Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KONSESSIYALAR SHARTNOMASI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Xasanova Xusnoraxon Faxriddinovna
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan keyin K. amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻienergetika mahsulotlarini joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi. Iqtisodiy qudratli davlatlar oʻzlarini xom ashyo resurslari bilan taʼminlash hamda siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy K.lardan keng foydalanadi. 20-asrning 90-yillarida Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjonda neft konlarini rezvedka qilish va ishga tushirish boʻyicha AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kompaniyalariga K. berilishi bunga misol boʻla oladi. Rivojlangan mamlakatlarda K.lar bilan bir qatorda chet el kapitali ishtirokidagi qoʻshma korxonalar paydo boʻlmoqsa; 2) yangidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar sotuvini tashqil qilgani uchun banklar oladigan haq. Konsessiyalar to‘g‘risidagi bitim yozma shakldagi shartnoma turi bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi investorga davlat nomidan maxsus ruxsatnoma beradi. Ushbu ruxsatnomaga ko‘ra, konsessioner ma'lum turdagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, konsessionerga mol-mulk obektlarini, yer (uchastkalari) maydonlari, yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini ham beradi konsessiya to‘g‘risidagi imzolangan bitim asosida, o‘z navbatida investor barcha ishlarni o‘z hisobidan moliyalashtirish hamda barcha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga oladi. Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart: konsessiya to‘g‘risidagi bitimning taraflari haqidagi; konsessiya to‘g‘risidagi bitimning predmeti haqidagi; 87 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference taraflarning majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risidagi; konsedent va konsessioner o‘rtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi haqidagi; konsessiya obektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan konsessiya to‘g‘risidagi bitimga muvofiq boshqa o‘tkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, undan foydalanilishi va unga xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan konsessiya obektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari to‘g‘risidagi; konsessiya loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) muddatlari va tartibi haqidagi; taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va konsessiya loyihasi bo‘yicha huquqlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, shuningdek ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi haqidagi; konsessiya loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer uchastkalarini berish tartibi va tartib-taomili to‘g‘risidagi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi; xususiy sherik tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va ularni o‘zgartirish shartlari to‘g‘risidagi; taraflarning o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlash usullari, miqdorlari va muddatlari haqidagi; konsessiya to‘g‘risidagi bitimning muddati, bu muddatni belgilash tartibi haqidagi; haq to‘lash, erkin foydalanilish uchun to‘lov, foydalanganlik uchun to‘lov, konsessionerning konsedentga to‘lovining va (yoki) boshqa to‘lovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni to‘lash tartibi, shu jumladan konsessiya loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarning taqsimlanishi haqidagi; konsessiya to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi haqidagi; konsessiya to‘g‘risidagi bitimni tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin tugatilganlik uchun to‘lov miqdori va tartibi haqidagi; konsessiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi; sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatlar haqidagi; loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi; 88 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference taraflarning konsessiya to‘g‘risidagi bitimga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi; nizolarni hal etish tartibi haqidagi; O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan qo‘llaniladigan shartlar to‘g‘risidagi; ishontirishlar va kafolatlar haqidagi; konsessioner ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va konsessionerning hamda uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi; maxfiylik
Доказательный фрагмент
«Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yok…»
Образец извлечения
Демо-превьюKonsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yok… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konsessiya risidagi, haqidagi konsessiya, tartibi haqidagi, amalga oshirish, risidagi bitimning, risidagi bitimga, konsessiya loyihasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026