К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY-MA’RIFIY MUHITNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

TAKOMILLASHTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI · Kunisheva Nadira Julanovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasida ma’naviy sohani yangi bosqichga ko‘tarish va ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilish shartlari va konseptual asoslari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, umummilliy qadriyat, ma’naviy makon, ma’naviy muhit, ma’naviy tahdid, ma’naviy ozuqa va b. Yangi O‘zbekistonni barpo etish-bu shunchaki xohish-istak, subektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan xalqimizning asriy orzu- intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan obektiv zaruratdir [1,3- b]. Mamlakatimiz bugun yangi rivojlanish strategiyasi sari qadam tashlar ekan, o‘z o‘rnida ma’naviy va ma’rifiy sohalarni ham zamon bilan hamnafas bo‘lgan bosqichga olib chiqish va uning konseputal asosini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib oldi. Yangi taraqqiyot, yuksalish sari qadam tashladik. Dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatorida turish, fuqarolik jamiyatini barpo qilishdek maqsadni o‘z oldimizga qo‘ydik. Bu sohada esa ma’naviy-ma’rifiy sohalarga alohida e’tibor va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish taqozo etildi. Bugun biz uchun ma’naviyat-insonlarni birlashtiradigan, orzu-maqsadlarini o‘zida ifodalaydigan, jamiyatning baqarorligi uchun hizmat qiladigan kuch deb bilamiz. Mamlakatimizda ma’naviy makonni yaratish, ma’rifatli jamiyat qurishga qatiy ahd qilindi. Globallashuv jarayoni tobora kuchayib, yangi ijtimoiy munosabatlar va sohalardagi o‘zgarishlar, yangilanishlar bevosita ma’naviy-ma’rifiy sohani ham chetlab o‘tmayotganini ko‘ramiz. [2,175-b] Buguni kunga kelib millat va ma’naviyatni asrash umuminsoniy muammolar qatoridan o‘rin oldi. G‘oyaviy, mafkuraviy, informatsion tahdidlar ma’naviyatga ham katta salbiy ta’sir o‘tkazayotganini kuzatmoqdamiz. Bu esa o‘z o‘rnida ma’naviy-ma’rifiy xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rishni taqozo qilmoqda. Bu kabi murak kab vazifani amalga oshirishda esa jamiyat a’zolari ma’naviy makonda birlashishlari, sa’y-harakat olib borishlari kerak. Umuminsoniy ma’naviyatni shakllantirish jarayonining o‘zi ham milliy ma’naviyatlar rivojlanishiga yordam beradi. Chunki bu jarayonda turli millat va elatlar teng huquq, xohish- irodasi va imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zlariga xos bo‘lgan eng muhim progressiv boyliklari bilan ishtirok etadilar. Ana shu jarayonda shakllanadigan umuminsoniy ma’naviyatda har bir millat boshqalarga zavq-shavq, ilhom va ma’naviy boylik bera oladigan jihatlarini rivojlanti rishga harakat qiladi va uni ommaviylashtirishda faol ishtirok qiladi. Uning zaminida zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zga millat va elatlar ongi va qalbini egallash maqsadi turmaydi, balki ma’nan tenglik, samimiylik, o‘zaro do‘stlik, qardoshlik, bir-birlarini ulug‘lash va o‘zaro boyitish kabi 94 ` umuminsoniy qadriyatlar tura di. Umuminsoniy ma’naviyatni millati, elati, yashash hududi, jinsi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, butun insoniyat o‘zining ilg‘or dunyoqarashi va amaliy faoliyati bilan shakllantiradi hamda uning inson bo‘lib yashashiga xizmat qiladi.[3,122-b] Eng xavfli tahdidlar sirasida biz ma’naviy tahdid ekanligini tan olishimiz kerak. Bugun biz uchun “beozor” yangiliklar,ayniqsa yoshlarni o‘ziga rom etuvchi “zavq-shavq”, “ma’naviy ozuqa” yoki “ruhiy ko‘tarinkilik” kabilarda kirib kelayapti. Shu boisdan ham ularning milliy ma’naviyatimizga bo‘lgan tahdidini aniqlashimiz murakkab kechmoqda. Ayni paytda globallashuv jarayonining jadallashuvi axborot tezligining oshib borishiga ham olib keldi. Uning bosimi ta’sirida yashashga maj bur bo‘layotgan insonlar o‘z millatining zamini, merosi, urf-odati, an’ana va qadriyatlarining jozibasidan bahramand bo‘lishlarining imkoniyatidan foyda lanish o‘rniga, tarqatilayotgan axborotlar girdobiga tushib qolmoqdalar. Agar bugun axborotlarning tezlashuvi jarayonini va insonlarning uning ta’siriga tushib qolish holatini kuzatadigan bo‘lsak, ularni quyidagi aniq ma’lumotlar da ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Internetdan foydalanuvchilarning qariyb 80 foizini yoshlar tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 80 foiz foy dalanuvchilar Onlayn «do‘st»larining fikrlariga yonidagi do‘stidan ko‘proq ishonch bildirar ekan. Har beshinchi bola bir haftada ijtimoiy tarmoqlar uchun taxminan 24 soat vaqt ajratishi ham aniqlandi... Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda balog‘atga yetmagan har Internet foydalanuvchisi haftaning bir sutkasi ni, qariyb yarmi esa shunga yaqinroq muddatni Internetda ijtimoiy tarmoqlarni «titkilash» bilan o‘tkazmoqda. Bu esa bolalarning bir kunda o‘rtacha 3,5 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlayotganligini anglatadi». Internetning bugun yovuz kuchlar manfaatlariga xizmat qilayotganligi ham o‘ta xatarli tus olmoqda. Jumladan, «Internet tarmog‘i bilan bog‘liq, ogoh bo‘lishga chaqiradigan yana bir ma’lumot shundan iboratki, hozirda global tizim tarkibida buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik maqsadini ko‘zlaydigan kuchlarning 7000 dan ortiq veb-sahifalari mavjud» [7].

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasida ma’naviy sohani yangi bosqichga ko‘tarish va ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilish shartlari va konseptual asoslari haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasida ma’naviy sohani yangi bosqichga ko‘tarish va ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilish shartlari va konseptual asoslari haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’naviy makon, umummilliy qadriyat, ma’naviy ozuqa va b., Yangi O‘zbekiston, ma’naviy tahdid, ma’naviy muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники