К содержанию
РецензированоUZ2026

TEXNIK O`SIMLIK MOYLARINI EPOKSIDLASH ORQALI POLIMERLAR UCHUN MODIFIKATORLAR OLISH

MODIFIKATORLAR OLISH · Kulbasheva X.X. · Mamatov Sh.Sh. · Norboyeva S.B.

Наука и технология в современном мире · 37 · 28-31 · 2026

Аннотация

The interaction of sunflower oil and its derivatives with hydrogen peroxide in the presence of formic acid was studied. It has been shown that a mixture of dihydroxy and epoxy derivatives is formed in different proportions depending on the synthesis conditions. In studying the composition of epoxidized vegetable oils, molecular structure, dynamics of intermolecular interactions, chemical reaction mechanism were studied using modern analytical methods (YMR, NMR). Key words: sunflower oil, epoxidation, formic acid, polyvinyl chloride, plasticizer, hydrogen peroxide, tetrabutyl titanate. Аннотация: Изучено взаимодействие подсолнечного масла и его производных с перекисью водорода в присутствии муравьиной кислоты. Показано, что смесь дигидрокси- и эпоксидных производных образуется в разных соотношениях в зависимости от условий синтеза. При изучении состава эпоксидированных растительных масел, молекулярной структуры, динамики межмолекулярных взаимодействий, механизма химических реакций изучались с использованием современных аналитических методов (ЯМР, РМР). Ключевые слова: подсолнечное масло, эпоксидирование, муравьиная кислота, поливинилхлорид, пластификатор, перекись водорода, тетрабутилтитанат. Kirish: Asosan bunday texnologiyalar uglevodorod zahiralari boʻlmagan yoki cheklangan hududlarda, shuningdek, muhim biomassa zahiralariga ega boʻlgan hududlarda (Shimoliy va Lotin Amerikasi, Evropa Ittifoqi, Janubiy -Sharqiy Osiyo va ba’zi Afrika mamlakatlari) ishlab chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda epoksidlangan oʻsimlik moyi hosilalarini moylash materiallari sifatida ishlatish uchun koʻplab sabablar mavjud. Epoksidlar sanoatda katta qiziqish uygʻotadi, chunki ular polimerlar, bogʻlovchi moddalar, smolalar va boshqa materiallarni tayyorlash uchun oraliq birikmalardir. Oʻsimlik moylari moylash materiallari sifatida, mineral xomashyoga asoslangan moylardan farqli oʻlaroq, biologik parchalanadigan va toksik boʻlmagan materialdir [2]. Tajribada kungaboqar moyi GOST 1.2-2009 boʻyicha, GOST 1706-78 boʻyicha chumoli kislota ishlatiladi. Buning uchun kolbaga 50 gr kungaboqar moyi va 7 gr chumoli kislota solindi 200 ayl/min tezligida aralashtirib turgan holda stakan sekin qizdirildi va 30 daqiqadan soʻng vodorod peroksid 30% lisidan 15 gr solindi. Harorat 70°C da 3 soat ushlab turildi. Vodorod peroksid 4 gr solindi. Soʻngra reaksion aralashmaga 3 soatdan soʻng yana aralashtirib turgan holda vodorod peroksid solindi va aralashtirib turildi. Olingan aralashma tindirilib 5% li natriy gidrokarbonat suvli eritmasi bilan yuvilib, ajratish varonkasida ajratildi. Organik faza 36 distirlangan suv bilan yuvildi. Organik fazaga aralashgan suv vakuum yordamida ajratib olinib, moy quritiladi. Olingan epoksidlangan moyning yod soni va epoksid soni aniqlanadi. Olingan aralashma tindirildi va probirkaga 5 gramm solib, moyli hammomda qizdirib turilgan holatda CO gazi oʻtkazildi, jarayon katalizator ishtirokida olib borildi. Ishda chumoli kislotasi, 2 shuningdek katta tonnali oʻsimlik moylari: Kungaboqar moyning, epoksidlanish jarayonilari oʻrganildi. Oksidlanish vodorod peroksid, tetrabutiltitanat katalizator yordamida amalga oshirildi, ular tegishli konsentrlangan kislotalar va vodorod peroksidning suvli eritmasi yordamida olindi. Oksidlanish kinetikasi peroksid birikmalarining toʻplanishi, yod qiymati va soni bilan baholandi. Quyidagi 3-rasmda epoksidlangan kungaboqar moyining YaMR tahlili keltirilgan. Unda 1, 1’; 2, 2’; 3, 3’; 4, 4’; 5¸ 5’; 6, 6’; 8, 8’; 9, 9’; 10, 10’; 11, 11’; 12 uglerodlarga tegishli signallari tegishlicha 143.49; 127.67; 113.93; 156.25; 113.93; 127.67; 68.67; 50.07; 44.53; 30.94; 41.59 m.u. sohalarda kuzatiladi. PMR spektrida epoksidlangan kungaboqar moyi molekulasidagi simmetrik 8, 8’ hamda 10, 10’ - simmetrik uglerod atomlarida joylashgan protonlarining dublet-dublet signallari tegishlicha 3.87-4,15 m.u. va 2,68-2,82 m.u. sohada va 2, 2’; 3, 3’; 5¸ 5’; 6, 6’-uglerod atomlarida joylashgan protonlarning signallari tegishlicha 7.11; 6.80; 6.80; 7.11 m.u. sohalarda kuzatiladi. 9, 9’ - simmetrik uglerod atomlaridagi protonlarning dublet-dublet-triplet signallari 3.28 m.u. sohalarda kuzatiladi. 11, 11’ - simmetrik uglerod atomlaridagi protonining singlet signali 1.61 m.u. sohasida kuzatiladi. (a) (b) 3-rasm. Olingan epoksidlangan kungaboqar moyining YaMR (a) va PMR (b) tahlili

Доказательный фрагмент

«The interaction of sunflower oil and its derivatives with hydrogen peroxide in the presence of formic acid was studied.»

Образец извлечения

Демо-превью

The interaction of sunflower oil and its derivatives with hydrogen peroxide in the presence of formic acid was studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sunflower oil, epoxidation, formic acid, polyvinyl chloride, plasticizer, hydrogen peroxide, эпоксидирование, tetrabutyl titanate., пластификатор, тетрабутилтитанат., подсолнечное масло, перекись водорода, поливинилхлорид, муравьиная кислота
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники