Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
UCHUNCHI RENESANS: TA’LIM JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA MULTIMEDIANING O’RNI VA ROLI
Shermanov Isobek Chilmamatovich
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mediata’limning asosiy shakllari, qo‘llaniluvchi sohalarining o‘ziga xos jihatlari, mediata’lim usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: renesans, uchunchi renesans, media, mediata’lim, multimedia, ta’limda iste’mol va qoniqish. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan o‘zining munosib o‘rnini egallashi sari dadil qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, shubhasiz, shu mustaqillikka va uning porloq istiqbolini ta’minlovchi inson omillarining ahamiyati tobora ortib boraveradi. Shuning uchun ham, mustaqilligimizning ilk damlaridanoq, respublikamiz hukumati tomonidan mutaxassislar tayyorlash, yoshlarga tegishli ta’lim-tarbiya berish masalalariga alohida e’tibor berib kelmoqda. Talim tizimini rivojlanishi, barkamol shaxsga ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri berib borish jonkuyar pedagoglar qo‘lidadir. Shunday ekan, ularning kasbiy tayyorgarliklari, bajaradigan vazifalarini to‘g‘ri tashkil etish masalasi ahamiyatga molikdir. Hozirgi davrda pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi, ularning mahoratlarini yanada yuksaltirish, shart-sharoitlar yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa kasb ta’limi o‘qituvchilarga yuksak darajada mas’uliyat yuklaydi, eng avvalo pedagog uchun darsning sifat va samaradorligiga erishish muhim masalaga aylanmog‘i zarur[1]. Ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining axborot texnologiyalaridan foydalanishi ta’limning axborotlashuvida kundalik talabni keltirib chiqaradi, bu esa, o‘z navbatida kasb ta’limi o‘qituvchisidan yangi axborotlar muhitida bemalol ishlay oluvchi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni talab etadi. Ma’rifatli jamiyatni barpo etish, buyuk allomalarimizning azaliy orzusi bo‘lganligini mustaqillik sharofati tufayli va uni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga kelganligini inobatga olgan holda Prezidentmiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginning o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida “Men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, mualim”[2], deb ta’kidlashi bejiz emas edi. Shuningdek, “Ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, ta’lim-tarbiyani rivojlantirish, ma’rifatli jamiyatni barpo etish asosida taraqqiyot strategiyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi shaxsni voyaga yetkazish – pirovard maqsadi inson manfaatlarini ta’minlash bo‘lgan islohotlarimizning eng muhim vazifalaridandir”[1, 290] degan ko‘rsatmalari demokratik jamiyatni barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz va chet elda ishlab chiqilgan mediata’lim modellarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: asosan media-ta’limning madaniy, estetik, ijtimoiy -madaniy nazariyalariga asoslangan ta’lim va axborot modellari (nazariya va tarixni o‘rganish, media -madaniyat tili va boshqalar); tarbiyaviy va axloqiy modellar (axloqiy, diniy, falsafiy muammolarni ommaviy axborot 65 vositalari asosida ko‘rib chiqish), asosan axloqiy, diniy, mafkuraviy, ekologik va media ta’limining boshqa nazariyalariga asoslangan; asosan “iste’mol va qoniqish” nazariyasi va media-ta’limning amaliy nazariyasiga asoslangan amaliy-utilitar modellar (media-texnologiyani amaliy o‘rganish va qo‘llash); estetik-badiiy va madaniy nazariyaga asoslangan estetik modellar (birinchi navbatda badiiy didni rivojlantirish va media madaniyatining eng yaxshi asarlarini tahlil qilishga qaratilgan); ijtimoiy-madaniy modellar (asosan ijodkorning idrok, tasavvur, vizual xotira, talqin, tahlil, mustaqil, tanqidiy fikrlash nuqtai nazaridan har qanday turdagi va janrdagi matnlarga nisbatan ijtimoiy-madaniy rivojlanishi) Shu bilan birga, bu modellar va nazariyalar har doim ham sof shaklda mavjud emas, lekin ko‘pincha o‘zaro bog‘liqdir. Ommaviy axborot vositalarining keng tarqalishi, yangi axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bizning fikrimizcha, zamonaviy sharoitda deyarli barcha mavjud mahalliy va xorijiy media -ta’lim modellarini muvaffaqiyatli qo‘llash va ishlab chiqish, ularni birlashtirish va sintez qilish imkonini beradi. Media ta’limi Yu.N.Usovning fikriga ko‘ra, “o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari va axborotdan (bosma, radio, kino, televidenie, video, kompyuter texnologiyalari, fotografiya) foydalanish tizimi”[3]. Rivojlanish tizimining o‘zi, bilimlarni to‘playdigan an'anaviy ta’lim mavzularidan farqli o‘laroq, birinchi navbatda, o‘quvchining hissiy va intellektual rivojlanish jarayonini, uning imkoniyatlarini simulyatsiya qiladigan badiiy va ijodiy faoliyat amaliyotini nazarda tutadi. Shuningdek, "audiovizual madaniyat kontseptsiyasi maktab o‘quvchisining ekran san'ati asosida estetik rivojlanish darajasining ma'lum tizimi sifatida: ehtiyojlar, ta’lim, audiovizual tafakkur" kiritildi. Kontseptual asos: media ta’limining estetik va madaniy nazariyasi. Maqsad: badiiy media matnlari asosida shaxsiy rivojlanish. Vazifalar: tomoshabinlarni estetik, audiovizual, emotsional intellektual tarbiyalash, rivojlantirish: har xil faol fikrlash turlari (obrazli, assotsiativ, mantiqiy,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mediata’limning asosiy shakllari, qo‘llaniluvchi sohalarining o‘ziga xos jihatlari, mediata’lim usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mediata’limning asosiy shakllari, qo‘llaniluvchi sohalarining o‘ziga xos jihatlari, mediata’lim usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mediata’lim, uchunchi renesans, renesans, media, multimedia, ta’limda iste’mol va qoniqish.
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021