К содержанию
РецензированоUZ2026

TA'LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA DIZARTRIYALI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TEXNOLOGIYALAR

MANAGEMENT AND ECONOMY · Raxmatova Dilnavoz Аʼzam qizi · Nizomiy nomidagi TDPU · Bekmuratova Feruza G’ayrat qizi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Cooperative education is aimed at organizing the educational process more effectively, and since the improvement of children's literacy begins directly in the preschool education organization, it is explained that it is in the preschool education organization that some elements of cooperative education can be used. Kalit so‘zlar: ta’lim, hamkorlik, texnologiyalar, metodika, axborot, jamoa, tarbiya, nutq, topshiriq, imkoniyat, qarsak, musiqa, yuklama Ключевые слова: образование, сотрудничество, технологии, методология, информация, команда, обучение, речь, задание, возможность, аплодисменты, музыка, скачать Key words: education, cooperation, technologies, methodology, information, team, training, speech, assignment, opportunity, applause, music, download Hamkorlikka asoslangan talim – bu ta’lim jarayonini nisbatan samaraliroq tashkillashtirishga qaratilgan bо‘lib, bolalarning savodxonligini oshirish bevosita maktabgacha ta’lim tashtashkilotidan boshlanganligi sababli, 68 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference aynan maktabgacha ta’lim tashkilotida kooperativ ta’limning ba’zi bir elementlaridan foydalanish mumkin bо‘ladi. Hozirda biz haddan tashqari keng axborot makonida yashayapmiz, bunday vaqtda mavjud ma’lumotlar har daqiqada yangilanib turishini unutmaslik kerak. Shu sababdan agarda hozirgi zamon tarbiyachisi yoki pedagogi bolalar uchun asosiy axborot manbai sifatida an’anaviy pedagogning rolini о‘z zimmasiga oladigan bо‘lsa, u holda pedagog yuklamalarga bardosh bera olmasligi mumkin. Chunki, insoniyat Internet, Google, Rambler va Yandex kabi turli qidiruv tizimlari yohud kuchliroq axborot manbalari xizmatidan foydalanish imkoniyatiga egadir. Kooperativ ta’lim quyidagilarni о‘z ichiga oladi: -jamoa tarkibida ishlash (birgalikda, bir-birini xabardor qilgan holda ishlash); -bilim, kо‘nikma va malaka darajasidan qat’iy nazar samarali о‘qitish; -ta’lim jarayonida har bir ishtirokchining maksimal bandligini ta’minlash; Albatta ta’lim jarayonida, mashg‘ulotlarda bolalar bir necha daqiqa davomida ma’lumotni samarali idrok etishlari va eslab qolishlari mumkin, keyin ularning e’tibori tabiiy ravishda asta sekinlik bilan susayib borishini ham hisobga olish lozim. Shuning uchun ta’lim jarayonini bolalarning e’tiborini doimiy ravishda jalb etish orqali shunday muvofiqlashtirish juda muhim hisoblanadi. Biror bir material yoki predmetni harakatlantirish va diqqatni jamlash imkonini beruvchi tuzilmalardan foydalanish bolalar e’tiborini jalb etishga yaxshi yordam beradi. Ushbu tuzilmalarda jamoani shakllantirish (Teambuilding) va sinfni shakllantirish(Classbuilding)da ham foydalanish mumkin. Jamoani shakllantirish (Teambuilding) - bu turli xil kelib chiqishi va tajribalariga ega bо‘lgan 4 kishidan iborat guruh о‘zaro hamkor va bir-biriga g‘amxо‘r jamoaga aylanadigan jarayondir. Jamoani shakllantirish (qurish) vaqtni chog‘ qiladigan kо‘ngilochar va qiziqarli jarayon bо‘lib, haftasiga 2 marta о‘tkazilishi mumkin. Guruhni shakllantirish (Classbuilding) - bu turli xil kelib chiqishi va tajribalariga ega bо‘lgan bitta xonaga jamlangan kо‘p sonli shaxslarning о‘zaro hamkor va bir-biriga g‘amxо‘r jamoaga aylanadigan jarayondir. Guruh shakllantirish (qurish) jarayoni- bu butun sinf yoki guruh bilan ishlashni о‘z ichiga oladi. О‘yin-kulgi va vaqtni chog‘ qiluvchi jarayon sifatida uni haftada 1-2 marta о‘tkazilsa, о‘quv maqsadidagi mashg‘ulotlar uchun – zaruratga qarab tez- tez qо‘llash mumkin. “Jimjitlik signali” (High Up! - yuqoriga! - Qо‘lingizni kо‘taring!) 69 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Guruh yoki sinfda tinchlik (sukunat) о‘rnatish juda muhimdir. Buning uchun qandaydir signaldan foydalanish qulay. Masalan, qо‘lingizni kо‘taring. Partalarni joylashtirish: -jarayon boshlanishidan oldin bolalar о‘tirishi uchun joy tayyorlash kerak; -partalar raqamlab chiqiladi; -partalarni quyosh nurlari shaklida joylashtirish zarur. JAMOANI SHAKLLANTIRISH (TEAMBUILDING) Jamoalarni shakllantirishda: hech qachon jim (tek) turmaydigan va tez-tez bezovta bо‘ladigan bolalarni bir joyga qо‘ymang; -ular о‘rtasida ziddiyat yuzaga kelmasligi kerak; -bolalarning jinsi ham hisobga olinishi kerak. Sinfdagi о‘quv jarayoni samarali bо‘lishi uchun bolalarni jamoalarga qanday taqsimlash kerakligini о‘ylab kо‘ring? Masalan, biz “MIX PEA SHEA” yoki “MIX FREEZE GROUP” dan foydalanamiz. MIX PEA SHEA – sinfdagi bolalarni musiqa yordamida tasodifiy aralashtirish, musiqa tugashi bilan tasodifiy juftlikni shakllantirish va mavzuni qisqa javoblarda yoki tо‘liq muhokama qilish. MIX FREEZE GROUP - о‘quvchilarni musiqa yordamida aralashtirish, u tо‘xtaganda, ular muzlashadi va guruhlar tuzishadi, ularning soni berilgan savolning javobiga bog‘liq bо‘ladi. “TURLI UMUMIY JIHATLAR” Tarbiyachi, har bir ishtirokchi birinchi navbatda о‘zi haqida о‘ylashi kerakligini tushuntiradi, masalan, nima qilishni yaxshi kо‘radi, sо‘ngra tarbiyalanuvchi buni hammaga

Доказательный фрагмент

«Cooperative education is aimed at organizing the educational process more effectively, and since the improvement of children's literacy begins directly in the preschool education organization, it is explained that it…»

Образец извлечения

Демо-превью

Cooperative education is aimed at organizing the educational process more effectively, and since the improvement of children's literacy begins directly in the preschool education organization, it is explained that it… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, cooperation, technologies, methodology, tarbiya, metodika, ta’lim, axborot, yuklama, qarsak, texnologiyalar, musiqa, hamkorlik, topshiriq, imkoniyat, nutq, jamoa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники