Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOZMA MULOQOT SAN’ATI
YOZMA MULOQOT SAN’ATI · Gulsanam To‘lanboyeva Azizjon qizi · Roziqova Gulbahor Zaylobidinovna
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yozma muloqotning asosiy tamoyillari va usullari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada yozma muloqotni rivojlantiruvchi asosiy strategiyalar yoritilgan. Shuningdek, unda yozma muloqotning xususiyatlari yoritilib, fikrni yanada samarali va ishonchli ifodalash yo‘llari tasvirlangan. Annotation This article will talk about the basic principles and methods of written communication. The article covers the main strategies that develop written communication. It also highlights the features of written communication and describes ways to more effectively and reliably express thought. Kalit so‘zlar Muloqot, yozma muloqot, piktogrammalar, doimiylik, aniqlik, rasmiy tuzilish, ixchamlik, ma’lumot beruvchi, ishontiruvchi. Key words Communication, written communication, pictograms, permanence, clarity, official structure, compactness, informing, persuasive. Yozma muloqot xabarlarni yetkazish uchun yozma belgilardan ya’ni harflar, so‘zlar, jumlalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bu biroz muddat o‘tgach ma’lumotlarni hujjatlashtirish, ularni almashtirish va saqlashga imkon beruvchi, yuz ming yillarda buyon foydalanib kelinadigan muhim aloqa shakli. Ushbu aloqa shakli turli xil vositalar, shu jumladan qo‘lda yozilgan yozuvlar, bosma materiallar, raqamli matnlar va boshqalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Dunyo tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, tarixdan bizga qadar yetib kelgan ko‘plab manbalar yozuv vositasida yetib kelgan. Ibtidoiy odamlar g‘or devorlariga ov manzaralarini chizish orqali o‘tmish hikoyalarini bizga qadar yetishiga sabab bo‘lgan. Yana shuningdek yozuv namunalari qoyatoshlarga, devorlarga, daraxt po‘stloqlariga suyaklar yoki bosha qattiq jism yordamida o‘yib yozilgan holda yetib kelgan. Yoki Misrliklar o‘zlarining dinlari, urf-odatlari va kundalik hayoti haqida hikoya qilish uchun haykallar va devorlarni iyerogliflar bilan o‘yib yozishgan. Mesopotamiyaliklar 5000 yillar avval mixxat yozuvini yaratdilar. Harflar, so‘zlardan avval turli xil rasmlar ya’ni 66 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference piktogrammalar vositasida xabarlar ifoda etilgan. Shu tariqa tarix haqida bizda dastlabki tushunchalar va manbalar paydo bo‘lgan. Shuningdek, bizning yozish qobiliyatimiz vaqt o‘tgani sari takomillashib bordi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, avval yozuv ibtidoiy belgilar, chizmalar so‘ngra harflar va jumlalar orqali ifodalangan. Yozuv qobiliyati keyingi vaqtlarda rivojlanayotgan ta’lim va texnologiya sharofati tufayli ko‘pchilikda shakllandi. 1820 yilda odamlarning atigi 12 foizi biz kabi yozish qobiliyatiga ega edilar. Bugungi kunga kelib esa dunyo aholisining taxminan 86% o‘qish va yozish imkoniyatiga ega. Shu tarzda qog‘oz, yozuv mashinalari, kompyuterlar ixtiro qilinib yozuv yanada oson va ommaviylashdi. Bugungi kunda kishining savodi uning so‘nggi rusumdagi telefon yoki mashinasiga qarab emas, balki uning o‘qish va yozish qobiliyatlariga ko‘ra belgilanadi. Yozma muloqotning xususiyatlari 1. Doimiylik. Og‘zaki muloqot so‘zlab bo‘lingach yo‘qoladi, lekin yozuma muloqot esa keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘yiladi va istalgan vaqtda undan foydalanish mumkin. Bu kabi qayd etish ta’limiy, huquqiy, iqtisodiy, rasmiy va biznes kabi sohalarda nihoyatda ahamiyatlidir. 2. Aniqlik. Yozma muloqot uchun yozuvchi o‘z xabarlarini aniq va lo‘nda yetkazib berish uchun so‘zlar va jumlalarni aniqlik va diqqat bilan tanlardi. Yozuv va uning samaradorligi uchun uning tarkibi qay tarzda tanlanishi muhim. 3. Rasmiy struktura. Aksariyat hollarda yozma muloqot hosilalari ma’lum bir tuzilishda bo‘ladi. Ayniqsa professional va ilmiy kontekstlarda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan kirish, asosiy qism va xulosa kabi qismlardan tashkil topib, grammatik, stilistik qoidalarga bo‘ysunadi. 4. Tahrirlash. Og‘zaki nutq namunalari og‘izdan chiqadi uni qaytarish yoki tahrirlash imkoniyati yo‘q. Shuning uchun aytiladi: “Aytilgan gap, otilgan o‘q”. Lekin yozuv haqida bunday deya olmaymiz. Yozuvni keyinroq tahrirlash yoki butunlay o‘chirib, o‘rniga boshqa so‘z yoki jumlani yozish mumkin. 5. Ulashish imkoniyati. Og‘zaki muloqot diktafon vositasida yozib olinmasa, undan faqatgina tinglagan odamlargina xabador bo‘ladilar. Ammo, yozma muloqot qancha nusxalansa, shuncha inson undan bahra oladi. Yozma muloqot turlari 1. Ma’lumot beruvchi. Muayyan mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot beradigan hisobotlar, risolalar va maqolalarni o‘z ichiga oladi. Bunday hujjatlar odatda xabardor qilish, o‘rgatish yoki o‘qitish uchun ishlatiladi. 67 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 2. Ko‘rsatma beruvchi. Ushbu turga ma’lum bir vazifalar yoki jarayonlarni bajarish uchun ko‘rsatmalar beradigan qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar kabi hujjatlar kiradi. 3. Ishontiruvchi. Ishontirish xususiyatiga ega hujjatlar sirasiga reklama roliklari, turli xil yorliqlar bunga misol bo‘la oladi. Biror mahsulotni sotib olish, xizmatdan foydalanish uchun undovc
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yozma muloqotning asosiy tamoyillari va usullari haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yozma muloqotning asosiy tamoyillari va usullari haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Communication, written communication, pictograms, permanence, clarity, doimiylik, ma’lumot beruvchi, Muloqot, aniqlik, yozma muloqot, ishontiruvchi., piktogrammalar, ixchamlik, rasmiy tuzilish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026