Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oilada muloqotchanlikka kirishishning psixologik jihatlari
Гулрукс Файзуллаева
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2000
Аннотация
Oilaviy hayot osoyishtaligi uchun eng maqbul bo‗lgan ijobiy psixologik muhit oila a‘zolari o‗rtasidagi to‗g‗ri muloqotga kirishish jarayoni hisoblanadi.Aksariyat,oilalardagi nizolar,arzimagan bahona bilan ajrashib ketish, hozirgi kunda avj olmoqda.Bularning tub ildizi,albatta,oilada muloqotchanlikka kirisha olmasdan to‗g‗ri muomala madaniyatining shakllanmaganligiga olib boradi.Ushbu maqolada aynan oilaviy munosabatlarda muloqot va muomala madaniyati borasida so‗z yuritiladi. 469 Kalit so‗zlar: Muloqot, oila, shaxs, jamiyat, muomala, individ, o‗smir. Muloqot-shaxslararo munosabatlarning asosiy ko‗rinishi bo‗lib,uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o‗zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o‗zaro axborot almashadilar, bir- birlariga ta‘sir o‗tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun ham muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma‘naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi.[1] Hozirgi kunda dolzarb bo‗lib borayotgan shaxslardagi muomalaga kirishuvchanlikning past darajada ekanligi, albatta, jamiyatning bir bo‗lagi bo‗lgan oilalarga borib taqaladi. Insonning tabiati shundayki, u atrofidagilar bilan muloqotda bo‗lmasdan yashay olmaydi. Bola tug‗ilganida uning onasi o‗zining mehrini muloqot orqali beradi.[1] Vaholanki, endigina dunyoga kelgan bolakay ham ilk bor onasi bilan muloqotga kirisha boshlaydi. U o‗zining dastlabki ehtiyojlarini yig‗lab yetkazishga harakat qilib,muloqotga kirishadi. Oilaviy munosabatlarning eng ta‘sirli, jozibali va muhim bo‗lagi-bu ona-bola munosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi.[2] Ya‘ni farzandlar ota-onaning mehrini, samimiy muomalasini chin dildan his qilib borar ekan, u ham oiladagi oila a‘zolari va jamiyatga shu iliq munosabatlarni qaytarib bera oladi. Bundan kelib chiqadiki, qachonki, oilada ota-onalar bolalariga chaqaloq davridan muloqotga kirisha boshlasa, uning keyingi yosh davrlarida muloqotga kirishuvchanligi osonlashadi. Biz, avvalo, oilalardagi tinch barqaror muhit yaratishni ko‗zda tutar ekanmiz, oiladagi er-xotinlar munosabatinigina emas, farzandlarning yosh psixologiyalari bilan birgalikda o‗rganishimiz zarur. Ko‗pincha ota- onalar farzandlarining yosh xususiyatiga qarab oilada to‗g‗ri muloqotga kirisha olmaydi. O‗smir yoshida bolalarda o‗tish yoshi bo‗lganligi uchun xarakter, xulq-atvor xususiyatlarida ham o‗zgarishlar ro‗y beradi. Bu paytda ota-onalar muomala madaniyatiga to‗g‗ri yondashishlari talab etiladi. Mamlakatimiz psixolog-sotsiologlarimiz tadqiqotlarida, oila tarbiyasida mavjud bo‗lgan turli kamchiliklarni tahlil etilgan: -bola tarbiyasida unga bo‗lgan diqqat va e‘tiborning yetishmasligi; -farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining yo‗qligi; -ota-onalar bilan farzandlar o‗rtasida o‗zaro tushunishning yo‗qligi va unga ikki yoqlama intilishning yetishmasligi; -ota-onalarning o‗g‗il va qiz bolalarga nisbatan qo‗pol muomalada bo‗lishlari; -ota-ona o‗rtasidagi o‗zaro tushunmovchiliklarning surunkasiga davom etib turishi;[3] kabilar jamiyatning oqsashiga sabab bo‗ladi. Zero, oila kichik vatan hisoblanadi. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o‗z xo‗jayinining ―Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so‗ng aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir‖,-deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo‗lishi yoki aksincha eng fojiali bo‗lishi ham mumkin.[4] Muloqotda buyruq ohangining ustunligi, do‗q-po‗pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo‗lish, suhbatdosh nomiga tez-tez bildirilib turiladigan e‘tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo‗l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o‗zaro raqobat (yoki hukmronlik-bo‗ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik, e‘tiborsizlik, qo‗pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi.[4] Shuning uchun o‗z menini anglay boshlayotgan farzandlarga bu tarzda muloqotga kirishish, ertangi kunda uning muloqotga kirishuvchanligida psixologik muammolarga duch kelishi mumkin. Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o‗zaro kelishuvli savol- javoblardan, o‗z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada o‗zaro yordam, o‗zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat bo‗lsa, unda bunday oilalarda do‗stona munosabatlar o‗rnatiladi, oilaviy hayot uchun eng maqbul bo‗lgan psixologik muhit yuzaga keladi.[4] 470 Oila o‗zaro munosabatlarning tarkib topishi va muomala odobi o‗sishi uchun zamin bo‗ladigan asosiy makondir. Yosh avlod ulg‗ayib borar ekan, ular bir oilaning boshlig‗i
Доказательный фрагмент
«Oilaviy hayot osoyishtaligi uchun eng maqbul bo‗lgan ijobiy psixologik muhit oila a‘zolari o‗rtasidagi to‗g‗ri muloqotga kirishish jarayoni hisoblanadi.Aksariyat,oilalardagi nizolar,arzimagan bahona bilan ajrashib ket…»
Образец извлечения
Демо-превьюOilaviy hayot osoyishtaligi uchun eng maqbul bo‗lgan ijobiy psixologik muhit oila a‘zolari o‗rtasidagi to‗g‗ri muloqotga kirishish jarayoni hisoblanadi.Aksariyat,oilalardagi nizolar,arzimagan bahona bilan ajrashib ket… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muloqot, oila, osmir, jamiyat, shaxs, muomala, individ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026