К содержанию
РецензированоUZ2019

Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari

Umarova Iroda Bakirovna

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2019

Аннотация

Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi, o‗g‗irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish yoritilgan. Kalit soʻzlar: Axborot, axborot resurslari, axborot tizimlari, axborotni muhofaza qilish. Axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalangan: – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;– axborotni yo‗q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta‘sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob‘ekti sifatida huquqiy rejimni ta‘minlash;– axborot tizimida mavjud bo‗lgan shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash; – davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta‘minlash;– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‗llashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash. Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‗z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‗tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‗lgan xavfli kanallarni yo‗q qilishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, birgina ochiq 41 qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‗rsatadiki, muhofaza qilishning to‗liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: – sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‗ta takomillashgan texnik vositalari;– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi;– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;– etarlicha amaliy tajriba va boshqalar. Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‗ra ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo‗q, aksincha barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lib bormoqda. Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi quydagilar[1]. Umumiy yo‗nalishga ko‗ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‗linadi: – O‗zbekistonning ma‘naviy ravnaqi sohalarida, ma‘naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar; – mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‗ish, saqlash va samarali foydalanishni ta‘minlashga nisbatan tahdidlar; – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me‘yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar. Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta‘minlash hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta‘minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan ta‘sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial ma‘lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi. Tahdidning uchta ko‗rinishi mavjud. 1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati bo‗lmaganlarga ma‘lum bo‗ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‗lga kiritish orqali yuzaga keladi. 2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‗zgartirishni o‗zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‗zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek, dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‗zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir. 3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‗lib qolishi natijasida yuzaga keladi[2]. Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‗rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo‗lishi mumkin. Unga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: 1. Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat‘iy belgilovchi qonuniy ak

Доказательный фрагмент

«Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari.»

Образец извлечения

Демо-превью

Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Axborot, axborot tizimlari, axborotni muhofaza qilish, axborot resurslari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники