К содержанию
РецензированоUZ2026

QISHOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI VA MENEJMENT

MANAGEMENT AND ECONOMY · Yo‘ldosheva Nazokat O‘ktam qizi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Qishoq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti bozor iqtisodiyoti bo’yicha bilimlarni chuqur egallash bilan bir qatorda o’zlari mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini va o’z mutaxassisliklariga oid adabiyotlarni va ishbilarmonliklarni, bu sohadagi fan yutuqlarini sinchiklab o’rganish kerakligi keltirilgan. Kalit so’z: Qishloq xo‘jali, iqtisodiyot, islohotlar, amortizatsiya siyosati, moliyaviy sog‘lomlashtirish, davlat byudjeti. Bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning turli mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlar maydoni, sifati, moddiy-texnika resurslari, fan- texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari, mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) bo‘yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish, xarajatlarni tejash, mahsulotlarining va xizmatlarning baholarini belgilash va qishloq xo‘jalik korxonalarining daromadlarini ko‘paytirish yo‘llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir [1]. Islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning bozor shakllariga o‘tildi va mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning salmog‘i oshdi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, davlat byudjeti subsidiyalari orqali kredit tizimidan foydalanish, hosilni sug‘urtalash va boshqa bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, qishloq xo‘jaligining barqaror va jadal rivoji hozircha ta’minlangani yo‘q. Bozor iqtisodiyoti sharoiti ishlab chiqaruvchilar oldiga qator talablarni qo’yadi, shu talablar asosida mahsulot ishlab chiqarish va uni realizasiya qilishga erishganlar shu talablarni muvaffaqiyatli bajargan ishlab chiqaruvchilar hisoblanishadi. Buning uchun esa bozor ko’nikmalaridan, bozor qonun va qoidalaridan zamonaviy bilimga ega bo’lmoq darkor bo’ladi. Qishoq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejment shunday fan- ki, u talabalarga bozor iqtisodiyoti bo’yicha bilimlarni chuqur egallash bilan bir qatorda o’zlari mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini va o’z mutaxassisliklariga oid adabiyotlarni va ishbilarmonliklarni, bu sohadagi fan yutuqlarini sinchiklab o’rganib, har tomonlama o’z bilimlarini oshira borishlarini talab etadi [2-3]. 68 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Investitsion siyosatining asosiy tamoyillari zamonaviy bosqichda mavjud foiz stavkalarining pasayishi iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiyalarning mos keluvchi samaradorligi Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences 261 darajasigacha pasayishi kerak: mavjud soliq tizimini soddalashtirishdek, amortizatsiya siyosatini takomillashtirish; tashqi va ichki investorlarning bevosita investitsiyalarini rag’batlantirish maqsadida investitsion risklarni pasaytirish uchun tashkiliyhuquqiy nuqtai nazarlarni shakllantirish; byudjet investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishdan foydalanish samaradorligini oshirish. Qishloq xo’jaligida investitsiyalarning jozibadorligini belgilovchi omillar juda katta ahamiyatga ega. Bular jumlasiga qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanish sur‘atlari va istiqbollari, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining o’rtacha rentabellik darajasi, tarmoqqa xos bo’lgan investitsiya tavakkalchiligi xatarlari va qonunchilikda belgilangan investitsiya imtiyozlari va kafolatlari kiradi. ² Zarur umumiy yem-xashak talabi miqdori aniqlangach, yem-xashak balansi tuziladi. Balansda yemxashakning hamma turlari ko’rsatiladi. Balansda yem-xashaklar jismoniy holidagina emas, balki ozuqa turlalarida va o’zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham hisobga olinadi[4]. Chorvachilikning ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda uning yem-xashakka talabini to’g’ri aniqlashga asosiy e‘tibor qaratilishi kerak. Chorvachilikning yem-xashakka talabi chorva mollarining o’rtacha yillik soni va boqish me‘yorlariga ko’ra aniqlanadi. Yirik chorva mollarini boqishni tashkil etishda ratsionga qo’yiladigan zootexnika talablari to’la hisobga olinishi kerak. Xo’jalikda qo’llaniladigan ratsion ham zootexnika talablari hamda iqtisodiy talablar, ya‘ni chorva mollarining yuqori mahsuldorligini ta‘minlash uchun turli- tuman va to’yimli bo’lishi bilan birga ratsion qiymati arzon bo’lishini ta‘minlash kerak. ³ Endi raqamli iqtisodiyot haqida so’z yuritadigan bo’lsak, o’z o’zidan savol tug’uladi. An’anaviy iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotning farqi nimada? Masalan, xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib oʼzi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu anʼanaviy iqtisod. Telegramdagi biron savdo boti orqali oʼziga maʼqul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron toʼlov tizimi orqali toʼlash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish – raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Аslida, hammamiz a

Доказательный фрагмент

«Qishoq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti bozor iqtisodiyoti bo’yicha bilimlarni chuqur egallash bilan bir qatorda o’zlari mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini va o’z mutaxassisliklariga oid adabiyotlarni va ishbilar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Qishoq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti bozor iqtisodiyoti bo’yicha bilimlarni chuqur egallash bilan bir qatorda o’zlari mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini va o’z mutaxassisliklariga oid adabiyotlarni va ishbilar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moliyaviy sog‘lomlashtirish, islohotlar, amortizatsiya siyosati, davlat byudjeti., Qishloq xo‘jali, iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники