Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY VA HUQUQIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI
OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В данной статье подчеркивается, что обеспечение прав женщин в обществе является социальной необходимостью в обеспечении приоритета правовой культуры, что женщины могут воспитывать детей с высокой правовой культурой только в обществе, где их права полностью гарантированы. Автор анализирует нормативно-правовые документы, касающиеся защиты прав женщин в международном и национальном законодательстве. В статье также рассматриваются приоритеты реформ в сфере обеспечения прав женщин в нашей стране за последние годы. Аnnotation This article emphasizes that ensuring the rights of women in society is a social necessity in ensuring the priority of legal culture, that women can raise children with a high legal culture only in a society where their rights are fully guaranteed. The author analyzes the legal documents related to the protection of women’s rights in international and national law. The article also examines the priorities of reforms in the field of ensuring the rights of women in our country in recent years. 111 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Kalit so‘zlar: xotin-qizlar huquqlari, huquqiy madaniyat, xalqaro huquq, milliy qonunchilik, nikoh, nikoh yoshi, qizlar huquqlari, gender tengligi, “Ayollar daftari”, ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy kontrakt. Keywords: rights of women, legal culture, international law, national law, marriage, marriage age, rights of girls, gender equality, “Women’s Book”, women’s entrepreneurship, social contract. Ключевые слова: права женщин, правовая культура, международное право, национальное право, брак, возраст вступления в брак, права девочек, гендерное равенство, «Женскую тетрадь», женское предпринимательство, социальный контракт. Xotin-qizlar dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil qiladi, ammo ularning kichik qismi mutanosib ravishda munosib ish bilan ta’minlanadi va qarorlar qabul qilish jarayonida qatnashadi. Siyosatda va jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollarning to‘liq va teng ishtirokini ta’minlash rivojlanish uchun juda muhimdir. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi ustuvor ahamiyatga ega. Chunki xotin-qizlarning huquqiy madaniyatga, ularning oilada, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qila olishlari, ham oilaga, ham jamiyat ravnaqi uchun hissa qo‘shishlarida muhim. Ayniqsa, xotin-qizlar huquqiy madaniyatining oshirib borilishi bu oilada huquqiy tarbiyaning o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yilishiga, oila a’zolarining, ayniqsa, kamol topib ulg‘ayayotgan farzandlar huquqiy madaniyatining shakllanishiga imkon yaratadi. Zero, ayol oilada ona sifatida ilk huquqiy bilimlarning targ‘ibotchisi hisoblanadi, faqat huquqlari ta’minlangan ayolgina o‘z farzandlariga hayotda zaruriy bo‘lgan normalarni to‘g‘ri yetkazib boradi. Shu o‘rinda, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlashning xalqaro talablariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning deyarli barchasida xotin-qizlarga erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratilishiga, ularning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini ta’minlashga, gender tamoyillari orqali jamiyatda ayollarning faolligini oshirib borishga yo‘naltirilgan talablar o‘z aksini topganligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, 1948- yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi,1966- yildagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Pakt hamda Fu qarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Pakt xotin-qizlar huquqlarini inson huquqlari sifatida tan olib, ularning jamiyatning har bir sohasidagi huquqlarini belgilagan bo‘lsa, quyidagi xalqaro hujjatlar xotin-qizlarning haq-huquqlarining 112 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference poymol bo‘lishini oldini olishga qaratilgan normalarni belgilaydi. Xususan, 1956- yildagi Qullikni bekor qilish, qul savdosi va qullikka o‘xshash institutlar va odatlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha Konvensiyaning 1-2-moddalarida Konvensiyaga a’zo davlatlarning quyidagi odatlarni tugatish va bartaraf etish bo‘yicha qonun normalarini ishlab chiqishini talab etadi va ushbu holatlarni qullikka o‘xshash odat sifatida e’tirof etadi: birinchidan, ayolga ota-onasi, vasiysi, oilasi yoki boshqa har qanday shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan pul yoki boshqa turdagi mukofot uchun o‘z tomonidan rad etish huquqisiz, nikoh uchun va’da qilish yoki berish; ikkinchidan, ayolning eri, oilasi yoki jamoasi uni boshqa shaxsga badal yoki boshqa mukofot evaziga o‘zga shaxsga o‘tkazishi; uchinchidan, erning o‘limidan so‘ng ayol boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tishi. Bundan tashqari, 1962-yildagi Nikohga rozilik berish, nikoh yoshi va nikohlarni qayd etish to‘g‘risidagi Konvensiya va 1965-yilgi “Nikohga rozilik berish, eng kam nikoh yoshi va nikohlarni qayd qilish to‘g‘risida tavsiyalar” ham xotin-qizlarning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqlarining poymol etilishining oldini olishni ko
Доказательный фрагмент
«В данной статье подчеркивается, что обеспечение прав женщин в обществе является социальной необходимостью в обеспечении приоритета правовой культуры, что женщины могут воспитывать детей с высокой правовой культурой то…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье подчеркивается, что обеспечение прав женщин в обществе является социальной необходимостью в обеспечении приоритета правовой культуры, что женщины могут воспитывать детей с высокой правовой культурой то… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rights of women, legal culture, international law, national law, nikoh, milliy qonunchilik, qizlar huquqlari, ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy kontrakt., huquqiy madaniyat, gender tengligi, xalqaro huquq, nikoh yoshi, “Ayollar daftari”, xotin-qizlar huquqlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026