Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK BASTAKORLIK IJODIYOTINING O‘RGANILISHI
Madinaxon Turg’unboyeva · Ravshan Yunusov
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bastakorlik ijodiyoti xususida qadimgi musiqiy risolalar, tazkira va adabiy asarlardan bizgacha yetib kelgan qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, yaqin o‘tmishda o‘zbek bastakorlik san’ati musiqashunoslar tomonidan qanday masalalar kesimida o‘rganilganligi bayon qilingan. Kalit so‘zlar: bastakor, musannif, mulahhin, risola, ilmi ta’lif, tazkira, “kuychi-kompozitor”. O‘zbek xalqi musiqa merosi ko’hna tarix va boy an’analarga ega. U zamonlar osha ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga an’ana sifatida o‘tib, hozirgi kunga qadar rivojlanib, sayqallanib, turfa yangi ijod mahsullari bilan boyib bormoqda. Badiiy tafakkur mahsuli bo’lgan musiqa san’atida ijodkorlik muhim tarmoq sifatida davrlar surib, o‘z rivojini topgan, shuningdek, ijodkorlik hamda ijrochilik mahoratini o‘z faoliyati davomida mushtarak olib borgan yetuk musiqachilar doimo xalq e’tirofida bo‘lgan. Ular asosan, xalqning ijtimoiy va madaniy hayoti, uning his-tuyg’ulari, orzu-umidlarini tarannum etuvchi ijod mahsullari yaratishgan. Bunday iste’dodli, hassos san’atkorlar b a s t a k o r nomi bilan atadi.. “Bastakor (forscha – bog‘lash, bog‘lov, mashg‘ulot, ish) – 1. Musiqiy asarlarni yaratuvchi ijodkor; 2. Ashula yo‘llariga yangi she’rlarni bog’lovchi san’atkor; xalq kuyi va ashulalariga yangi kuy jumlalarini bog’lab, ovoz, muayyan cholg’u yoki jo‘rnavozlik uchun moslashtiradigan, qayta ishlaydigan ijodkor”1dir. Yaqin va O‘rta Sharq manbalarida bastakorlar musannif, mulahhin, ohangdon, navosoz, nag’masoz, nag’mapardoz kabi atamalar bilan ham nomlangan. Bu nomlar bastakorlarning uslubiy tamoyillari hamda ayrim xos qirralaridan kelib chiqqan holda ishlatilgan. Bastakorlik san’atining tarixiy ildizlari juda qadim zamonlarga, soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, VI asrlarga (Borbad Marviy ijodiga) borib taqaladi. 15 asrlik qadimiy tarixga ega o‘zbek bastakorlik san’atining paydo bo‘lishi va taraqqiyot yo‘lini belgilashda, avvalo, yozma manbalar – ya’ni musiqiy 1 Ражабов И. Шарқ мусиқа атамаларининг қисқача луғати. Нашрга тайёрловчи махсус муҳаррир изоҳлар муаллифи О.Иброҳимов. “TAMADDUN” нашриёти, Тошкент, 2023, 34-бет. 185 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference risolalar hamda buyuk allomalarning ilmiy hamda nasriy asarlariga tayanamiz. Bastakorlik ijodiyotining nazariy va amaliy jihatlari xususida Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kavkabiy, Darvishali Changiy kabi mutafakkir olimlarning risola hamda tazkiralarida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Asrlar mobaynida milliy madaniyat, adabiy-badiiy ijodning yanada rivoj topishi, ayniqsa, o‘rta asrlar tarixida “Sharq Renessansi” (“Musulmon uyg’onish davri” (IX-XII)) deya nom olgan2 davrda o’zining yuksak in’ikosini topdi. Ushbu davrda ilm-fan, madaniyat shu jumladan, musiqa ilmi ham o‘z tarixida yangi yuksalish davrini boshdan kechirdi. Alxusus, “X-XIII asrlar - Sharq musiqashunosligining mumtoz davrining yuqori bosqichi sanalib, arab tilidagi ilmiy adabiyotda “Kitabul-musiqa” ya’ni Musiqa kitobi atalmish janr paydo bo‘ldi.”3 Mazkur janrdagi risolalar, asosan, musiqa ilmining ham nazariy, ham amaliy jihatlarini, xususan, nag’malar, bo‘dlar, jinslar, jamlar, alhon, iyqo, musiqiy janrlar, musiqiy cholg’ular, kuylarning yaralishi kabi masalalarni qamrab oladi. Ularda, odatda, kuylarning yaralishiga bag’ishlangan “Ilmi ta’lif” nomli maxsus bo‘lim yoki maqola mavjud bo‘lgan. “Ilmi ta’lif (arab. ta’lif ilmi) – qadimiy musiqa risolalarida kuyni yaratish masalalaridan baxs etuvchi qismi, sohasi”4 hisoblanadi. “Ilmi ta’lif” haqida ilk nazariy-amaliy ma’lumotlarni “Sharq Arastusi”, “Ikkinchi muallim” nomlari bilan fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega bo‘lgan buyuk mutafakkir olim Abu Nasr Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” risolasidan topish mumkin. Keyinchalik Ibn Sinoning “Najot kitobi”, Safiuddin Urmaviyning “Sharafli risola” va “Musiqa va ritm doiralari kitobi”, Mahmud Sheroziyning “Deboj ko‘rkidagi toj durri gavhari”, Abdulqodir Marog’iyning “Kuylarning o‘rni” va “Kuylar to‘plami”, Abdurahmon Jomiyning “Musiqiy risolasi” va boshqa allomalar asarlarida kuy yaratilishi “ilmi ta’lif” ni o‘rganish masalalari bo’yicha qimmatli amaliy ko‘rsatmalar berilgan hamda oldin ijod qilgan va zamonasining mashhur bastakorlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, yuqorida nomlari keltirilgan manbalarni tadqiq qilish hamda mavzu yuzasidan o‘rganishlar natijasida bastakorlik san’atining VI asrdan to XIV asrgacha bo‘lgan davri va bastakorlik amali bilan shug’ullangan musiqachilar 2 Qarang: Мец А. Мусульманский ренессанс. Москва, “Наука”, 1966. 3 Орипов З. X-XV асрлар Марказий Осиё мусиқа манбашунослиги. Тошкент, 2017, 4-бет. 4 Ражабов И. Шарқ мусиқа атамаларининг қисқача луғати. Нашрга тайёрловчи махсус муҳаррир изоҳлар муаллифи О.Иброҳимов. “TAMADDUN” нашриёти, Тошкент, 2003, 81-бет. 186 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MOD
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bastakorlik ijodiyoti xususida qadimgi musiqiy risolalar, tazkira va adabiy asarlardan bizgacha yetib kelgan qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bastakorlik ijodiyoti xususida qadimgi musiqiy risolalar, tazkira va adabiy asarlardan bizgacha yetib kelgan qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmi ta’lif, musannif, tazkira, “kuychi-kompozitor”., bastakor, mulahhin, risola
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026