Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AVTOMOBILNI ORQA OVOZ SO‘NDIRGICHINI PAYVANDLASH USULI
Abdullayev Muslimbek · Ruziboyev Javoxir
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1925
Аннотация
Ushbu maqolada avtomobil ovoz so‘ndirgichini payvandlab ishlab chiqarish uchun payvandlash usulini tanlash hamda ishlab chiqarish uchun payvandlash materiallari haqida so‘z borgan. Kalit so‘zlar: ovoz so‘ndirgich, payvandlash, himoya gazlar, inert gaz. Avtomobilni orqa ovoz so‘ndirgichini payvandlash va loyihalash ximoya gazi ostida payandlanadi. Ximoya gazlar muxitida payvandlash – bu yoyli payvandlash, bunda yoy va erigan metall, ayrim xollarda sovuyotganchok, payvandlash zonasiga maxsus qurilma bilan yetkazib berilayotgan ximoya gazlar ta’sirida bo‘ladi, ya’ni xavo ta’siridan ximoyalanadi. 1-rasm. Payvandlash jarayoni Ximoya gazlar muxitida payvandlash g‘oyasini XIX asr oxirida N.N. Benardos taklif etdi. XX asrning 20-yillarida AKSda muxandis Aleksander va fizik Lengmyur gaz aralashmalarida o‘zakli elektrod bilan payvandlashni amalga oshirishdi. 1925-yilda Lengmyur erimaydigan volfram elektrod bilan va ximoya muxiti sifatida vodorodni, ya’ni atom-vodorodli payvandlash usuli sifatida yoyli payvandlashning bilvosita ta’siri orqali payvandlashni ishlab chikdi. XX asrning 40-yillarida Aviasion Texnikasi Ilmiy Tadqiqot Institutida inert gaz muxitida volfram elektrod bilan payvandlash ishlab chiqildi. 1949-yilda elektr payvandlash institutida ko‘mir elektrodi bilan karbonat angidrid gaz muxitida payvandlash ishlab chiqildi. 95 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ximoya gazlar muxitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo‘ladi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallarni elektrod qoplamalari xamda flyuslar ishlatmasdan biriktirishga imkon beradi. Payvandlashning bu usuli po‘lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda qo‘llaniladi. Ximoya gazlari muxitida payvandlashning afzalliklari quyidagilar: - flyus yoki qoplamalar ishlatishga, binobarin, choklarni shlakdan tozalashga xojat yo‘q; -yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentrasiya- lanishi strukturaviy o‘zgarishlar zonasini ancha qisqartirishga imkon beradi; - chok metali xavo kislorodi va azoti bilan juda kam ta’sirlashadi; - payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay; - jarayonlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoni bor. Himoya gazlar muhitida payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin. Payvand zonasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan azot, vodorod va karbonat angidridkabi faol gazlardan foydalaniladi. Shuningdek, turli proporsiyalarda aloxida gazlarning aralashmasi xamishlatiladi. Gaz bilan ana shunday ximoya qilinganida payvandlash zonasi atrofidagi xavo siqib chiqariladi. Montajsharoitlarida payvandlashda yoki gaz himoyasini puflab tarqatib yuboradigan sharoit mavjud bo‘lganda qo‘shimcha himoya qurilmalaridan foydalaniladi. Payvandlash zonasini gaz bilan himoyalash samaradorligipayvandlanadigan birikmaning turiga va payvandlash tezligiga bog‘liq. Himoyaga shuningdek, soploning o‘lchami,himoya gazining sarfi va soplodan buyumgacha bo‘lgan masofa (uzunligi 5-40 mm bo‘lishi kerak) xam ta’sir qiladi. Payvandlash zonasining yaxshi himoyalanishi gazning issiqlik fizik xossalari, shuningdek, gorelkaning konstruktiv xususiyatlari va payvandlash rejimiga bog‘lik. Payvandlash yoyi zonasiga kiritiladigan himoya gazlari yoy zaryadsizlanishining turg‘unligiga, elektrod metalining suyuqlanishiga va uning ko‘chishiga ta’sir qiladi. Elektrod metali tomchilarining o‘lchami payvandlash toki ortishi bilan kamayadi, payvandlash toki ortishi bilan erish chuqurligining ortishi esa payvandlash yoyi bosimining ta’sirida elektrod ostidagi suyuq metallning ancha intensiv siqib chiqarilishiga bog‘lik. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. RUZIBOYEV, J. (2024). ANALYSIS OF THE TECHNOLOGICAL REQUIREMENTS FOR SAW GINNING PROCESS AND ITS WORKING PARTS AND 96 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference THE DEFECTS THAT ARISE. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS. 2. Ruziboyev, J. S., & Darvishev, M. Y. (2024). COBALT AVTOMOBILI ORQA BALKASI (BEAM) QISMINI PAYVANDLAB YIG ‘ISH TEXNOLOGIYASI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(10), 59-63. 3. Ruziboyev, J., & Keldiboyev, M. (2024). ONIX AVTOMOBILI BOSHQARUV QISMI OLD BALKASI (BODY INNER) DETALNI ISHLAB CHIQARISHDAGI PAYVANDLASH USULLARI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(10), 112-115. 4. RUZIBOYEV, J. (2023). CHIGITLI PAXTANI JINLASHDA BAJARILISHI LOZIM BO’LGAN TA’LABLAR TAHLILI. ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. 5. RUZIBOYEV, J. (2023). JINLASH JARAYONIDA ARRA DISKI BILAN KOLOSNIK PANJARA ORASIDA VUJUDGA KELADIGAN NOSOZLIKLAR TAHLILI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI. ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI. 6. Ruziboyev, J. (2024). ANALYSIS OF CORED WIRE COMPONENTS FOR WELDING AND MELTING COATING. Science and innovation in the education system, 3(5), 131-134. 7. RUZIBOYEV, J., & XASHI
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada avtomobil ovoz so‘ndirgichini payvandlab ishlab chiqarish uchun payvandlash usulini tanlash hamda ishlab chiqarish uchun payvandlash materiallari haqida so‘z borgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada avtomobil ovoz so‘ndirgichini payvandlab ishlab chiqarish uchun payvandlash usulini tanlash hamda ishlab chiqarish uchun payvandlash materiallari haqida so‘z borgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- himoya gazlar, ovoz so‘ndirgich, payvandlash, inert gaz.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025