К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORAT ORGANLARI VA ICHKI AUDIT XIZMATLARINING MUVOFIQLASHTIRISH FAOLIYATI

MANAGEMENT AND ECONOMY · MUVOFIQLASHTIRISH FAOLIYATI · Mustafayeva Kamola Rixsivayevna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

This article analyzes the coordination activities of state financial control and internal audit services in the Republic of Uzbekistan. Also, the legal basis of this process and its importance in the effective management of state finances will be compared with foreign experience. Key words: state financial control, internal audit services, audit activity, coordination activity, audit inspections, state finance, foreign experience. METODLAR Maqolada tarixiylik hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Ma’lumotlar izlashda O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksi, maqolalar va turli xil internet saytlaridan foydalanildi. 46 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati davlat mablag‘larining maqsadli sarflanishi, moliyaviy hisobotlar to‘g‘riligi va qonunga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida joriy etilgan. Ichki audit xizmatlari esa davlat tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qiladi. Bu ikki institut o‘rtasidagi samarali muvofiqlashtirish davlat moliyalari boshqaruvining sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. MUHOKAMA VA NATIJALAR 1. Davlat moliyaviy nazorat organlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi 25.02.2021 yilda qabul qilingan O‘RQ-677 sonli Qonuniga muvofiq, davlat moliyaviy nazorati Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun mas’ul hisoblanadi. 2. Ichki audit xizmatlarining roli Ichki audit xizmatlari davlat tashkilotlari va idoralarida moliyaviy harajatlar va faoliyatni nazorat qilish, qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan. Ular davlat moliyaviy nazorati organlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Hozirgi kunda ma’lumot almashinuvi va ma’lumotlar bazasini yangilash jarayonida real vaqt rejimidagi ma’lumotlarni o‘zaro baham ko‘rish orqali samaradorlikni oshirishga e’tibor qaratilmoqda. 3. Muvofiqlashtirish faoliyatining ahamiyati Muvofiqlashtirish faoliyatining asosiy maqsadi davlat moliyaviy nazorati va ichki audit xizmatlarining faoliyatini bir-biriga muvofiqlashtirish orqali davlat mablag‘larining samarali boshqarilishiga yordam berishdir. Bu maqsadda qonunchilikka muvofiq audit tekshiruvlari o‘tkaziladi va tahlil natijalari taqdim etiladi. 4. Chet el tajribasi Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston kabi yaqin chet el mamlakatlarida davlat moliyaviy nazorati va ichki audit xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik samarali tizimlar bilan ta’minlangan. Masalan, Rossiyada davlat byudjetidan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tizimi mavjud. Qozog‘istonda esa ushbu hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha islohotlar o‘tkazilgan, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishga yordam bergan. XULOSA O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati va ichki audit xizmatlarining muvofiqlashtirish jarayonini takomillashtirish muhim 47 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ahamiyatga ega. Bu davlat moliyalarining samarali boshqarilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Chet el tajribalarini o‘rganish va ularni milliy tizimga moslashtirish bu jarayonning samaradorligini yanada oshirishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida" 25.02.2021 yilda qabul qilingan O‘RQ-677 sonli Qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 24.03.2022 yilda qabul qilingan 129 sonli Qarori. 48

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the coordination activities of state financial control and internal audit services in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the coordination activities of state financial control and internal audit services in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
state financial control, internal audit services, audit activity, ichki audit xizmatlari, davlat moliyaviy nazorati, davlat moliyasi, chet el tajribasi., audit tekshiruvlar, muvofiqlashtirish faoliyati, auditorlik faoliyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники