Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
KONTSERTLARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Sultonov Dostonbek · O‘zDSMI FMF
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Teatrlashtirilgan kontsertning boshlanishi (prologi) va oxiri (finali) tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yuksak g‘oyaviy- badiiy shaklda o‘tmog‘i lozim. Tadbirda nomerlar rivojlanib bormog‘i va eng qi- ziqarli o‘rinda epizodlar finaldan oldin qo‘yilishi kerak. Oddiy kontsert ikki qismdan (har biri, taxminan bir soatdan) iborat bo‘lsa, teatrlashtirilgan kontsert (antraktsiz) yaxlit shaklda, taxminan bir soat ichida o‘tadi, chunki tanaffus programmaning rivojiga, ritmiga putur etkazishi mumkin. Kalit so‘zlar: rejissura, konsert, tomoshabin, sahna, omma, tadbir. «Kontsert» deganda, keng ma’noda san’atkorlarning oldindan tuzilgan muayyan programma asosidagi chiqishlari tushuniladi. «Kontsert» lotincha so‘zdan olinib, «o‘zishaman» degan ma‘noni bildiradi. Avvalo, kontsertlar to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish uchun ularni turlarga bo‘lamiz. Kontsertlar, asosan, uch turga bo‘linadi: 1. Umumlashma (yig‘ma) kontsertlar. 2. Tematik (mazmunli) kontsertlar. 3. Teatrlashtirilgan kontsertlar. Birinchi turdagi, ya’ni umumlashma kontsertlar kundalik hayotimizda ko‘proq uchrab turadi. Bu kontsertlarni tayyorlash va o‘tkazish unchalik katta tayyorgarlikni talab etmaydi. Buning uchun nomerlar tayyor bo‘lsa bas, kontsertni tomoshabinlarga xohlagan paytda namoyish qilish mumkin. Havaskorlar o‘z ijodini, erishgan yutuqlarini, qobiliyatlarini xalqqa taqdim etishadi. Bunda qat’iy mavzu bo‘lishi shart emas, lekin kontsertning ta’sirchanligini oshirish uchun yordamchi vositalardan foydalanishni unutmaslik kerak. Tematik kontsertlarda barcha foydalanilgan nomerlar yagona mavzuga bo‘ysunadi. Bunda hamma nomerlar bir-biriga mantiqan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, havaskorlar o‘z ijodini muhim sanalarga bag‘ishlab, kontsertlar tashkil qilishadi. Bunda ta’sirchanlik vositalari, nomerlar mavzu bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Teatrlashtirilgan kontsertda esa nomerlar teatrlashtirish metodi yordamida uyushtirilib, ular yagona syujet rivojiga amal qiladi. Teatrlashtirilgan kontsertlar bu eng murakkab kontsert turi bo‘lishi bilan birga, u eng ta’sirli va badiiy-estetik 111 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference jihatdan kuchli shakldir. Shu sababli unga batafsil to‘xtalamiz. Teatrlashtirilgan kontsert degan tushuncha 50-60 yillarda paydo bo‘lgan. Lekin, bu bilan o‘zbek va boshqa xalqlarning qadimdan yagona muzika san’atida teatrlashtirilgan elementlar bo‘lmagan, deyish albatta noto‘g‘ri bo‘lar edi. Muzika san’atida teatrlashtirish elementlaridan hamda tomoshalarda muzikadan foydalanish milliy an’anaviy san’atda qadimdan mavjud hodisadir. Qadim zamonlardanoq bayram, marosim, to‘ylarda an’anaviy muzika va teatrlashgan tomosha san’ati bir-biri bilan bog‘langan holda rivojlanib kelgan. Ayniqsa, bu hol maishiy marosimlarga bag‘ishlanganda («Yor-yor», «Kelinsalom»), tabiat va mehnatga («mayda», «yozi») oid mavzularda aytiladigan qo‘shiqlarda teatrlashtirish elementlari ancha jonli bo‘lgan. Teatrlashtirilgan tomoshalar (masxaraboz- qiziqchi, qo‘g‘irchoqboz) va sirk san’atini muzika va ashulasiz ta’savvur qilish mumkin bo‘lmagan. Bunday sintez, asosan, o‘tgan asrning 30-40 yillarigacha davom etib keldi. Keyinchalik esa muzika san’ati va teatr san’ati bir-birlaridan bir oz ajrala boshladi. Bunga sabab, muzika san’atining yangi janr va turlar bilan boyishidir. Buning ustiga ular mustaqil ravishda rivoj topa boshladi. Muzika san’ati bilan shug‘ullanadigan o‘quv muassasalarining vujudga kelishi muzika san’atining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, lekin ular muzikani boshqa san’atdan ajratib qo‘yishdi. Bu, albatta, ijobiy hol, lekin har bir ijobiy hol-da zarracha bo‘lsa ham salbiy tomon bo‘lganidek, muzika san’ati teatrlashtirish elementlaridan borgan sari ajrala boshladi. «Birlashish uchun ajralish kerak» deganidek, yana muzika san’ati bilan teatrlashtirish elementlarini qo‘shib, kontsertlar tashkil qilish vaqti keldi. Bu haqda keyingi paytlarda ko‘p fikrlar bo‘lmoqda, zamonaviy yangi yo‘llar izlanmoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarda bu sohada ancha tajriba to‘plangan. O‘zbekistonda ham davlat va respublika ahamiyatiga molik bo‘lgan ko‘pgina kontsertlar teatrlashtirilmoqda. Lekin ularning ko‘pchiligida kontsertning boshi va oxiri teatrlashtirilib, o‘rtasida temaga mos bo‘lmagan nomerlardan foydalanib kelinmoqda. Bunday kontsertlarni to‘liq teatrlashtirilgan deb bo‘lmaydi. Hozirgi ko‘pgina kontsertlar faqat muzikaviy nomerlar qo‘shiq, raqslar yig‘indisi bo‘lib qolmoqda. Ularni tashkil qilishda g‘oya va mazmun degan komponentlarga e’tibor berilmaydi. Hayot kontsertlar saviyasini takomillashtirishni talab qilayotgan bir paytda, ko‘proq teatrlashtirish metodiga murojaat qilish lozim bo‘lib qolmoqda. Buning uchun, eng avvalo, milliy an’analarga, uning progressiv tajribalariga diqqatimizni jalb qilib, undan teatrlashtirishning an’anaviy usullarini 112 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference o‘rganishimiz kerak. Undan keyingina teatr
Доказательный фрагмент
«Teatrlashtirilgan kontsertning boshlanishi (prologi) va oxiri (finali) tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yuksak g‘oyaviy- badiiy shaklda o‘tmog‘i lozim.»
Образец извлечения
Демо-превьюTeatrlashtirilgan kontsertning boshlanishi (prologi) va oxiri (finali) tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yuksak g‘oyaviy- badiiy shaklda o‘tmog‘i lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- omma, tomoshabin, sahna, rejissura, konsert, tadbir.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025