Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
GAZETADA REPORTAJ JANRI
GAZETADA REPORTAJ JANRI · Allamuratov N.E. · Shamuratova S.
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 197-199 · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy ishimiz reportaj janri tiliga qaratilgan. Reportaj janri tilining nazariy qarashlari va bugungi kunda reportaj janrining qaysi janrlar bilan konvergentlashuvi yoritib berilgan. Reportaj janriga qo’yilgan talablar buzilgan yoki buzilmagan holatlar “Ma’rifat” gazetasi misolida yoritildi. Kalit so’zlar: Ma’rifat gazetasi, reportaj, konvergentlashuv, sintezlashuv, investitsiya, intervyu, yangilik. Reportaj soʻzi fransuz tilidan olingan boʻlib, „xabar bermoq“, „xabardor qilmoq“ degan maʼnolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda reportaj ikki ma’noni bildiradi: radio va televideniye orqali voqea sodir boʻlgan joydan olib borilayotgan eshittirish yoki koʻrsatuv; vaqtli matbuotda yoritilgan mahalliy mavzulardagi qisqa xabar va axborot. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida shunday ta’rif berilgan: „Reportaj - matbuot, radio, televideniyeda: sodir boʻlayotgan voqea- hodisalardan olib boriladigan mahalliy mavzulardagi xabar, maqola. Reportaj aks ettirayotgan obekti nuqtai nazaridan voqea reportaji, muayyan mavzuga bag‘ishlangan reportaj, muammoli reportaj, reportaj-sharh kabilarga boʻlinadi. Reportaj qaysi ommaviy axborot vositasida berilishiga qarab gazeta reportaji, jurnal reportaji, radioreportaj va telereportaj kabi xillarga boʻlinadi. Reportajda voqea joyi tasviri ham muhim oʻrin egallaydi. Joy tasviri va tantanavor ruhni berish uchun obrazli ifodalar, taʼsirchan-ekspressiv boʻyoqdor soʻzlar, oʻxshatishlar, sifatlashlardan unumli foydalaniladi. Kishilar bilan muloqotning jonliligini taʼminlash maqsadida dialoglar ham ishlatiladi, voqea qatnashchilarining nutqi beriladi. Chunki reportajda qahramonlar soʻzi muhim ahamiyatga ega. Yangilik reportajning asosi hisoblanadi. Ma’lum voqea-hodisa, faktlar hamda tezkorlik bilan voqea sodir boʻlgan joydan tayyorlangan material reportajning mag‘zini tashkil etadi. Unda voqea joyi tasvirlanadi, jonli muloqotlar beriladi, koʻpincha, materiallarda tantanavorlik aks etadi. Reportajning asosini axborot tashkil etadi va xabar berish asosiy oʻrinni egallaydi, voqea-hodisa, faktlar tahlil qilinmaydi. Reportaj koʻp jihatdan ocherkka yaqin turadi. Ocherk ham, reportaj ham dalil va voqealarning guvohi boʻlgan kishi tomonidan yoziladi. Lekin ocherk oʻzining publitsistik ruhi, chuqur fikr yuritish va tahlili bilan reportajdan farq qiladi. Reportajda esa ortiqcha tasvir boʻlmasligi kerak, u yorqin va loʻnda boʻlishi zarur. Reportajning oʻziga xosligi uning tili va uslubida ham koʻrinadi. U jonli, hayajonli tarzda yozilganligi uchun ham gazetxonga tez taʼsir qiladi. Reportaj dabdabali, balandparvoz soʻzlar bilan yozilsa, uning taʼsirchanligi yoʻqoladi. Shuning uchun ham jurnalistlar reportaj tili va uslubiga alohida eʼtibor bilan qaraydilar. Reportajda qahramonlar xarakterini ochish emas, balki voqeani jonli, tantanavor tasvirlash muhimdir. Reportaj janrining xususiyatlaridan biri shuki, unda ta‘sirchan, koʻp ma‘noli soʻzlar, soʻz birikmalari koʻp ishlatiladi. Misol tariqasida Ma’rifat gazetasidagi reportajlardan qisqacha keltirib o`tamiz. Jumladan ma’rifat gazetasining 28.02.24 sonida 48 Shahnoza Yangiboyevaning: “34 yil investitsiya kutgan maktab” reportaji koʻzga tashlanadi. Reportaj rasmlar bilan boyitilgan, ahamiyatlisi tanqidiy reportaj yozilgan. Unda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 22-sonli maktab 34 yildan buyon ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Bu yerda 115 nafar o‘quvchiga 30 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Asosiysi o‘qituvchilarning 15 nafarigina oliy malumotli, qolganlari esa o‘rta ma’lumotli. Reportaj janrida har doim uchraydigan holat, intervyu bilan ham bu reportajda uchrashamiz. Shu maktabning matematika fani o‘qituvchisi Chorshanbi Boysoatov maktab ahvoli, unga kelib ketuvchi tekshiruvchilarning, kamchiliklarni ko‘rmay, ko‘rsada nazarga ilmay ketayotganligidan shikoyat qiladi. Reportaj tiliga keladigan bo‘lsak, quruq faktlar bilan qolmay, “Tanasi boshqa dard bilmas” iborasi bilan boshlab, ta’sirchanlikni yanada oshirgan. Nazira Boymuratovaning “Qorayantoq faxri” reportajida, oddiy ovul fuqarolarining yashash tarzi keltiriladi. Bu reportaj tili ham lug‘aviy shakllar bilan boyitilgan, ya’ni: “Bolajonlar, yuraklarim, shirintoylar” kabi erkalash-kichraytirish til vositalaridan foydalanilgan. Nargiza Rixsiyevaning “Kelajak gʻunchalari” reportajida, Yunusobod tumani 1- maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbirdan hikoya qilinadi. Bu yerda 16 nafar tarbiyachi 190 nafar bolaga tarbiya berib kelayotganligi aytiladi. Bu reportajda ham erkalash- kichraytirish uslublaridan foydalanilgan, kichkintoylar so‘zi qo‘llanilgan. Reportaj janri tilini o‘rganish mobaynida quyidagicha xulosaga keldik. 1. Reportaj janri media tilining barcha jabhalaridan keng ko‘lamda foydalana oladi. 2. Reportaj janri orqali soha terminlari kirib kelishi kuchaygan. 3. Reportaj janri bugungi kunda yangilik va intervyu janri bilan sintezlashib konvergent tushunchaga aylanib bormoqda.
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy ishimiz reportaj janri tiliga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy ishimiz reportaj janri tiliga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intervyu, Ma’rifat gazetasi, reportaj, konvergentlashuv, sintezlashuv, yangilik., investitsiya
Смежные источники
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchPAGE NO. -, Harobotiy's Enlightened Words +22025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021