Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Sharq mutafakkirlarining oilada bolalar shaxsida etnopsixologik xususisyatlarni tarbiyalash haqidagi qarashlari
. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li · Murotmusaev Komiljon Buriboyevich
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 02 · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining oilada bolalar shaxsida etnopsixologik xususisyatlarni tarbiyalash haqidagi qarashlari bayon qilingan. Tayanch iboralar: Sharq xalqlari, islom tarbiyasi, buyuk allomalar va mutafakkirlar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ahloqiy, pedogogik-psixologik, moddiy qadriyatlar. ―Agar mendan sizni nima qiynaydi?- deb so‘rasangiz , farzandlarimizning ta‘lim -tarbiyasi‖- deb javob beraman. Sh.MIRZIYOYEV Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda tarbiya borasida to‘plangan tarbiya uslublari kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasida yuksak ma‘rifiy ahamiyatga ega. O‘zbek xalqi barcha Sharq xalqlari kabi oilaga, bola tarbiyasiga juda katta ahamiyat bergan. Bu an‘ana avloddan- avlodga xalq donishmandligining timsoli sifatida o‘tib kelgan va milliy madaniyatimizda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Islom ilmi bo‘yicha bolalar ota-onalar qo‘lida aziz va omonatdirlar. Shuning uchun ularga go‘zal tarbiya, yaxshi xulq o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozimligi uqtiriladi. Islom tarbiyasida ota-onaning o‘rni haqida ko‘p gapirilgan. Ayniqsa, ota fe‘li atvorining bola tarbiyasiga ta‘siri haqida alohida uqtiriladi. Xususan, nafaqat o‘zbek, balki butun islom mamlakatlariga mashhur bo‘lgan din peshvosi Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf janoblari o‘zining bola tarbiyasi haqidagi fikrlarini quyidagicha bayon etgan: ―Bizning islomiy 440 kitoblarimizda aytilishicha, bola o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lini ajratadigan bo‘lganda, uni jiddiy tarbiyalash boshlanadi. Uning ko‘nglini qoldirmasdan, qo‘pollik qilmasdan, bolaligini e‘tiborga olib, ruhlantirib tarbiyalanaveradi‖[1]. O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ular farzandlarga to‘g‘ri tarbiya berishni ham o‘z zimmalariga oladidlar . Bunda ular ezgulik, mehr-shavqat , rostgo‘ylik, to‘g‘rilik , imon-e‘tiqod, odob-axloq, samimiyat kabi xayrli xususiyatlarni farzandlar ongiga yoshlikdan singdirib boradi. Yoxud, bu borada Abdulla Avloniyning : ―Tug‘ish tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga . Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim, buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa bo‘lg‘usi zolim‖[2] – degan o‘gitini bilish barcha ota-onalar uchun foydadan holi bo‘lmaydi. Qadimda O‘rta Osiyo hududida yashab ijod etgan mutafakkirlar farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarini o‘z asarlarida bayon etishgan. Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish , kattalar mehnatini e‘zozlaydigan qilib tarbiyalash , bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligihaqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligi haqida alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb -hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatini yuqori baholagan . O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan. Mahmud Koshg‘ariy ―Devonu lug‘at at -Turk‖ asarida ilmli, aqlli odamlarga xizmat qilib, so‘zlarini tingla ilmlarni, hunarlarni o‘rganib amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni insonlarga yaxshilik qilish, ilmli insonlaring ilm nuridan bahramand bo‘lish, hunar o‘rganib , ularni hayotga tatbiq etish, ilm-u ziyoli kishilarni e‘zozlash hamda ulardan ibrat olishga chaqiradi. Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. Shu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb -hunarlarning paydo bo‘lishiga imkon yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘yilmagan. Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta e‘tibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga ta‘lim – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va ma‘naviy tarbiya bilan birga olib borish zarur deb hisoblagan. Yoshlarning qobiliyatlari va moyilliklarini hisobga olib, mehnat tanlash jarayonida jiddiy tarzda o‘ylash haqida bergan pand-nasihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab: ― -Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham , ammo ularga turli fazilatlar berilgan deydi.Alisher Navoiyning ―Xazoyin-ul-maoniy‖, ―Maxbub-ul-qulub‖ va boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, manaviyati, o‘zgalarga munosabati, iste‘dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik me‘zonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta‘kidlangan[3]. Yuqo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining oilada bolalar shaxsida etnopsixologik xususisyatlarni tarbiyalash haqidagi qarashlari bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sharq mutafakkirlarining oilada bolalar shaxsida etnopsixologik xususisyatlarni tarbiyalash haqidagi qarashlari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- buyuk allomalar va mutafakkirlar, ma‘naviy-ahloqiy, Sharq xalqlari, ijtimoiy-iqtisodiy, pedogogik-psixologik, islom tarbiyasi, moddiy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработокSayfiyev SardorSarvarugli2025