Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MINTAQADA TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMINI MUAMMOLARNI HAL QILISH YO’LLARI
HAL QILISH YO’LLARI · Nargiza Eshqobilova
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda yuklarni tashishda yuzaga keladigan, ortib-tushurish, hujjatlarni rasmiylashtirish, eng qulay va mos harakatlanish yo’nalishini tanlash, yuk turiga asosan mos transport turini aniqlab olish zarurati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ortib-tushurish, samaradorlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, mintaqa. O‘zbekiston dunyodagi rivojlanaytogan davlatlar kabi yer yuzida sodir bo’layotgan turli ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarda sezilarli darajada ishtirok etayotganligi transport-logistika xizmatlarida ham qator o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Aynan tashqi savdo munosabatlari, chegaradosh davlatlar bilan aloqalarning mustahkamlanishi, tranzit yo’llardagi yangi yo‘nalishlarning ochilishi, bojxona tizimidagi yengilliklar, dunyo okeaniga chiqish yo‘lidagi sa’y- harakatlari sohaga oid ma’muriy va iqtisodiy bazaning yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, 765 kilometr uzunlikdagi “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li va 2023- yil 14-sentyabrda imzolangan 454 kilometrlik “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilish loyihalari xalqaro yuk tashish sohasida istiqbolli rejalar qilayotganligining ko‘rsatadi. Mahalliy, mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashuvlar uchun kerakli infratuzilma yaratish, imtiyozlarning berilishi va boshqa davlatlar bilan shartnoma va bitimlar tuzib transport-logistikaning rivojlanishiga e’tibor qaratib bormoqda. Endi asosiy e’tibor mazkur sohaning samardorligi, unga ta’sir etuvchi omillar va soha samaradorligini oshirishdagi muammolarni hal qilishga qaratish lozim. Mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari qiyosiy fikrlash, induksiya va deduksiya hamda abstraksiya usullaridan keng foydalanilgan 62 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Mavjud imkoniyatlarga qaramay sohada qator kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklarni aniqlash maqsadida transport logistika xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 97 ta respondent qatnashib, ulardan 22 tasi logistik markazlar qolganlari turli mulkchilik shaklidagi korxonalar. So‘rovnomada qatnashgan logistik markaz va yuk tashuvchilarning 43,8% davlat mulki, 37,5 % xususiy va 18,8% aralash mulkchilik shakliga ega. Asosan 5 yildan ko‘p vaqt faoliyat yuritayotgan korxonalar qatnashgan. Ishlaydigan xodimlar soni 1-15 tani tashkil qiladiganlari 81,3% ni tashkil qiladi. Ko‘p sonli ishchi kuchi talab etmaydigan xizmat turi. Korxonaar asosan 3 PL provayderlari hisoblanadi. 5PLning ulushi juda kam. 19,9 % respondent qaysi prvayderga mansubligini , bu haqida ma’lumotga ega emasligi tufayli belgilamagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinin 12.04.2019 dagi 305 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan Transport va logistikani rivojlantirish markazi faoliyatini transport va logistik xizmatlari subyektlari orasida qoniqarli deb bo‘lmaydi. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra 37,5 markaz mavjudligidan bexabar, atiga 6,3% respondentlar muammolar bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari markaz tomonidan o‘kazilgan milliy samaradorlikni aniqlash reytingida 81,3 %i ishtirok etmagan. Bunga sabab ular bilan markazni aloqa o‘rnatish tashkiliy mexanizmi yo‘q. Tuzilgan so‘rovnoma ham aynan Jahon bankinikidek tuzilgan. Qatnashganlarning asosiy qismi tashish faoliyati bilan shug‘illanadi. Aynan logistik yoki ekspeditorlik bilan alohida shug’illanuvchi firmalar juda kam. Asosan xorijliklarga tegishli. So’rovnomada ishtirok etganlarning asosiy qismi davlat mulki asosida faoliyat yuritishiga qaramay soliq va investitsiyalarin jalb etish kabi imtiyozlarni berilishini ma’qullagan. Ishtirokchilar faoliyati davomida eng ko‘p muammolar jarayonlar avtomatlashmaganligi tufayli yuzaga kelishini aytgan. Shu sababli ishchi xodimlar sonini yanada kamaytirib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida ish haqi xarajatlari ulushining oshishini ifodalaydi. Ishtirokchilarning 81 % mamlakatda korxonalar va hududlarni transport logistik samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkich zarur deb javob bergan. Bu bizning yondashuvimizning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy katalog tuzilishini ham 62,5 % qo‘llab quvvatlagan. Sohadagi kadrlar talabga qisman javob berishi, ta’limda bu sohaga yanada e’tibor qaratish zarurligini bildiradi. Yashil iqtisodiyotga o‘tishda asosan davlat ko‘magini ma’qullagan. Soliqlar borasida imtiyozlar berilishini xohlovchilarning ko‘pligiga sabab, ularning 46,7 % faoliyatidagi asosiy xarajatlar soliqlar ekanini aytgan. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra aniqlangan muammolar quyidagilar. 63 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 1. Samaradorlikni aniqlashda xususiy ko‘rsatkichlar tizimi shaklla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexani…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexani… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport-logistika, yuklar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, ortib-tushurish, samaradorlik, mintaqa.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026