К содержанию
РецензированоUZ2026

BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA DIVERGENT TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH

TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH · Adizova Nigora Baxtiyorovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

In this article, we were able to determine the specific features of the purpose, content and process of students' creative activities. The process of formation of creative activity in elementary school students is organized as specific educational situations and embodies the mechanisms of student personality development. As a result of introducing students to educational situations that develop creative activity skills, it is noted that they experience the formation of a positive attitude towards the educational process. Key words: divergent, creative thinking, critical thinking, attention, perception, association process, thinking, motive, activity, creative thinking, independent, heuristic, learning, didactic games, pedagogical technology. Kirish. Respublikamiz ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirish masalasi jamiyat a’zolari uchun mustaqil fikrlash, o‘z qarashlari va nuqtayi nazarlarini bayon qilish imkoniyati sifatida baholanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi yo‘nalishlar belgilangan. Ana shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy layoqatlarini barvaqt aniqlashning didaktik tizimini yaratish, nazariy metodik jihatdan 147 ` asoslash hamda bunda ijodiy faoliyatni tashkil etish metodlarini qo‘llashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik shart-sharoitlarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi[2.103-108-b]. Kreativ, ya’ni kreativ faollik keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, shaxs bilan bir qatorda jamiyat taraqqiyotini ham ta’minlaydi. Insonning ijodiy, yaratuvchilik faolligi uning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi. Jamiyat hayotida ijod ilm-fan va san’atda yangi topilmalar, ixtirolarning vujudga kelishini ta’minlaydi. Buning natijasida yangi ijtimoiy dasturlar vujudga keladi. Kreativlik (ijodiylik) (lot. creation – yaratuvchanlik, ijodkorlik) –qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon; shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy qobiliyati. Kreativlik shaxsning ijodiy layoqatlari bilan bevosita bog‘liq. Kreativlikni o‘rganishda 2 turdagi metodlardan foydalaniladi: 1. Shaxsning ijodiy layoqatlarini tashxislashning kam shakllangan metodlari yordamida o‘rganish. Ular sirasiga kuzatish, suhbat, ijodiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, biografik metodlarni kiritish mumkin. 2. Kreativlikni qat’iy tarzda ishlab chiqilgan metodlar yordamida tatqiq qilish. Dj.Gilford o‘tgan asrning 50-yillarida kreativlikning 16 ta belgisini ajratib ko‘rsatgan edi. Mazkur belgilar intellektual testlar yordamida aniqlanmaydi: 1. Fikrning jadalligi – vaqt bilan fikrning uyg‘unligida vujudga keladigan g‘oyalar, bir g‘oyadan ikkinchi bir betakror g‘oyaga o‘tish layoqati, standart g‘oyalardan farqli g‘oyalarni vujudga keltirish layoqati. 2. Farazlarni ishlab chiqish layoqati va uning vujudga kelishiga turtki bermaydigan, mantiqiy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lmagan holatlar 3. Qiziquvchanlik – atrof-olamdagi muammolarga nisbatan sezuvchanlik. Dj.Gilford bularning barchasini divergent tafakkurning tavsifi sifatida asoslagan [3.191-204-b]. Divergent tafakkur muammolar ochilganda, kashf etilganda vujudga kelganda, biroq shaxsda uni yechish layoqati mavjud bo‘lmaganda hosil bo‘ladi. Konvergent tafakkur – oddiy mantiqiy yechimlardan iborat bo‘lib, u allaqachon ma’lum bo‘lgan yechimlarga tayanadi. Bunda o‘qituvchi topshiriqlarni muayyan shaklga keltiradi. Ko‘plab mutaxassislar ijodiy layoqat va shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammolarini tadqiq qilganlar. Biroq kretivlikni tashxislash sohasida ilmiy tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan. Faqatgina D.B.Bogoyavlenskayaning tadqiqotlarida bu yo‘nalishda ayrim fikrlar ilgari surilgan. U ijodiy layoqatning asosiy ko‘rsatkichi sifatida “intellektual tashabbus”ni ajratgan. Bogoyavlenskaya intellektual tashabbusni aqliy layoqat hamda shaxsning motivli tarkibi sifatida baholagan. Mazkur layoqat ijodkor shaxsning davomli fikriy operatsiyalar jarayonida o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni yechishida namoyon bo‘ladi. D.B.Bogoyavlenskayaning g‘oyalari asosida kreativ fikrlash ko‘lami tushunchasi vujudga keldi. Bu esa o‘quvchilarda tashqi ta’sirlarsiz ijodiy g‘oyalarning vujudga kelishi va uning nazariy jihatdan umumlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Axborotlar ko‘lami kengayayotgan bugungi kunda o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni hamda kreativ faollikni shakllantirish zarurati kuchaymoqda. Shubhasiz, har qanday faoliyatni amalga oshirish jarayoni

Доказательный фрагмент

«In this article, we were able to determine the specific features of the purpose, content and process of students' creative activities.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, we were able to determine the specific features of the purpose, content and process of students' creative activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
divergent, creative thinking, critical thinking, attention, perception, kreativ fikrlash, ijodiy fikrlash, motiv, evristik, tafakkur, mustaqil, pedagogik texnologiya., diqqat, ta’lim-tarbiya, idrok, faoliyat, tanqidiy fikrlash, assotsiatsiyalar jarayoni, didaktik o‘yinlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники