar orqali emas ,balki ko`z o`ngida gavdalantirish asosida eslab qolishadi. Kichik yoshdagi bolalarda mulohazalardan ko`ra obrazlar ko`proq bo`ladi. Bolalar ongida tafakkur tushunchasining ahamiyati Ularning tafakkurida so`z ikkinchi darajali vositaga aylanadi. Misol uchun professor B.C.Muxina; ,, Bolalarda so`zlarda tushuntirishdan ko`ra harakatlar orqali izohlash osonroq`` deb ta`kidlagan. Ya`ni ularga buzilgan o`yinchoqni tuzatish uchun bersangiz ular tuzatish jarayonini faqatgina ko`rsatib beroladilar .So`zlashga kelganda birmuncha qiynaladilar. Lekin 5 yoshdagi bolalarda nutq boyligi tez sur`atlarda o`sadi. Qiziquvchanlik ham shuncha rivojlanadi. Buniularning bizga berayotgan turfa xil savollaridan bilib olishimiz lozim. Biz shu narsani unutmasligimiz zarurki, bolalar berayotgan savollarga iloji boricha to`g`ri javob berishga harakat qilishimiz kerak. Chunki javobsiz qolgan savollar natijasida bolalar ongida qiziqish susaya boshlaydi. Bolalarning tafakkurining rivojlanishi uchun ota –onalar mas`ul shaxslardir. Turli xil foydali o`yinlar, sog`lomlashtirish mashqlari va atrofdagi voealarni to`g`ri tahlil qilib berish ,bundan tashaqari ularning tafakkurida obrazlarni jonlantirish uchun turli 14 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ertaklar hamda ibratli hikoyalar aytib berish bolalar ongida tafakkurning rivojlanishiga katta hissa qo`shadi. Biz bolalarga hayotning faqat oq tomonini emas ,kezi kelganda qora tomonini ya`ni ba`zi haqiqatlarni ham o`rgatishimiz shu bilan birgalikda ularni o`rab turgan olam faqatgina oq –qora emas balki turfa ranglardan iborat eknligini tushuntirishimiz lozim. Tafakkur tushunchasi bilan birgalikda bolalarda intellect va kreativlik degan tushunchalar ham bor.Ular doimo yonma yon keladi. Sababi bu tushunchalar bir biriga o`zaro bog`liq. Ba`zida biz shunday bolalalarni ko`rishimiz mumkinki, ularning fikrlash ,tafakkur qilish darajalari hatto ba`zi katta yoshdagi odamlarni ham aqlini shoshirib qo`yadi. Aynan ularda aql bilan bog`liq jarayonlar yaxshi rivojlangan bo`ladi. Intellektbu- idrok qilish ,xotirlash ,fikr yuritish, insonlar bilan so`zlashish va shu kabi holatlardir. Bolalarda bunday tushunchalarning rivojlanishida nafaqat oila balki jamiyat ham o`z hissasini qo`shadi. Lekin bunday intellektlar bolalalarda turlicha shakllangan ,kimdadir yuqori darajada kimdadir quyi darajada. Kreativlik ham huddi shunday, beshta bolaga yashil rangdagi plastilinni berilsa, ular bu rangdan o`z tafakkuridagi predmetlarni yasaydilar. Yani ularning tafakkurida nima yashil bo`lsa shuni amaliyotga tadbiq etadilar. Kreativlik va intellect bolalarda shundayligicha rivojlanmaydi .Uni paydo bo`lishiga irsiyat va nasl –nasab ham bog`liq. Agar ota-ona yoki qarindoshlaridan kimdadir kreativlik yoki aqliy jarayonlar yuqori bo`lsa ularning farzandlari ham ruhan ham jismonan barkamol shaxs bo`lib voyaga yetadi. Chunki ularning keying voyaga yetish davrida ham aynan mana shu tushunchalar ularni rivojlantiradi. Tafakkur haqida turli olimlar turlicha fikr bildirganlar. Masalan nemis faylasufi Martin Xaydegerning fikricha,, Tafakkur mavjudligining asosiy hislati bu tasavvurdir " deydi. Faylasufning fikricha,, Tafakkur bor, chunki insonlar tasavvur qilishyapti" demoqchi. Menimcha bu fikrga hech bir inson raddiya bildira olmaydi. Chunki tafakkurlar natijasida tasavvurlar vujudga keladi. Aynan bu holat yosh bolalarda katta yoshli insonlarga nisbatan qiziqarliroq kechadi. Bolalar tafakkurida buvijonlari tomonidan aytilgan ibratli ertaklarning qahramonlarini aynan mana shu tasavvurlar orqali gavdalantirishadi. Ertak qahramonlarining yaxshi yoki yomon fazilatlarining analiz va sinte

Доказательный фрагмент

«Maqolada bolalarda tafakkurning rivojlanishi va uning bolalar psixologiyasiga ta`siri haqida so`z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada bolalarda tafakkurning rivojlanishi va uning bolalar psixologiyasiga ta`siri haqida so`z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
analiz, tafakkur, sintez, kreativlik, intelekt, xotira., diqqat, bola
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники