К содержанию
РецензированоUZ2026

ANIMALISTIK JANRI VA UNING MOHIYATI

Abdumajidova O’g’iloy Ravshanjon qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada animalistik janr va uning mohiyati, kelib chiqishi tarixi, ahamiyati hamda uning rivojlanishi, animalistik janri orqali yosh avlodni hayvonot olamini yanada sevishga, asrab avaylashga o’rgatish va uni targ’ib etish borasida fikrlar yuritilgan. Tayanch so’zlar: Tasviriy san’at, animalistik, janr, ibtidoiy jamoa davri, Zaravutsoy, floora va fauna, rassom, tabiat. Ibtidoiy jamoa davri insoniyat tarixi taraqqiyotidagi dastlabki, voqea- hodisalarga hissiy sodda tushunchalari shakllana boshlagan va bu jarayonga o’z munosabatlarini badiiy timsollarda bildira boshlagan ilk jamoachilik davridir. Ushbu bosqich yer yuzining deyarli, barcha joylarida bosib o’tilgan bo’lib, taraqqiyot davomida odamlarning dastlabki tasavvuri, badiiy-estetik his- tuyg’ulari shakllana boshlagan. Tasviriy san’at ong va tafakkurning eng ko’hna mahsuli bo’lib, insoniyat uzoq yillik tarixiy taraqqiyot asnosida atrof muhit, tabiat va voqelikka nisbatan o’z munosabatini sodda shakllarda bildirishga intilishgan. Shu alfozda tasviriy san’atning dastlabki sodda na’munalari yuzaga kela boshladi. Bu insoniyat davrining ibtidoiy jamoa davridan boshlanib, yer yuzida ilk sinfiy jamiyatning shakllanishi va undan keyingi davrning ijtimoiy-madaniy va tarixiy tadrijiy jarayonlari pirovardida takomillashdi. [1.D.Pulatov.3-b] O’z davrining sodda hayotiy ko’rinishini ifodalovchi devoriy suratlar, dekorativ uslubdagi shartli harakterli haykaltaroshlik na’munalarida buni kuzatish mumkin. Bu kabi tasvirlar asosan g’or devorlariga va qoyatosh yuzalariga ishlangan animalistik janriga xos na’munalardan iboratdir. Hayvonlarni ovlash bilan bog’liq voqea hodisalar sxematik shakllarda talqin etilgan. Poleolit davrining so’ngi pallasidan esa hayvonlarning tasviri ancha hayotiy aniq ko’rinish kasb etib, tana mutanosibligi, plastik anatomiyasi va harakatlarini to’g’ri ifodalash bo’yicha katta ijodiy tajribaga erishilganligi kuzatiladi. Tasviriy ifodalar qadimgi davrlarida beqiyos ahamiyat kasb etgan. Chunki eng qadimgi odamlar bir-birlariga fikrlarini, munosabatlarini, istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, prinitiv tasvirlar orqali yetkazishga intilganlar. Masalan: ov qurollarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi ekanliklarini 118 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ifodalasalar, yovvoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari orqali o’sha hayvonlarni ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar. Bundan bilish mumkinki, animalistik janrga oid bo’lgan tasvirlar o’sha davrlardan boshlab rivojlangan. Hozirgi o’zbekiston hududidan ham ana shunday ibtidoiy jamoa davriga mansub o’nlab tasvirlar qoldiqlari topilgan. Shulardan biri Zaravutsoy g’orida ishlangan ov manzarasidir. Zaravutsoy ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi odamlarning hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilishga yordam beradi. Qadimgi tasvirlardan ham kuzatadigan bo’lsak, insoniyatning tabiatga nisbatan kuztuvchanlik, shakl va chiziqlar orqasida bo’layotgan voqealarning xarakterini, mazmunini yoritib bera olish qobiliyatlari ko’zga tashlanadi. Qoyatosh, daraxtlar va g’orlardagi rasmlar mazmunan boy bo’lishi bilan birga xilma – xildir. Ularda turli manzaralar, hayvonlar, ov jarayonlari o’z aksini topgan. Yuqoridagi dalillardan ko’rinib turibdiki ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy faoliyat alohida o’rin tutgan. O’zbek san’atida bu janr qadimiy bo’lib ibtidoiy davrning paleolit va ayniqsa mezolit va neolit davrida hayvonlarga bag’ishlangan ko’plab asarlar yaratildi. Zarautsoy rasmlari, Taqatosh, Xo’jakent tasvirlari shunga misol bo’la oladi. Tuproq qala, Varaxsha, Afrosiyob devoriy rasmlarida ham hayvonlar tasviri keng uchraydi. O’zbekistonda hayvonlar tasvirini ishlash eramizdan avvalgi VII-V asrlarda Afrosiyob freska va haykallarida yuksak badiiy saviyada ishlanganligining guvohi bo’lamiz. Animalistik janrda asosan, haykaltaroshlarimiz salmoqli ijodiy asarlar yaratganining guvohi bo’lamiz. 60- yillardan boshlab M.Musaboyev, A.Boymatov, J.Quttimurodov kabi o’nlab istedodli haykaltaroshlar ijod olamiga kirib keldilar. Xuddi shunday hozirgi kunda ham tasviriy san’at inson hayotida muhim o’rinni egallaydi. Uzoq yillar tasviriy san’at rivojlanish bosqichida, tur va janrlarda ijod qilish shakllanib bordi. Jumladan janrlar ichida animalistik janr ham rivoj topdi. Animalistik janrda hayvon va qushlarning tashqi ko’rinishini, xarakterli jihatlarini, tasvirlanishini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Animal - lotincha “anima” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “hayvon” demakdir. U tasviriy san’atning deyarli barcha turlarida mavjud. Hayvon va qushlarni rasmini ishlovchi rassomlarni animalist rassomlar deb yuritiladi. Bunday rassomlarning tabiatga, uni mahsuli hayvon zotiga muhabbati kuchli bo’ladi. [2. R. Hasanov]. Uyg’onish davri rassomlari Leonardo da Vinchi, Alberx Dyurerlar ham hayvonlarning o’ziga qarab rasmini ishlashgan. Animal janrining rivojlanishi va mustaqil janrga aylanishi XV-XVII asrlarga borib taq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada animalistik janr va uning mohiyati, kelib chiqishi tarixi, ahamiyati hamda uning rivojlanishi, animalistik janri orqali yosh avlodni hayvonot olamini yanada sevishga, asrab avaylashga o’rgatish va uni t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada animalistik janr va uning mohiyati, kelib chiqishi tarixi, ahamiyati hamda uning rivojlanishi, animalistik janri orqali yosh avlodni hayvonot olamini yanada sevishga, asrab avaylashga o’rgatish va uni t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zaravutsoy, rassom, janr, floora va fauna, ibtidoiy jamoa davri, Tasviriy san’at, animalistik, tabiat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники