Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIYNING BADIIY IJODDA NASR VA NAZMGA MUNOSABATI
Eshniyazova Maysara Beknazarovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Alisher Navoiy ijodi bilan yaxshi tanish kitobxonga ma’lumki, bu nodiri davron nasr va nazmda teng qalam tebratgan, har ikki yo‘nalishda o‘z mahoratini, iste’dodini namoyish eta olgan betakror buyuk ijodkordir. Bu zot asarlarini nasr-u nasm uyg‘unligi asosida yaratishdan tashqari har ikki usulning imkoniyatlari, xususiyatlari haqida o‘z fikrlarini bayon qilgan o‘tkir adabiyotshunos hamdir. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning nasr va nazmga munosabati hamda irfoniy-tasavvufiy asarlarida nasr-u nazm uyg‘unligi haqidagi kuzatishlar bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: badiiy ijod, nasr, nazm, she’riy usul, irfon, tasavvuf, shoir, nosir. Alisher Navoiy ijodi bilan yaxshi tanish kitobxonga ma’lumki, bu nodiri davron nasr va nazmda teng qalam tebratgan, har ikki yo‘nalishda o‘z mahoratini, iste’dodini namoyish eta olgan betakror buyuk ijodkordir. U nazmda adabiyotni jahon she’riyati darajasidagi yuksaklikka olib chiqa olgan bo‘lsa, nasrni ham yuqori pog‘onalarga ko‘tardi, biroq nosir sifatida hech qachon nazmdan ayri tushmagan, ya’ni qaysiki asari nasrda yaratilgan bo‘lmasin, uning matnida albatta nazmiy parchalar uchraydi, she’riy unsurlardan samarali foydalaniladi. Alisher Navoiy nasr va nazm uyg‘unligi borasida o‘z davrigacha bo‘lgan ijodiy tajribalardan ilhom olgan bo‘lsa, butun ijodi davomida o‘zining ijodiy maktabini yaratib ketdi. Adabiyot tarixidan ma’lumki, nasriy usulda yaratilgan asarlarni nazm namunalari bilan boyitish an’anasi azaldan mavjud bo‘lgan. Turkiy adabiyotda nasr va nazmning o‘zaro uyg‘unligi dastlab xalq og‘zaki ijodi dostonlarida, yozma adabiyotda esa “Qutadg‘u bilig” asari muqaddimasida ko‘zga tashlansa, keyinchalik “Qisasi Rabg‘uziy” asari bu borada tom ma’nodagi yangicha yo‘nalishga asos solib berdi. Asarda 72 qissa tarkibida 600 misradan ortiqroq she’rlarning keltirilishi, ularning, asosan, boshlanma yoki xulosaviy fikr sifatida berilishi, janriy jihatdan rang-barangligi diqqatga sazovordir. “Fors-tojik va turkiy adabiyotda nasriy asarlarni nazmiy parchalar bilan bezash Sa’diy Sheroziy “Guliston” asari ta’sirida shakllanib, muayyan an’anaga aylandi”, - deb ta’kidlaydi T.Dusanova. [5-11] Navoiy Sa’diy Sheroziy asarlarini bolalikdanoq mutolaa qilgan [3-280], nasrni nazm bilan ziynatlash malakasida ko‘proq shu asar ta’siri ham kuchli bo‘lganligi shubhasiz. 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shuni ta’kidlash lozimki, Navoiy yashagan davrda nasr-u nazm teng rivoj topgan, lekin ijodkorlar ko‘proq nazmga moyillik bildirishgan. Alisher Navoiy har ikki usulning imkoniyatlaridan teng foydalangan, mahoratini namoyish eta olgan, biroq u zot o‘zining nazmga bo‘lgan mayli yuqoriligini, she’riy usulning jozibasi ortiqroq ekanligini bir necha marotaba ta’kidlaydi. Jumladan, shoir “Hayrat ul- abror” dostonida “Nazm anga gulshanda ochilmog‘lig‘i, Nasr qaro yerga sochilmog‘lig‘i” [1-51], deya nazmni gulning o‘z shoxida ochilib turishiga, nasrni xazon bo‘lib sochilishiga o‘xshatadi hamda fikrini davom ettirib, “Nazm mo‘jiza singari bo‘lmaganda Tangrining kalomi – Qur’onda nazm bo‘lmagan bo‘lur edi”, – deydi. Bu fikrining dalili sifatida “Mezon ul-avzon”da Kalomullohning ba’zi o‘rinlarida fikrning aruz vazni qoidalariga mos ifoda shakllari uchrashiga misollar keltiradi: “Nevchunkim, nazm ilmining rutbasi bag‘oyat biyik rutbadur. Andoqki, haq subhonahu va taoloning kalomi majidida ko‘p yerda nazm voqe’ bo‘lubdurki, aruz qavoidi bila rostdur. Ul jumladin biri bu oyatdurkim: “Lan tanolluvaal birra hatto tunfiquna” (“Suygan narsalaringizni infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz” (“Oli Imron” surasi, 92-oyat)) durkim, vazni fo‘ilotun fo‘ilotun fo‘ilundur, ramali musaddasi mahzuf voqe’ bo‘lubdur. Va yana budurkim: “Val-mursaloti ur-fan, fal-osifati asfan” (“Paydar-pay yuboriladigan shamollar va qutiradigan bo‘ronlarga qasam” (“Var-mursalat” surasi, 1, 2-oyatlar)) kim, vazni maf’ulu fo‘ilotun maf’ulu fo‘ilotundur, muzore’i musammani axrab voqe’ bo‘lubdur. Va yana: “Jannoti adnin fadxuluho xolidin” (“[Taqvodor zotlar uchun] barcha darvozalari ochiq mangu jannatlar bordir. Unga mangu qolg‘uvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz” (“Sod” va “Zumar” suralari. 50- va 70-oyatlar)) (kim, vazni mustaf’ilun, mustaf’ilun, mustaf’ilondur va rajazi musaddasi muzol voqe’ bo‘lubdur. Va Kalomullohda ko‘p yerda bu nav’ voqe’dur”. [4-534] Navoiy e’tirof etganidek, nazmning avzoni hadisi shariflarda ham mavzun bo‘lgan, shuningdek, Hazrati Alining hikmatlari ham, ko‘plab mashoyix va aimma va avliyoullohlar devonlari ham nazm bilan “xaloyiq qoshida ravshandurur va ham so‘z tatvil topar”. [4- 534] “Hayrat ul-abror”da Navoiy nazm va nasrga munosabatini bayon qilar ekan, shatranj (shaxmat)dagi o‘yin toshlari misolida nazmning afzalliklarini bayon qiladi, ya’ni shaxmat donalari taxta ustiga to‘kilganda, u qancha maqtovga loyiq bo‘lsa-da, yog‘ochdan farqi yo‘q va ahamiyatsizligini, qachonki bu donalar ikki tomonga ikki qatordan terilsa, ikki misra she’rga, agar to‘r
Доказательный фрагмент
«Alisher Navoiy ijodi bilan yaxshi tanish kitobxonga ma’lumki, bu nodiri davron nasr va nazmda teng qalam tebratgan, har ikki yo‘nalishda o‘z mahoratini, iste’dodini namoyish eta olgan betakror buyuk ijodkordir.»
Образец извлечения
Демо-превьюAlisher Navoiy ijodi bilan yaxshi tanish kitobxonga ma’lumki, bu nodiri davron nasr va nazmda teng qalam tebratgan, har ikki yo‘nalishda o‘z mahoratini, iste’dodini namoyish eta olgan betakror buyuk ijodkordir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nosir., tasavvuf, irfon, she’riy usul, shoir, nasr, badiiy ijod, nazm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026