К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA XALQ DOSTONLARINING AHAMIYATI

MANAGEMENT AND ECONOMY · DOSTONLARINING AHAMIYATI · Xudayberganova Dilafruz Usmonovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy yuksaltirish, axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularga ajdodlardan meros bo‘lib qolgan insoniy fazilatlarni uqtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha jabhalardagi o‘rni va ularni ijro eta olish masalasi pedagogik muammo sifatida ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: folklor, xalq dostonlari, doston tushunchasi, afsonaviy qahramon, she’riy va nasriy parcha, madaniy meros Akademik litsey taʼlimi tizimida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi haqida alohida mukammal maʼlumot berishdan bosh maqsad talabalarni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘lib sanaladi. Xalqimiz yaratgan dostonlar, ertaklar, maqollar, qo‘shiqlar va boshqa shu kabi janrlar yuzasidan bilim hosil qilish, ular haqida mustaqil fikrni shakllantirish o‘zbek xalq og‘zaki ijodi fanining mihim vazifasi hisoblanadi. Ayni damda xalq og‘zaki ijodidan tortib to zamonaviy adabiyot namunalarigacha barcha asarlarni tushunish, mazmunini anglay olish ularning badiiy sifatidagi qimmatni tasavvur qilishga olib keladi. Qadrlanmagan asar o‘quvchi uchun ma’lum bir qiymatga ega bo‘lmaydi. O‘quvchi qachon kitobxonga aylanadi, qachonki, asar mazmunidagi hikmat unga hayotida, eng qiyin va muhim vaziyatlarda asqotsa. Bu borada S. Matjonovning yozishicha, “Adabiyotga isteʼdodli kitobxonlar zarur. Kitobxon isteʼdodi duch kelgan asarni o‘qib, u haqida fikr bildirish bilan o‘lchanmaydi, balki tanlab o‘qish, o‘qiganlari yuzasidan ijodiy fikrlash, to‘g‘ri xulosa chiqarish, zarurat tug‘ilganda undan amaliy foydalanish iqtidoriga egalik bilan xarakterlanadi. Isteʼdodli kitobxon belgilangan mavzu bo‘yicha kitob tanlay oladi. Kitob o‘qish uning uchun majburiyat emas, hayotiy zaruratga aylanadi”1 O‘qituvchi belgilangan ma’lum vaqt mobaynida umuman xalq dostonlariga xos xususiyatlar haqida maʼlumot berishi, darslikdagi dostondan berilgan parcha bilan o‘quvchini to‘liq tanishtirishi, ayni vaqtda mazkur parchani atroflicha tahlil etishi hamda dasturda talab qilinganiga muvofiq badiiy obrazlar haqida o‘quvchilarda tushuncha shakllantirilishi lozim. Bu jarayonda agar o‘qituvchi vaqtdan samarali foydalanish malakasi va ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, bu tadbirlarni bajarishga ulgura olmaydi. 1 Матжон С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 39-б. 63 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Xalq o‘z avlodiga insoniyat tarixidagi eng ibratli fazilatlar meros bo‘lishini orzu qilgan. “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida shaxs g‘ururi, vatanga muhabbat, elga xizmat qilish istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi. Bu asarlarda vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtni birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini ichki va tashqi dushmandan himoya qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari madh etiladi. O‘qituvchi doston matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishda, asar voqealari rivojini taʼminlaydigan omillarni belgilashda juda sezgirlik bilan ish olib borishi, matndagi barcha nozikliklarni o‘z vaqtida idrok eta olishi zarur. Aks holda, doston o‘spirinlarda shunchaki ko‘ngilochar rivoyat, afsonaday taassurot qoldirishi mumkin. Shuningdek, o‘qituvchi o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan iboralarning tag ma’nosi bilan ham tanishtirishi, bu bolada ona tilining betakror jozibasidan hayrat tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Masalan, “Alpomish” qahramonlik dostoni bo‘lib, uning syujetida el himoyasi motivi bilan bilan birga, nikoh, do‘stlik, or-nomus kabi o‘zbek millatiga xos eng yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar xalqimizning maʼnaviy olami va ruhiyat dunyosini ko‘rsatuvchi ko‘zgu ekanligini o‘spirinlar ongiga singdirish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Xalq dostonlaridagi qahramonlarning safar oldidan ot egarlashi, ota- onadan fotiha olishi, qahramon va otning uzoq safar yo‘lidagi holati, poygada qatnashishi, dushman bilan jang olib borishi kabi lavhalar asardan asarga, ijrodan ijroga (kichik o‘zgarishlar bilan) ko‘chib yuruvchi barqaror anʼanaviy shakllar hisoblanadi. Adabiyot darslarida xalq dostonlarini o‘qitishni boshlashdan oldin o‘quvchiga doston haqida nazariy maʼlumot berish lozim. Shuni unutmaslik kerakki, akademik litseylarda umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qaraganda mashg‘ulot vaqti nisbatan ko‘proq, yaʼni 45 emas, balki 80 daqiqa ajratilgan. Shunga qaramasdan, nazariy maʼlumot berishni meʼyordan oshirib yubormaslik lozim. Imkon qadar nazariy maʼlumotlarni to‘ldirish va boyitish uchun o‘quvchiga uyga maqsadli topshiriqlar berish lozim. Darvoqe, xalq dostonlari uchun mushtarak syujetlardan biri- qahramonlarning ko‘p qiyinchiliklar bilan sevgan qizining yurtiga yetib borgani bilan ushbu podsholik, yaʼni qiz tomon qo‘ygan shartlar qahramon tomonidan osonlikcha bajarilmagan. Ular qiz tomondan qo‘yilgan turfa xil shartlarga duch kelgan. Masalan, “Alpomish” dostonida Barchinoy tomonidan to‘rt shartning 64 SOLUT

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy yuksaltirish, axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularga ajdodlardan meros bo‘lib qolgan insoniy fazilatlarni uqtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha jabhalardagi o‘rni va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy yuksaltirish, axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularga ajdodlardan meros bo‘lib qolgan insoniy fazilatlarni uqtirish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha jabhalardagi o‘rni va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
folklor, doston tushunchasi, afsonaviy qahramon, xalq dostonlari, she’riy va nasriy parcha, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники