К содержанию
РецензированоRU2026

ABU NASR FOROBIYNING PSIXOLOGIK QARASHLARI

Baxtiyorova Umida Ulug‘bek qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

в статье рассматриваются психологические взгляды Абу Насра Фараби, нашего великого предка, его значение по сей день, его влияние на психологические и философские идеи, его работы помогают лучше понять человека как разумное и нравственное существо, стремящееся к истине и гармонии, психологические взгляды Алламы внесли важный вклад в историю психологической мысли, его работы о духе, разуме, знании, воле и морали, его работы о в нем говорится о значении психологии и философии в ее последующем развитии. Ключевые слова: Абу Наср Фараби, психологические взгляды, психологические и философские идеи, истина и гармония, разумное и нравственное существо, психологическая мысль, дух, разум, знание, воля и мораль. Annotation. the article talks about the psychological views of our great ancestor Abu Nasr Farabi, his value to this day, his influence on psychological and philosophical ideas, the fact that his works help to better understand a person as an intelligent and moral being striving for truth and harmony, the psychological views of alloma have made an important contribution to the history of psychological thought Keywords: Abu Nasr Farabi, psychological views, psychological and philosophical ideas, truth and harmony, intelligent and moral being, psychological thought, spirit, mind, knowledge, will and morality. Buyuk ajdodimiz "Ikkinchi o'qituvchi" (Aristoteldan keyin) nomi bilan tanilgan Abu Nasr Al-Farabi (870-950) o'rta asr Sharqining taniqli faylasufi va 98 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference olimi бўлиб, Aris daryosi suvining Sirdaryoga quyilish yeriga joylashgan Forob qishlog‘ida tug‘ilib o‘sdi. Forobiyning yoshligi arab xalifaligi poytaxti Bag‘dod shahrida kechdi. U bu yerdagi madaniy muhitdan nafas olib, olimlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, falsafa ilmidan saboq oldi. Forobiy Arastuning hamma asarlarini bitta ham qoldirmay o‘qib chiqdi. Natijada Forobiyda Arastuning g‘oyalarini yengillik bilan tushunib, uning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari va o‘ylantirgan muammolari ko‘lamini his etish ko‘nikmalari paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, Forobiy Arastuning «Jon haqida» deb nomlangan asariga o‘z qo‘li bilan: «Men bu asarni 200 marta o‘qidim», - deb yozib qo‘ygan ekan. Manbalarda yozilishicha, Forobiy dastlab qozilik qilgan. Lekin keyinchalik haqiqatni izlab topish umidida davlat ishlari va qisman mudarrislik bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bir kuni yaqin kishilaridan biri Forobiyga bir qancha kitobni omonatga topshirib ketadi. Bu kitoblarning ichida Arastuning bir qancha asarlari ham bor edi. Forobiy bo‘sh vaqtlarida ana shu asarlarni bir chekkadan o‘qishga kirishadi. Aynan ana shu mutola uning qozilikni tashlashiga sabab bo‘ladi. Bu tasodif Forobiyning takdirida muhim o‘rin tutadi va u buyuk olimlik maqomiga yetishadi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Forobiy Arastuning «Tabiiy uyg‘unlik» asarini 200 marta o‘qib chiqqan. Forobiyga Arastudan keyingi «Ikkinchi ustoz» deb nom berilgan. Chunki u xuddi Arastu kabi ilm olamining deyarli barcha jabhalariga oid qarashlarini muntazam ravishda bayon etib borgan. U buyuk shoir ham edi. Forobiy 950 yilda hayotdan ko‘z yumdi va Damashq shahrida Dafn etildi. Bir kuni Forobiydan so‘radilar: - Kimning bilimi kuchliroq: senikimi yo Arastunikimi? Forobiy shunday javob qaytardi: - Men o‘sha zamonda yashab, u bilan uchrashganimda va uning qo‘lida tahsil olganimda edi, uning eng yaxshi shogirdlari safidan joy olgan bo‘lardim. Abu nasr Forobiy Yaqin va O‘rta Sharqda ilg‘or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan biri bo‘lib, «Sharq Aristoteli» degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Forobiy dunyoqarashining asosi, ya’ni dunyoning tuzilishi haqidagi tushunchasini «panteistik» degan fikr tashkil etadi. Mavjudot «emonatsiya» yordamida yagona boshlang‘ichdan pog‘onama-pog‘ona vujudga kelgan, yakkalikdan ko‘plikka, rang baranglikka borgan. Uning dunyoqarashidagi asosiy maqsadlardan biri ilmiy-falsafiy usulning mustaqilligini nazariy jihatdan asoslab berishga, uning inson tafakkuriga, aqliy bilimiga asoslanganligini isbotlashga intilishdir. 99 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Forobiy bilishning ikki shakli, bosqichini - hissiy va hayoliy, aqliy bilishni bir-biridan farqlaydi. U sezgi roliga to‘xtalib, besh turga bo‘ladi: Forobiy sezgini bilishning manbai deb hisoblagan, uning qarashlari Aristotelning «sezmagan odam hech narsani bilmaydi ham, tushunmaydi ham» degan qarashlariga o‘xshab ketadi. Forobiy inson (ruh) jonining bir tandan boshqasiga o‘tib, ko‘chib yurishi mumkinligini inkor etadi va uni balki tan kabi individual «substatsiyasining birligi» sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi. Bunday ikkilanish Aristotelga ham xos bo‘lgan. Forobiyning ruhiy jarayonlar, ularning bilish va mantiq tizimi haqidagi ta’limoti o‘rta asrlar falsafasining katta yutug‘i edi. Uning asarlari mantiq, metafizika, bu ku, siyosat, musiqa, astronomiya va psixo

Доказательный фрагмент

«в статье рассматриваются психологические взгляды Абу Насра Фараби, нашего великого предка, его значение по сей день, его влияние на психологические и философские идеи, его работы помогают лучше понять человека как раз…»

Образец извлечения

Демо-превью

в статье рассматриваются психологические взгляды Абу Насра Фараби, нашего великого предка, его значение по сей день, его влияние на психологические и философские идеи, его работы помогают лучше понять человека как раз… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abu Nasr Farabi, psychological views, psychological and, ruh, aql, bilim, aqlli va axloqiy mavjudot, iroda va axloq., psixologik qarashlar, Abu Nasr Farobiy, psixologik fikr, haqiqat va uyg'unlik, psixologik va falsafiy g'oyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники