К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSLAR ARO MUNOSABATLARDA MULOQOTNING AHAMIYATI

Jumamardonova Umida Murodboevna · Mamajonova Nozima Husnidin qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Maqolada muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Muloqot insonning jamiyatda yashash ehtiyojini qondirish bilan birga, uni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Shaxsning muloqotdagi muvaffaqiyati uning xushmuomalalik, kamtarlik, to‘g‘ri so‘zlilik kabi fazilatlariga bog‘liq ekani ta’kidlangan. Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan psixologik va motivatsion to‘siqlar, tinglash qobiliyatining yetishmasligi kabi omillar tahlil qilingan. Muloqot inson dunyoqarashini kengaytiradi va ijtimoiylashuvga yordam beradi, shu bois muloqot madaniyatini egallash har bir inson uchun zarurdir. Kalit so'zlar: Muloqot, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy psixologiya, o'zaro ta'sir, muloqot madaniyati, ijtimoiylashuv, fazilatlar, muloqot ko'nikmalari, suhbat to'siqlari, shaxsning shakllanishi. Annotation: The article covers the role and significance of communication in interpersonal relationships. Communication is shown as the main factor that shapes a person as a person, while satisfying the need to live in society. It has been argued that a person's success in communication depends on his qualities such as politeness, humility, truthfulness. Factors such as psychological and motivational impediments to the communication process, and lack of listening skills have also been analyzed. Communication expands the human worldview and contributes to socialization, therefore, the acquisition of a culture of communication is necessary for every person. Key words: communication, interpersonal relationships, social psychology, interaction, communication culture, socialization, qualities, communication skills, conversation barriers, personality formation. Аннотатция: В статье освещается роль и значение общения в межличностных отношениях. Коммуникация показана как ключевой фактор, формирующий человека как личность, удовлетворяя при этом его 105 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference потребность жить в обществе. Отмечено, что успех личности в общении зависит от таких ее качеств, как вежливость, скромность, правильная лексика. Также были проанализированы такие факторы, как психологические и мотивационные барьеры, возникающие в процессе общения, а также отсутствие навыков слушания. Общение расширяет кругозор человека и способствует социализации, поэтому овладение культурой общения необходимо каждому человеку. Ключевые слова: общение, межличностные отношения, социальная психология, взаимодействие, культура общения, социализация, качества, коммуникативные навыки, разговорные барьеры, формирование личности. Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni-jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faoliyatlari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyati (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sirni o'z ichiga oladi. Muloqotni muvaffaqiyatli bo'lishida shaxsning shakllangan sifatlari fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Bolalar yoshlikdan avvalo oilada, so'ngra ta'lim maskanlarida muloqotga o'rgatib boriladi. Muloqotga o'rgatishning usullaridan biri muloqot ko'nikmasini mashg'ulotlar tarzida shakllantirishdir. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shuki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotni ahamiyati katta. Oddiy narsalarni o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Induvid bilan shaxs orasida juda katta farq farq ko'rish mumkin. Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelushi mumkin bo'lgan to'siqlarning quyidagilarini farqlaydilar: psixologik, vaziyatli, mazmuniy va motivatsion to'siqlardir. Bulardan tashqari, muloqotga to'siq bo'lib, suhbatdoshlarni psixologik ma’daniyatlilik nuqsonlaridan biri, ya'ni ularning na eshitishi va na tinglashni bilmasligi, "teskari aloqaning" yo'qligi xizmat qilishi mumkin. Odamlar 106 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference o'rtasidagi suhbat ko'pincha ularda aqlning yetishmasligi tufayli emas, balki ularning xudbinligi tufayli: har biri o'zi haqida yoki o'zini qiziqtiradigan maslahatlar haqida intilishi tufayli kutilganidek amalga oshmay qolishi mumkin. Oqibatda bitta "aqilli" dialog o'rniga, ikkita behuda, hatto zararli monolog amalga oshadi. Shuning uchun ham muloqotga, suhbatlashish san'atiga o'

Доказательный фрагмент

«Maqolada muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communication, interpersonal relationships, social, muloqot madaniyati, muloqot ko'nikmalari, ijtimoiy psixologiya, Muloqot, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiylashuv, suhbat to'siqlari, fazilatlar, shaxsning shakllanishi., o'zaro ta'sir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники