К содержанию
РецензированоRU2026

JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKOʻL QOʻZILARINING TIRIK VAZN VA EKSTERER KOʻRSATKICHLARI

D. Maxammatova (tayanch doktorant, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti) · A. Gaziyev (ilmiy rahbar, bo‘lim mudiri, q.x.f.doktori, professor Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti)

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

В статье описаны результаты оценки каракульских ягнят Джангелдинского заводского типа по живой массе и экстерьерным показателям. Полученные результаты биометрически обработаны и обосновываются на основе цифр. Ключевые слова. Каракульские овцы, заводской тип, живая масса, показатели экстерьера, генотип. Qorako‘lchilik chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qorako‘lchilikning ahamiyati shundan iboratki, uning rivojlanish hududi og‘ir ekstremal sharoiti bilan ta’riflanuvchi cho‘l mintaqalari hisoblanadi. Ushbu sharoitda qorako‘l terilari, go‘sht, jun, po‘stinbop qo‘y terilari ishlab chiqaradi. Shu bois aholining go‘sht mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirishda qorako‘l qo‘yining o‘rni ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy- tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Ma’lumki, qishloq xo‘jalik hayvonlarining tirik vaznining o‘zgarishi, o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq xususiyatlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida o‘sish va rivojlanish ma’lum qonuniyat asosida amalga oshadi. Oʻsish–hayvonlar miqdor ko‘rsatkichlarining ortishi, ya’ni tirik vaznining ortishidir. Rivojlanish esa hayvonlar organizmidagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishidir, bu jarayonda hayvon organizmidagi organlarning shakllanishi tushuniladi. 73 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ta’kidlash lozimki, turli genotiplarga mansub organizmlar tirik vazn, o‘sish va rivojlanish va boshqa xususiyatlari bilan bir–biridan farq qiladi. Bunday holatni o‘rganish ularning imkoniyatlarini aniq baholashga zamin yaratadi. Tadqiqotning maqsadi Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining tirik vazn ko‘rsatkichlari va mahsuldorlik xususiyatlari o‘rganish hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti va usullari. Tadqiqotlar Buxoro viloyati, Peshku tumani “Jongeldi qorako‘lchilik” MChJ da urchitiluvchi jongeldi zavod tipiga mansub qora rangli qorako‘l qo‘ylaridan olingan avlodlarda olib borildi. Avlodlarda tirik vazn va eksterer ko‘rsatkichlari umumqabul qilingan zootexniyaviy usullar yordamida, shuningdek “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” (S.Yu.Yusupov va boshqalar, 2021) asosida ko‘z bilan ko‘rish, millimetrli lineyka hamda tirik vazni o‘lchov tarozisida o‘lchanib, qo‘ylarning genotipik holati aniqlandi. Olingan ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida matematik ishlov berilib, (N.A.Ploxinskiy, 1969) o‘rtacha arifmetik qiymati (X) va uning xatosi uning xatosi (Sx) aniqlandi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar davomida jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni yosh toifasida o‘rganildi. Yuqorida qayd etilganidek, tadqiqotlarda olingan avlodlarning tug‘ilgandagi va 4,5 oylik yoshidagi tirik vazni aniqlanib, olingan ma’lumotlarga biometrik ishlov berildi. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi 1-jadvalda umumlashtirilgan. 1-jadval Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni Tirik vazni, kg Guruhlar n X±Sx Cv Tug‘ilgandagi tirik vazni 30 4,14±0,06 8,69 4,5 oylik yoshidagi tirik vazni 30 25,49±0,09 2,07 Jadval ma’lumotlari avlodlarning tug‘ilgandagi hamda 4,5 oylik yoshidagi tirik vazn ko‘rsatkichlari orasidagi tafovut qo‘zilarning tug‘ilgandan boshlab onasidan ajratilguncha jadal o‘sib borganligini ko‘rsatadi. Buni qo‘zilar tug‘ilgandan boshlab 4-4,5 oylik yoshigacha ona suti bilan oziqlanganligi hamda organizmdagi mavjud suyaklar bo‘sh va o‘sishga moyilligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. Albatta bundan tashqari turli tashqi omillar, jumladan asrash, oziqlantirishning ham tirik vaznning o‘sishiga bevosita ta’siri mavjud. 74 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shuningdek tadqiqotlar davomida avlodlarning ekster’er ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Ma’lumki qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekster’er ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan qorako‘l qo‘ylarida zotdorlik, konstitutsiya tipi hamda o‘sish va rivojlanishni baholashda ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqot natijalari 2-jadvalda o‘z aksini topgan. 2-jadval Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining eksterer ko‘rsatkichlari Tana o‘lchamlari, sm Гурухлар n Tug‘ilganda 4,5 oylikda X±Sx Cv X±Sx Cv Gavda qiya uzunligi 30 28,4±0,09 1,90 50,6±0,15 1,68 Ko‘krak aylanasi 30 38,9±0,12 1,72 70,9±0,18 1,46 Ko‘krak kengligi 30 15,1±0,07 2,58 21,0±0,13 3,52 Ko‘krak chukurligi 30 11,3±0,09 4,60 21,6±0,11 2,96 Poycha aylanasi 30 5,18±0,08 9,26 5,49±0,06 6,37 Qarchigay balandligi 30 35,2±0,12 1,87 55,5±0,07 0,70 Jadval ma’lumotlari avlodlarning eksterer ko‘rsatkichlari orasida yoshga xos bo‘lgan ko‘rsatkichlar aniqlanganligi hamda sezilarli farqlanishlar kuzatilmaganligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar nisbiy bo‘lib, paratipik omillar (oziqlantirish va asrash) ta’sirida ma’lum darajada o‘zgarishga uchrashi mumkinligini aytish lozim. Xulosa. Bajarilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha jongeldi

Доказательный фрагмент

«В статье описаны результаты оценки каракульских ягнят Джангелдинского заводского типа по живой массе и экстерьерным показателям.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье описаны результаты оценки каракульских ягнят Джангелдинского заводского типа по живой массе и экстерьерным показателям. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Каракульские овцы, заводской тип, живая масса, genotip., zavod tipi, Qorako‘l qo‘ylari, eksterer ko‘rsatkichlari, tirik vazn
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники