American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
FIZIKANING TIBBIYOT SOHASIDAGI AHAMIYATI
Usmonov Saidjon Abdusubxon o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026
Аннотация
Materiya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir- biriga bog‘liq bo‘ladi, bu esa avvalgi fanlar qo‘shilishidan yangi fanlarning—biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib chiqishiga, shuningdek, bir fan yutug‘idan boshqa fanning rivoji uchun foydalanishga sabab bo‘ladi. Tibbiyot oliygohlari ilmiy izlanuvchilar va talabalarni, albatta, fizikaning tibbiyot fani bilan bo‘lgan aloqadorligi qiziqtiradi. Fizik bilimlarning, usullarning va apparatlarning tibbiyotda qo‘llanilishi ko‘p qirrali bo‘lib, quyida bu bog‘lanishning ba’zi bir asosiy jihatlarigina keltiriladi. Kalit so‘zlar: Fizika qonunlari, mukammal bilish, termodinamika, qon aylanishi, bug‘lanish, fazoviy o‘tishlar, dorilar, mexanika, potensiallar. Inson organizmida sodir bo‘ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lishiga qaramay, ular orasidan ko‘pincha fizik jarayonga yaqin bo‘lganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Masalan, qon aylanishi kabi murakkab fiziologik jarayon aslida fizik jarayondir, chunki bu jarayon (tebranishlar va to‘lqinlar) yurakning mexanik ishi (mexanika), biopotensiallarning generatsiyasi (elektr) va hokazolar bilan bog‘liq. Nafas olish gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug‘lanish (fazoviy o‘tishlar) va hokazolar bilan bog‘liq. Organizmda fizik makrojarayonlardan tashqari, xuddi jonsiz tabiatdagi kabi molekular jarayonlar ham sodir bo‘ladi va ular biologik sistemalarning holatini belgilaydi. Bunday mikrojarayonlarning fizikasini tushunish organizm holatini, ba’zi bir kasalliklarning tabiatini tushunish, dorilarning ta`sirini va shu kabilarni to‘g‘ri baholash uchun zarurdir[1]. Bu masalalarning hammasida fizika biologiya bilan shu darajada bog‘langanki, tibbiyot masalalarini tushunish uchun fizika qonunlarini mukammal bilish talab etiladi[2]. Bu fan tirik organizmdagi fizik jarayonlarni aniq va chuqur tushunishga, shuningdek, biologik sistemalarning ultrastrukturasini tashkil qilishining hamma jabhalarida-submolekular va molekulardan to to‘qima va to‘liq organizmgacha tarkibiy qismlarning tabiatini o‘rganadi. Kasallik diagnostikasining va biologik sistemalarni tadqiq qilishning fizik usullari. Diagnostika va tadqiqotlarning ko‘pgina usullari fizik prinsiplar va g‘oyalardan foydalanishga asoslangan. Ko‘pgina zamonaviy tibbiy asboblar tuzilishiga ko‘ra fizik asboblardir. Buni ko‘rsatish uchun o‘quvchiga o‘rta maktab kursidan ma’lum bo‘lgan ba’zi bir misollarni qarab chiqish kifoya. Mexanik kattalik-qon bosimi bir qator kasalliklarni baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichdir. Manbayi organizmning ichkarisida bo‘lgan tovushlarni eshitish a’zolarning kasalligi yoki sog‘ligi haqida axborot olish imkonini beradi. Ishlashi simobning issiqlikdan kengayishiga asoslangan tibbiyot termometri-keng tarqalgan diagnostik asbobdir. Keyingi yillarda elektron qurilmalarning rivojlanishi natijasida tirik organizmda hosil bo‘layotgan biopotensiallarni yozib olishga asoslangan diagnostik usullar keng tarqalmoqda. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan usul–elektrokardiografiya-yurak faoliyatini aks ettiruvchi biopotensiallarni 116 yozishdir. Mikroskopning tibbiy va biologik tadqiqotlardagi ahamiyati hammaga ma’lum. Tolali optikaga asoslangan zamonaviy tibbiy asboblar organizmning ichki bo‘shliqlarini ko‘rishga imkon bermoqda. Spektral analiz usulidan sud ekspertiza, adliyaviy tibbiyotda, gigiyenada, farmokologiyada va biologiyada foydalaniladi; atom va yadro fizikasining yutuqlari diagnostikadagi ancha mashhur metodlar: rentgenologik diagnostika va nishonlangan atomlar usullari ham ko‘pchilikka ma’lum va mashxurdir. Davolash maqsadida organizmga fizik omillar bilan ta’sir qilish. Tibbiyotda qo‘llaniladigan turli davolash usullari ichida davolashning fizik omillari ham o‘rin topmoqda. Ularning ba’zilarini ko‘rsatib o‘tamiz. Suyak sinishlarida foydalaniladigan gipsli bog‘lanishlar yordamida shikastlangan organlarni qo‘zg‘almas holatga keltiriladi. Davolash maqsadida sovitish (muz) va isitish (grelka) issiqlik ta’siriga asoslangandir. Elektr va elektromagnit ta’sirlar fizioterapiyada keng qo‘llaniladi. Davolash maqsadida ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan (ultrabinafsha va infraqizil), rentgen va gamma-nurlanishlar qo‘llanilmoqda. Tibbiyotda foydalaniladigan materiallarning fizik xossalari. Biologik sistemalarning fizik xossalari. Tibbiyotda ishlatilayotgan bog‘lamchalar, asboblar, elektrodlar, protezlar va hokazolar tashqi muhit ta’sirida va shu jumladan biologik muhit ta’sirida ishlaydi. Bunday asboblarni real sharoitda ishlatish mumkinligini baholash uchun ular tayyorlangan materiallarning fizik xossalari haqidagi ma’lumotlarni, masalan, protezlar (tishlar, tomirlar, klapanlar) tayyorlash uchun mexanik mustahkamlikni, ko‘p karrali yuklanishlarga chidamlilikni, elastiklikni, issiqlik o‘tkazish qobiliyatini, elektr o‘tkazuvchanlikni va boshqa xossalarni bilish muhimdir. Qator hollarda biologik sistemalarning yashovchanlik xususiyatlarini yoki ma’lum tashqi m
Доказательный фрагмент
«Materiya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir- biriga bog‘liq bo‘ladi, bu esa avvalgi fanlar qo‘shilishidan yangi fanlarning—biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib c…»
Образец извлечения
Демо-превьюMateriya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir- biriga bog‘liq bo‘ladi, bu esa avvalgi fanlar qo‘shilishidan yangi fanlarning—biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fazoviy o‘tishlar, Fizika qonunlari, potensiallar., mukammal bilish, qon aylanishi, termodinamika, mexanika, bug‘lanish, dorilar
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021