К содержанию
РецензированоUZ2026

VIRTUAL BORLIQ VA UNING TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna · Narzulloyev Avazbek Zafar oʻgʻli (Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi)

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet – XX asr mo’jizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual dunyo taraqqiyotiga etolmaydi. Internet – insoniyat qabul qilishining yangi o’lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab. Kalit so'zlar: borliq, virtual, virtual borliq,virtual reallik, 3D texnologiyalar, simulyatorlar, panorama, panoramik tasvirlar, virtual kutubxona, virtual muzey Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiy predmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektiv ideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi mutafakkirlar borliqni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliqni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sabab oqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi. Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xatti-harakatlar va boshqaning realligini bildiradi; u makon va zamon xarakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy xarakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N.Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. Platon unda chin, xususiy „real“ borliqni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliqdan muayyan borliq farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor. Metafiziklar „haqiqiy“ borliq transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum borliq faqat subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliqni qandaydir dunyoviy ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, 18 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliqni ruh mahsuli sifatida qarash XIX asr oxiri — XX asr boshidagi falsafaga ham xos. L.Feyerbax, A.I.Gersen, N.G.Chernishevskiy borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, borliqning obyektivligini eʼtirof etadilar. Borliqning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi zamon ontologiyasiga koʻra, borliq — barcha mavjudotning turli-tuman koʻrinishlari bilan aynandir. Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishida virtual tushunchasi keng ma’noda qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual sayohat, virtual sinf va h.k. Birgina ushbu sohasida ham virtual tushunchasi turli shakl va ma’nolarda qo’llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, multimedia tizimlarida virtual tushunchasi virtual borliq ma’nosini beradi. Virtual (lotincha Virtualis — mumkin bo’lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo’ladigan yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan) tushunchasi narsalar va hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo’lmagan, lekin obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo’lgan jarayonni anglatadi. «Virtual borliq» atamasi 1970-yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g'oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematograflar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko'ra tabiiy yo'l bilan amalga oshirib bo'lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili – grafik shaklda sun'iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar. Virtual borliq – bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo’lib, u atrof- muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo’lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin. Virtual borliq – inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interaktiv texnologiya. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok

Доказательный фрагмент

«Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin.»

Образец извлечения

Демо-превью

Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
borliq, virtual, virtual borliq, virtual reallik, 3D texnologiyalar, virtual muzey, panoramik tasvirlar, simulyatorlar, panorama, virtual kutubxona
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники