Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASHNING AYRIM JIHATLARI
Dilnavoz Azamatovna Bahromova
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
In this article, there is an analysis of the decisions in the measures taken to ensure the cultivation and processing of agricultural products in the southern regions of the Republic of Uzbekistan, further expansion, development and support of production, and the introduction of news and innovations expected in the future. Keywords: innovation, resources, labor, production, processing, food, fruits and vegetables, southern regions, delivery, income, agriculture. Milliy iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i har bir mamlakatda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki qishloq xo‘jaligi iste`mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoat tarmog‘ini xomashyo bilan ta`minlab kelmoqda.Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi ko‘plab boshqa ishlarni ham bajarib keladi, 72 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference jumladan, o‘ziga zarur bo‘lgan tovarlarni sotib olish, ishlab chiqarish, sotish, saqlash, logistika, xomashyo yoki mahsulotlarni qayta ishlash. G‘alla ekinlari orasida ob-havo sharoiti, kasalliklar, hasharotlar, zararkunandalar, begona o‘tlarning paydo bo‘lishi, o‘sishi va rivojlanishini prognoz qilish, mavsumiy tebranishlar ta`siri ham ushbu mahsulotni hisobga olish va boshqarishni murakkablashtiradi.Harorat va yog‘ingarchilikning o‘zgarishi, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va boshqa ekstirimental ob-havo hodisalarining ko‘payishi ko‘plab hududlarda allaqachon ekinlar hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligiga salbiy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 70 foizdan ko‘proq hududi cho‘ldan iborat bo‘lib, sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish, botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi hamda Orol dengizining qurishi natijasida 3 million gektardan ortiq maydonda Orolqum cho‘li paydo bo‘lgani barchaga ma’lum.Kuchli sho‘rlangan yerlarning ulushini 37 foizga qisqartirish, maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni qo‘llaydigan hamda xalqaro sifat menejmenti tizimini joriy etgan fermer xo‘jaliklari sonini 20 foizga oshirish, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydonini 32 foizga kengaytirish shular jumlasidandir. Bugungi kunda respublikamizning janubiy hududlarida ishlab chiqarishni kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ekin maydonlari sezilarli ravishda kengaytirildi, meva- sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi, moliyaviy resurslar, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari faol ravishda jalb etilmoqda. Misol uchun 2022 yil yanvar-dekabr oylarida 189924,3 mlrd.so‘mlik investitsiyalarning 8%-i qishloq xo‘jalik sohasiga yo‘naltirilgan. Natijada, shu yilda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 215,7 trln.so'mni yoki 2021 yilga nisbatan 102,7%ni, shu jumladan dehqonchilik maxsulotlari 108,3 trln.so'mni (103,7 %), chorvachilik maxsulotlari - 107,4 trln.so'mni (101,7 %) tashkil qildi. Shu bilan birga xorijiy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlaridagi yuqori darajadagi raqobat agrotexnikaning hamda ishlab chiqarish va mahsulot etkazib berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy etishni talab qilmoqda.Meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlanishida mahsulot yetishtirishning ilg'or texnologiyalarini qo‘llash, mahsulotni qayta ishlash va saqlashning zamonaviy usullarini joriy qilish bugungi kunda oziq-ovqat 73 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference tanqisligini oldini olish imkonini yaratadi. Ma'lumki, yetishtirilgan meva- sabzavot mahsulotlarini iste'molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib borishigacha bir qator texnologik jarayonlardan o‘tadi. Meva-sabzavotlarni faqatgina nobud bo‘lishini oldini olish bo‘yicha emas, balki, ekiladigan maydonlarni kengayishi va olinadigan yalpi hosilning ortib borishi ham bu soha mutaxassislari oldiga katta vazifalarni yuklaydi. Buning uchun birinchi navbatda ekiladigan navlarning seleksiyasiga va agrotexnik ishlov berish jarayonlariga katta e'tibor berilishi lozim. Meva-sabzavotlar pishib yetilishi bilan ularni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish va kerakli keyingi bosqichlarga o‘z vaqtida yetkazish yaxshi natija beradi.Xalqaro tajribadan malumki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, mev
Доказательный фрагмент
«In this article, there is an analysis of the decisions in the measures taken to ensure the cultivation and processing of agricultural products in the southern regions of the Republic of Uzbekistan, further expansion,…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, there is an analysis of the decisions in the measures taken to ensure the cultivation and processing of agricultural products in the southern regions of the Republic of Uzbekistan, further expansion,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, resources, labor, production, processing, food, oziq-ovqat, ishchi kuchi, innovatsiya, meva-sabzavotlar, daromad, resusrlar, qishloq xo‘jaligi., qayta ishlash, yetqazib berish, ishlab chiqarish, janubiy hududlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026